4
KIRISH
Yigirma besh yillik mustaqil hayotimiz bizga qanday muqaddas zaminda
yashayotganimizni, ulug` ajdodlarimiz qoldirgan qanday meros va qadriyatlarga
ega ekanimizni anglatdi, shu aziz tuproqda yotgan ota-bobolarimiz dini va ruhiga
sodiq bo`lishga, Vatanimiz kelajagi, farzandlarimiz kamoli uchun o`z taqdirimizni
o`z qo`limizga olib, fidoiy mehnat qilishga o`rgatdi deb, ta‘kidlaydi, O`zbekiston
Birinchi Prezidenti I. A. Karimov
1
.
Jamiyatimizning mustaqillik yillarida orttirgan taraqqiyot tajribasi tahlil
qilinib, milliy istiqlol g`oyalari tamoyillariga asoslanib, ijtimoiy hayotning muhim
tarkibiy qismi sifatida, ta'lim-tarbiya jarayoni o`zgardi. Bu jarayon ta'lim sohasidagi
davlat siyosatining huquqiy-tarbiyaviy asoslarini yaratishdan boshlandi. Ta'lim
tarbiyani milliy istiqlol g`oyalari asosida yuksak darajaga ko`tarish davrimizning
qat'iy talabi va jamiyatning ijtimoiy talabidir.
Darhaqiqat, o`zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o`tmishdayoq
olib borgan tadqiqotlari va kashfiyotlarida insonni odobli, ma'naviy barkamol
mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashga oid yangi g`oya va ta'limotlarni
yaratganlar. Muso al-Xorazmiy (783-850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn
Sino (980 - 1037); Umar Hayyom (1048-1131); Nasriddin at-Tusiy (1201-1274);
Ulug`bek (2394-1449), G‗iyosiddin al-Koshiy (1385-1437); Ali Qushchi (1402-
1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizning asosidir. Bu
allomalarimizning asarlarida bolalarni o`qitish, mehnatga, odobga o`rgatishda
muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin Tusiy
fikricha muallim talabalarning aql-zakovatiga ta'sir qilish uchun ularning ishonchini
qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim. Ibn Sino fikricha,
tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm - narsalarning inson
aqli yordami bilan o`rganilishi shaxs faoliyatida muhim ekanligini ta'kidlab o`tadi.
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va
1
Biz kеlajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. – -T.: O‘zbеkiston, 1999;
6
L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbaeva, M.Jumaev) va o`quvchilar uchun, tajriba-sinov
qo`llanmalari
(A.Ahmedov,
M.Jumaev,
N.Abduraxmonov,
R.Ibragimov),
mualliflari
qo`llanmalari
(o`quv
materiallari)
orqali
boshlang`ich
sinf
o`quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga to`xtalib
o`tishgan. Didaktika va ta'lim metodikasining xususiy masalalariga bag`ishlangan
ishlarda dars samaradorligini oshirishda O`rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish
muammosi umumiy holda ko`zda tutiladi. Biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida
ajratib olinmagan.
O`zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov o`zining "O`zbekiston
buyuk kelajak sari" asarida tariximizni tiklashga alohida e'tibor berish kerak. Shu
bilan birga, milliy o`z-o`zini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati
va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko`p millatli jamiyatimiz
an'analaridan ham ajralib qolishi mumkin emasligini alohida ta'kidlagan.
3
Shakllanayotgan milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining muhim tomonlaridan
biri o`zlikni anglashdir. Bu masala bilan tadqiqotimiz jarayonida tanishamiz. Lekin
adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, boshlang`ich sinf matematika darslari
samaradorligini oshirishda O`rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosi
tadqiq etilmaganligi sababli, bu muammoni pedagogik jihatdan tahlil etish, uning
maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakl, usullari, ishlab tavsiyalar yaratish maqsadida
tadqiqot mavzusini «Boshlang`ich sinf matematika darslarida O`rta osiyolik olimlar
ijodidan
foydalanish
metodikasi»
deb
nomladik.
Dostları ilə paylaş: