Mavzu: Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlari va zaharli elementlar. Ajratilgan vaqt 3s. Texnologik xarita


s-Elementlar, ular birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati va qo’llanilishi



Yüklə 138 Kb.
səhifə5/11
tarix25.10.2022
ölçüsü138 Kb.
#66173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlar-fayllar.org

s-Elementlar, ular birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati va qo’llanilishi
Tashqi elektron qavati s- elektronlar bilan tugallanadigan elementlar s- elementlar deyiladi. s- Elementlar davriy jadvalning birinchi va ikkinchi guruxlarining asosiy guruxchaalarida joylashgan. Ularinng valent elektronlari s- elektronlardir. IA guruhdagi elementlarning o’ziga xos hususiyatlari shundaki, ularning tashqi elektron qavatida bittadan s- elektron bo’lib, undan oldingi elektron qavati mustahkam elektron qavatdir.
Ishqoriy metall ionlarining zaryadi kichik va radiusi katta bo’lganligi uchun ularning kompleks hosil qilish qobiliyati kam bo’ladi. Ikkinchi gurux s- elementlari - Be, Mg, Ca, Sr va Ba dir. Bu elementlarning kationlari bir valentli elementlar kationlariga nisbatan yuqori qutblanish xossasiga ega.
Mg2+, Ca2+, Sr2+ va Ba2+ kationlarining tuzlari gidrolizga juda kam uchraydi (xlorid va nitratlari va MgSO4 dan tashqari). Gidroksidlarining asoslik xosslari va ularning eruvchanligi Mg(OH)2 dan Ba(OH)2 ga qarab ortib boradi. Bu kationlar uchun oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari xos emas, chunki bu kationlar o’zgarmas oksidlanish darajasiga ega.
A'zolarda doimiy ravishda saqlanadigan s- elementlardan natriy, kaliy, magniy, kaltsiylarning ahamiyati ko’proq qrganilgan. Ular modda almashinuvida ishtirok etadi, biologik faol birikmalar (fermentlar, gormonlar, vitaminlar va boshqalar) ning tarkibiga kiradi. Elementlar konsentratsiyasining a'zolardagi o’zgarishi, ya'ni elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi xayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Natriy ionlari organizmda suvni bir me'yorda ushlab turilishini ta'minlaydi. Natriy tuzlari xujayralarda osmotik bosimni doimiyligini saqlashda va fermentlarning ish faoliyatiga ta'sir etadi. Natriy xlorid me'da shirasi tarkibidagi xlorid kislota uchun xlorning manbayi bo’lib hizmat qiladi. Natriy bikarbonat bikarbonatli bufer sistemaga kirib, xujayralardan tashqari suyuqliklarda kislota-asosli muvozanatni saqlashda katta ahamiyatga ega.
Natriyning ko’pgina birikmalari tibbiyotda qo’llanadi:
NaCl - osh tuzi tibbiyotda izotonik va gipertonik eritmalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Uning 0,86 - 0,9 % li eritmasi fiziologik eritma deyiladi va ko’p qon y o’qotilganda y o’g’on qon tomirga yuboriladi. 3-10 % li eritmasi esa gipertonik eritma sifatida yaralarni davolashda ishlatiladi.
Na2SO4 × 10 H2O - glauber tuzi surgi dori sifatida ishlatiladi
NaI va KI gipertireoz, nafas olish y o’llarining yallig’lanishi, bronxial astma kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
NaHCO3 ning 0,5 - 2 % li eritmasi shamollashda, konyuktivitda, loringitda, og’izni chayish, kompress qilish va nafas y o’llarini ingalyatsiya qilishda ishlatiladi.
Kaliy. Natriy bilan birgalikda kaliy ionlarining konsentratsiyasini doimiyligi osmotik bosimni doimiy saqlanishining omili xisoblanadi. Shuningdek kaliy qonda, mushaklarda ma'lum miqdorda saqlanadi va mushaklarning qisqarishini boshqarishda ishtirok etadi. Kaliyning yetishmovchiligi yurak faoliyati buzilishiga olib keladi. Uning yetishmovchiligi k o’p qon y o’qotishda, organizmdan k o’p suyuqlik chiqib ketishida kuzatiladi. Bunday xollarda kaliy preparatlari, shu jumladan KCl fiziologik eritmasi ishlatiladi.
Kalsiy birikmalari odam va hayvonlarning hamma a'zolarida uchraydi. Sut va sut mahsulotlari, sabzovatlar o’z tarkibida kqp miqdorda kalsiy saqlaydi. Kalsiy yetishmovchiligi yurak faoliyatining buzilishiga, qon ivishi jarayoniga suyaklar va tishlar faoliyatiga salbiy ta'sir k o’rsatadi. Bu xolat suyaklarning m o’rtlashishiga (osteoparoz) tishlarning chirishiga (kariyes) olib keladi. Uning yetarli darajada o’zlashmasligi qondagi miqdori ortib ketishi (giperkalsinoz) ga olib keladi.
Kalsiy birikmalaridan CaO dezinfeksiyalovchi modda sifatida, CaCO3 kislotalarni adsorbsiyalovchi va neytrallovchi modda sifatida, CaCl2×6H2O bronxial astma va sil kasalliklarini davolashda, kalsiy glyukonat allergiyaga qarshi ishlatiladi.
Magniy modda almashinuvida, karbonsuvlar metabolizmi va mushaklaring qisqarishida ishtirok etadi, suyaklarda kalsiy bilan birgalikda ularning mustahkamligini ta'minlaydi. Magniyning organizmda o’zlashishi D- vitamini bilan bog’liq bo’ladi. Uning yetarli darajada o’zlashmaganligi suyaklarning qiyshayishi bilan kechadigan raxit kasalligiga olib keladi.
Magniy birikmalaridan tibbiyotda MgSO4 × 7H2O - (ingliz tuzi) me'da kasalliklarini davolashda, gipertoniya kasalliklarini davolashda q o’llanadi.
Stronsiy va bariy birikmalari odam organizmi uchun zaharli xisoblanadi. Ammo kislota va asoslarda erimaydigan BaSO4 tuzi (bariyli b o’tqa) me'da-ichak y o’llarini rentgenoskopiya qilishda ishlatiladi. Stronsiyning radiaktiv izotopi onkologiyada q o’llanadi.


Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin