4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik


Boshqaruv psixologiyasi – boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub`yekti va ob`yekti o`rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə2/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-mavzu

Boshqaruv psixologiyasi – boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub`yekti va ob`yekti o`rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi
Psixologiya ko`proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o`rganadi va shu asosda xodimlar ishlarini samarali tashkil etish, aniq va to`g`ri qarorlar chiqarish uchun qanday psixologik holat va jarayonlarni o`zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar boshliq majlis olib borayotgan bo`lsa, har bir so`zga chiquvchilarning fikrlari, ma`ruzalari va hokazolar orqali, ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqiladi, qabul qilingan qarorlarga ko`ra boshliqning va xodimlarning har biriga alohida ilmiy ko`rsatmalar va maslahatlar beriladi.
Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xusu-siyatlariga ko`ra u boshliq darajasiga ko`tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta`sir ko`rsatish maqsadida u qanday ta`sir uslublarini qo`llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshliq bo`lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har-xil: kimdir boshliqda bo`lgan imtiyozlarga qiziqadi, kimdir unga berilajak huquqlarni afzal ko`radi, kimgadir yuksak ma`suliyatlarni bo`yniga olish ma`qul keladi.Shaxsning boshliq funktsiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma-xil bo`lmasin, boshliq real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo`llash, ularga bosh bo`lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obro`ga ega bo`lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o`z bo`yniga olish kabi qator sifatlar talab qilinadi.
Ayniqsa, boshliq uchun turli guruhlardagi, ko`p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o`zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning xarakteriga javobgar bo`lish qiyinchiliklar tug`diradi, chunki o`sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o`ziga xos individualligi boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy lider-larning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr qanoatning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik hayotimizda ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan “lider” va “boshliq” tushunchalarining psixologik mazmunlarini tahlil qilib chiqish maqsadga 45 muvofiqdir. Yuqo-ridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.
Bu esa o`z navbatida, boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari, boshqaruv tamoyillari, boshqaruv usullari, guruhlardagi rahbarlik va liderlik masalalari, liderlik ulublari, superliderlik fenomeni, rahbarlik sifatlari, rahbarlikka loyiqlikni baholovchi mezonlar, liderlikning vazifalari, boshqaruvchiga xos kompetentsiyalar tasnifi kabi masalalarni ham iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq etish zaruratini keltirib chiqaradi.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin