Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə2/13
tarix28.04.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#104228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. XX asrda axborot tahdidini atroflicha o‘rganishga ilmiy yondashish va aniq miqdor o‘lchovi paydo bo‘lishiga oid tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa XX asrning 60-yillaridagi ko‘p tadqiqotlar axborot tahdidini oldini olish muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Axborot tahdidini mustaqil o‘rganish mumkin degan g‘oya ilm-fanda axborot har qanday tuzumni boshqarish jarayoniga, mustahkamligi va yashay olishligini ta’minlashga bevosita aloqadorligini isbotlagan kibernetika bilan bir vaqtda paydo bo‘ldi.
Axborot tahdidining tabiiy-ilmiy jihatlarini o‘rganishda N.Viner, Brillyuen, K.SHennon, R.Eshbi, A.Mol, T.YAglom, A.Ursul, M.Eygen, G.Kastler va hakozolarni tadqiqotlari muhim o‘rinni egallaydi. Axborot tahdidi muammolari bilan shug‘ullangan xorij olimlaridan D.Bell, A.Toffler, M.Kastels, U.Rostou, P.Draker, Dj.Gelbreyt, F.Uebster va boshqalarning ishlarini alohida qayd etish kerak. Ular jamiyatda axborot tahdidini bartaraf etishning ijtimoiy-madaniy jihatlarini tadqiq etishgan. Mazkur olimlarning ta’kidlashlaricha, axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy omillar emas, balki ideal omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turadi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va berish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki beradi.
Axborot tahdidini bartaraf etishning ijtimoiy-falsafiy masalalari J. Fon Neyman, N.Vinner, K.SHenon, V.A.Kanke, A.I.Rakitov, V.S.Styopin, V.G.Goroxov, M.A.Rozovlarning qarashlarida o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekistonda axborot tahdidini bartaraf etish muammolari O.F.Fayzullaev, M.N.Abdullaeva, R.M.Imomalieva, K.J.Tulenova, Z.D.Davronov, N.A.SHermuxamedova, E.M.Izzetova, S.S.Sanginov, B.O.To‘raev, B.R.Karimov, M.M.Abdullaev, B.To‘ychiev, M.A.Usmonova, J.S.Abdullaev, O.V.Lanseva, O.M.Kostrina, M. YOqubova, S.S.G‘ulomov, A.SHermuxamedov, N.A.SHermuxamedova, A.M.Abduvohidov, J.S.Abdullaev, M.A.Usmonova, M.Yoqubovalarning ilmiy ishlarida o‘z echimini topgan3

Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin