Mavzu: Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlari va zaharli elementlar. Ajratilgan vaqt 3s. Texnologik xarita


Ko‘rib chiqiladigan savollarni bajarishi



Yüklə 138 Kb.
səhifə3/11
tarix25.10.2022
ölçüsü138 Kb.
#66173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlar-fayllar.org

4. Ko‘rib chiqiladigan savollarni bajarishi.
a) tarqatma materiallar
testlar va vaziyatli masalalar
b) Savollar:


5.Nazariy qism

5.1. Nazorat uchun savollar
  1. Biogen elementlar xaqida tushuncha.


  2. Biogen elementlarning tabiatda tarkalishi


  3. Biogen elementlarni tasnifi


  4. Inson va biomuxit haqida tushuncha


  5. Elementlarning biokimyoviy hududlardagi miqdori va endemik kasalliklarni kelib chiqishi


  6. Kasb kasalliklari


  7. Inson organizmida biogen elementlarning topografiyasi


  8. Biogen elementlarning tibbiyotdagi axamiyati




5.2. Mashg‘ulotning mazmuni

Yer qatlamida kimyoviy elementlarning tarqalganligi
Yer yuzasida kimyoviy elementlar turli miqdorlarda uchraydi. Yer po’stlog’ining 98 % asosan 8 ta elementdan tashkil topgan bo’lib 47% (massa bo’yicha) eng ko’p tarqalgan kislorodli birikmalar, ikkinchi o’rinda kremniy (29,5 %), undan keyin alyuminiy, temir, kumush, natriy, kaliy, magniy, xlor va h.k. Yer po’stlog’i asosan kislorodli birikmalardan tashkil topgan bolib, ularning ichida asosan silikatlar, karbonatlar, sulfidlar, sulfatlar va boshqalardir.


Makro- va mikroelementlar va ularning organizmidagi miqdori
*114 dan ortiq ma'lum bo’lgan elementlardan 80 dan ko’prog’i tirik organizmning hayot faoliyatida qatnashadi. Masalan qonda - 30 dan ortiq elementlar borligi aniqlangan. Suyaklarda ham 30 ga yaqin, sut va sut mahsulotlarida esa 20 dan ortiq elementlar aniqlangan.
Organizmda ma'lum bo’lgan elementlardan 19 tasisiz xayot mavjud bo’la olmaydi. Biosistemalarda mavjud bo’lgan 6ta element (vodorod, uglerod, azot, kislorod, fosfor va oltingugurtlar) juda katta ahamiyatga ega bolib, ular organogen elementlar deb ataladi.
Organogen elementlar oqsillar, nuklein kislotalar, aminokislotalar tarkibiga kirib, yerdagi hayot jarayonning asosini tashkil etadi. Qolgan 12ta element (natriy, magniy, kaltsiy, marganets, temir, kobalt, mis, rux, xlor va yodlar) organizmning hayotiy jarayonida faol ishtirok etadi. Bu 12ta elementni 10tasi metallar bolib, ularni «hayotiy metallar» yoki biometallar deb nomlashadi. Bu metallarning tirik organizmidagi faoliyatini o’rganish bioanorganik kimyo fanining asosiy vazifasidir. Bu 10ta metalldan 6 tasi organizmda ko’p miqdorda uchraydi. Kalsiy (1700 g.), kaliy (250 g.), natriy (70 g.), magniy (42 g.), temir (5 g.), rux (3 g.) miqdorda uchraydi. Qolgan to’rttasi kamroq miqdorda uchraydi.

Odam organizmidiga kimyoviy elementlar shartli ravishda 3ga bo’lib o’rganiladi.






Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin