Tadqiqotning vazifalari:
1.
Boshlang`ich sinf matematika darslarida tarixiy tushunchalarni
shakllantirishda dastur, darsliklarning imkoniyatini aniqlash.
2.
O`quvchilarda matematika o`qitishda tarixiy bilimlarni anglatish va
dars samaradorligini oshirish darajasini aniqlab beruvchi mezonlarni yaratish.
3.
Matematika darslarida tarixiy bilim berishning psixologik-pedagogik
jihatlarini o`rganish.
4.
O`quvchilarni matematika darslari orqali O`rta Osiyolik olimlar
ijodidan foydalanib o`qitishning eng maqbul yo`llarini ishlab chiqish va uni tajriba -
sinov vositasida tekshirish.
8
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
- ishlab chiqilgan ilmiy pedagogik tavsiyalar
boshlang`ich sinf matematika darslarini tarixiy materiallar bilan bog`lash uni
samaradorligini oshirish imkoniga ega bo`ladi.
- boshlang`ich sinf matematika darslarida O`rta Osiyolik olimlar ijodidan
foydalanishga doir ko`rsatmalardan o`quvchilarni bilimli va komil inson qilib
tarbiyalashda, ota-onalar, o`qituvchi va jamoatchilik foydalanishlari mumkin.
Ishdagi ilmiy yangilik.
Boshlang‗ich sinf matematika darslarini o‗rganishda
tarixiy materiallardan foydalanish boshlang‗ich sinflarda matematikani o‗rganish
metodikasida umuman olganda yangi yo‗nalish. Muhammad Xorazmiyning ―Hind
hisobi haqida kitob‖ asarida birinchi marta tahlil qilib o‗rganilmoqda. G‗iyosiddin
Jamshidning ―Arifmetika kaliti‖ asari XV asr matematikasining qomusiy asari
bo‗lib, undan foydalanish masalalar ham birinchi marta ko‗rib chiqilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi
. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish,
uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
|