Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə6/13
tarix28.04.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#104228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari

birinchidan, bolalar sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish va axborot olish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish;
ikkinchidan, bolalarni buzg‘unchi, ularning ruhiyatiga zarar etkazuvchi ta’sirlardan himoya qilish, ularning salomatligiga ziyon etkazuvchi axborot tarqatilishining oldini olish, cheklash va taqiqlash;
uchinchidan, bolalar sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
to‘rtinchidan, bolalarga yo‘naltirilgan axborot muhiti mazmunini tizimli baholashga yo‘naltirilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, bolalar sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotning mezonlari, mexanizmlari va metodikasini yaratish va rivojlantirish, bolalar axborot xavfsizligini ta’minlovchi texnik va dasturiy-apparat vositalarini joriy etish.
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, ushbu Qonun bugun jamiyatimizda sekin-asta yuzaga kelayotgan quyidagi milliy-ma’naviy ko‘rinishdagi muammolarni oldini olishda xuquqiy asos sifatida muhim ahamiyat ega:

  • ota-onalarga farzandlarini tarbiyalash, ularni zararli axborotdan himoya qilish, har qanday rivojlangan jamiyat va huquqiy davlatda zarur bo‘lgan bolalarning jismoniy, ma’naviy va axborot xavfsizligining qonuniy belgilangan kafolatlari kompleksini yaratish, bolalarning jamiyatga qarshi tajovuzkor va boshqa ko‘rinishdagi xatti-harakatlarining oldini olishga;

  • mamlakatning axloqiy ma’naviy va demografik xavfsizligini ta’minlash, bola huquqlarini, oilani himoya qilish sohasida davlatning obro‘-e’tiborini oshirishga;

  • bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborot mahsulotlarini tasniflash va shunday axborotlarning turli yoshdagi bolalar uchun toifalariga muvofiq toifalash asoslarining aniqlanishiga;

  • OAV, Internet va boshqa axborot manbalarida tarqatilayotgan axborotlar mazmunining bolalarning yoshiga muvofiq emasligi va qay darajada mazmunan zararli ekanligini belgilovchi organlarni belgilashga;

  • chet el tajribasida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan axborot mahsulotlarini ixtiyoriy tarzda yosh toifalari bo‘yicha tasniflash va bolalarni ularning sog‘ligiga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilishning boshqa huquqiy mexanizmlarini joriy qilishga;

bolalarni himoya qilish borasida davlat tomonidan ko‘riladigan choralar jumladan, bolalarning jamoat joylarida bo‘lgan vaqtlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olishga (bolalarni ma’muriy ijtimoiy himoyasi), bolalarni va ularning ota-onalarini bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar va tahdidlardan xabardor qilishga, xavf-xatar va tahdidlarga javoban ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralarni o‘rgatishga, bolalarni xavf-xatar va tahdidlardan himoya qilish choralarini tartibga solishga va boshqa choralarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bugun er yuzida inson, jamiyat, davlatlarning taqdiri shubhasiz, ularni qanday axborotlar qurshovida ekanligi bilan belgilanadi. Axborot makoniga zimdan qilingan ta’sir manfaatlarning jiddiylashuviga, bu esa inson va jamiyat xavfsizligi muammosini yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi va axborot tahdidi o‘zi nima? Axborot xavfsizligi deganda, jamiyatni insonlar, tashkilotlar va davlat manfaatlari asosiy shakllanishi va rivojlanishini ta’minlovchi axborot makonining himoyalaganlik darajasi tushuniladi. Ahborot tahdidi esa, jamiyat axborot makonini ishlashiga xavf tug‘diruvchi omil yoki omillar birligidir. 7
Bugun axborot har qanday jamiyat, millat taqdiri va kelajagini o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘lgan kuchli vositaga aylanib bormoqda. Turli mintaqalarda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarda tomonlar o‘zining haq ekanini isbotlash maqsadida turli vosita va usullardan foydalangan holda axborot tarqatishga, jamoatchilik, xalqaro tashkilotlarni o‘z manfaatlari sari og‘dirishga urinmoqda. Ushbu soha mutaxassislari, garchi insoniyatga tahdid bo‘lsada, o‘z cho‘ntaklarini qappaytirish maqsadida yangidan-yangi loyiha, dasturlar ishlab chiqmoqda. Dastlab faqatgina aloqa vositasi sifatida paydo bo‘lgan mobil telefonlar,- bugun ba’zilarning “ko‘ngilxushlik” matohiga aylangan. SHu bois, yurtimiz yoshlarini bu kabi aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanishini tartibga soluvchi milliy va xuquqiy mezonlarni ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Aytish lozimki, bu sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar diqqatga sazovordir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarori hamda shu hujjat asosida tasdiqlangan Nizomda bu kabi masalalar aniq belgilab berilgan. Mazkur nizomda ko‘rsatilishicha, ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va pornografiya, shuningdek, reaksion-sektant, soxta diniy mafkurani targ‘ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatga undovchi materiallardan iborat bo‘lgan, ko‘rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-video yozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli videoroliklarni namoyish qilish, tarqatish va qo‘llash, turli xizmatlar — GPRS, Bluetooth, internet kabilardan foydalanish qat’iyan taqiqlandi. SHuningdek, ushbu qaror ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasalaridan tashqarida ham oila, mahalla, o‘quv va mehnat jamoalari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqotlar o‘z samarasini bermoqda.
Internetdan foydalanuvchilarning qariyb 80 foizini yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo‘lsak, ayni damda ular ongida internetdan foydalanish, axborot olish madaniyatini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Internet milliy turmush-tarzimizning bir qismiga aylanar ekan, undagi g‘oyalarni ham xalqimizga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy xususiyatlarimiz bilan uyg‘unlashtirish, ushbu sohaga oid yangi tushunchalar: mediamadaniyat, virtual olam, internet axloqi kabi tushunchalarni ham milliy-ma’naviy me’yorlar asosida qaytadan baholash zarurdir. CHunki bu tushunchalar lug‘at boyligimizga endi kirib kelayotganligi sababli milliy-ma’naviy taraqqiyotimiz davomida shakllangan mentalitetimiz mezonlariga javob bera olmaydi. Eng xatarlisi, bizga milliy axloqda ibrat bo‘ladigan “katta avlod” vakillari ushbu tushunchalar “olami”dan yiroqdaligidir. SHuning uchun “katta avlod”dan ancha ilgarilab ketgan bugungi yoshlar internet bilan muloqotga kirishishda turli to‘siq, muammo va xatoliklarga yo‘l qo‘ymoqda. Ko‘p hollarda kattalarning nazorat va ta’sir doirasidan uzoqlashayotgan aksariyat yoshlar har qanday cheklovlardan holi, xatti-harakatlari uchun muayyan javobgarlik hamda mas’uliyat mavjud bo‘lmagan virtual olamni ko‘proq ma’qul bilib, ularda tobora ko‘proq vaqtini o‘tkazmoqda. Demak, milliy mentalitetdan kelib chiqib, yosh avlod “katta avlod”siz virtual olamda ijtimoiy mas’uliyat, javobgarlikni his etmas ekan, ular ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatish lozim. Bu ma’suliyatli vazifani umummiqyosda: ota-onalar, murabbiylar, ziyolilar, xususan, shu vatan taqdiriga o‘zini daxldor xis etgan har bir inson amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim.
XXI asr texnika taraqqiyoti asri, bu asrda inson qo‘li bilan yaratilayotgan yangiliklar insonlarning jamiyatda yashashini engillashtirib, ularning hayot mazmunini ta’minlab bermoqda. Internet tarmog‘ida insonlarning virtual muhitdagi hatta-harakatlari ularning o‘zaro suhbatlarini ta’minlovchi ijtimoiy tarmoqlar ham shunday kashfiyotlar qatoriga kiradi. “The Royal Pingdom” tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda er yuzida 2.1 mlrd internetdan foydalanuvchilar bo‘lib, shundan 44%i Osiyo mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich Evropada 23%, SHimoliy Amerikada 13%, YAqin SHarq mintaqasida 3%, Avstraliyada esa 1%ni tashkil etadi. Hozirda rivojlangan davdatlar bilan tengma-teng bo‘ylashayotgan mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi axborot texnologiyalari sohasida ham bir qancha yutuqlarga erishilgani sir emas. Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ta’lim tizimiga informatika fanining joriy etilishi, mamlakatimizning barcha maktablari, litsey, kollej va Oliy uquv yurtlari, davlat muassalari, korxona va tashkilotlar, davolash maskanlari zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanishi, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan TPS, EVO, Sarkortelekom kabi provayderlarning aholiga xizmat ko‘rsatish sifatininng oshirilishi hamda trafiklar narxlari birmuncha arzonlashgani yurtimizda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar sonini oshishishga sabab bo‘lmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 30%dan ortiq aholi internet tarmog‘idan foydalanadi. Mamlakatimizda internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning ortishi quvonarli hol albatta. Lekin masalaning ikkinchi tomoni, bu “o‘rgimchak” to‘ri ning salbiy taraflari bugun yoshlarnni o‘z domiga tortayotganidir. Bugun dunyo aholisini larzaga solayotgan, millatlarni gomogenlashuviga olib keladigan milliy madaniyatni yo‘q qilayotgan globallashuv jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda o‘z salbiy ta’sirini shunday o‘tkazmoqdaki, mafkuraviy immuniteti sayoz har qanday mamlakat yoshlari uning girdobiga tushib qolmoqda. Xo‘sh ijtimoiy tarmoqlarning tuzilishi qanday va uninng salbiy oqibatlari nimada? Ijtimoiy tarmoqlarning tuzilishi sxemasi juda sodda bo‘lib, shaxsiy sahifalari asosan mikroblog, baho, fotografiya, mehmon, bayramlar, reklama hamda qidiruv bo‘limlaridan iborat. Ijtimoiy tarmoqlar ish stolini, reklamalarini asosan yorqin ranglarda havola etishi avvalo, virual olamni jozibador ko‘rsatishga xizmat qiladi, qolaversa, shu orqali foydalanuvchilarni ohangrobodek o‘ziga tortib, real hayotni sekin-asta zerikarli va his-tuyg‘usiz tasavvur qilishga olib keladi.
Ma’lumki axborot xurujining asosiy nishoni yoshlar hisoblanadi. Ularning miqdori yildan-yilga oshib borishi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda. Dastlab axborot xuruji ob’ekti talabalar bo‘lsa, bugunga kelib maktab o‘quvchilari xam ularning safiga qo‘shilmoqda. Tabiyki, axborot xuruji tarqatilayotgan manba – internetdir, lekin axborotlashgan jamiyatda uni bekor qilishinng imkoni yo‘q. To‘g‘ri, kitob sotib olgandan yoki kutubxonada katalog qidirgandan bir necha marta arzon va qulay bo‘lgan internet tarmog‘i yoshlar uchun eng samarali makon hisoblanadi. Ammo u erda davomiy ishlash oqibatida vayronkor axborotlar ta’siriga tushib qolishi ehtimoli ortadi. SHuning uchun bizda ham rivojlangan mamlakatlar kabi tarqatilayotgan axborotlarning xaqqoniyligini tekshirib borish uchun maxsus internet-provayder kompaniyalarini tashkil etish kerak. Bu markazlar nafaqat davlat miqyosida, balki muayyan ixtisosliklar doirasida tashkil etilsa yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xususan mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy hayotiga oid masalalar ko‘zga ko‘ringan televidenie, radio va OAV nomidan yaratilgan saytlar vositasida xalq ongiga etkazilishi kerak. Zero bu yo‘l bilan, avvalo, istalgan axborotni keng miqyosda, atroflicha tahlil etish imkoniyati yuzaga keladi, qolaversa, iste’molchiga etkazilayotgan axborot turli g‘arazli maqsadlardan himoyalanadi. “Hozirgi axborot, kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga, hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash ahamiyat hal qiluvchi kasb etib etib borayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo‘lib borayotgani haqida gapirib o‘tirishga hojat yo‘q”8
Bugun aytish mumkinki, kun.uz., sharh.uz., daryo.uz. kabi yuzlab saytlar axborotga bo‘lgan chanqog‘imizni qondirishga harakat qilmoqda. Afsuski, bugungi aksariyat yoshlar internet axborot xurujiga qarshi o‘zlarida fuqarolik pozitsiyasini to‘liq shakllanitirgan deya olmaymiz. SHu ma’noda, axborotlashgan jamiyatda “internet” muhim tadqiqot ob’ektiga aylanishi, uni jamiyat sohalariga, xususan milliy-ma’naviy hayotga ta’sirini o‘rganish, undan foydalanishning xuquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish zaruriy vazifalardir. To‘g‘ri, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi, “Bola xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarimizda yoshlarni nosog‘lom g‘oyalardan himoyalash mexanizmlari mavjud bo‘lsa-da, bugungi “axborot to‘fon”i jamiyatimizda “xaos”ni kuchaytirishga intilayotgan bir paytda bu sohadagi ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqazo etadi. Bu borada xorij davlatlari tajribasini o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi. Xususan Angliyada mamlakatga noqonuniy axborotlar kirib kelishini nazorat qiluvchi “Xavfsiz tarmoq” jamg‘armasi tuzilgan bo‘lsa, Germaniyada buzg‘unchi axborotlarni tarqatuvchi saytlar sud qarori asosida yopib qo‘yilishi belgilangan. Rossiyada esa axborot xurujlariga qarshi kurashuvchi “Xavfsiz internet markazi” tashkil etilgan.
Internetning axboriy tahdidlar makoniga aylanish sabablarini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

  1. Auditoriyaning o‘ta kengligi;

  2. Turli mazmundagi his-tuyg‘ularni oshkor etish imkoni mavjudligi;

  3. Real hayotdagi ijtimoiiy ma’suliyatlardan holilik;

  4. O‘z imkoniyatlarini to‘la va erkin namoyon etishga to‘siqlarning yo‘qligi;

  5. Maqsadlarini ideal darajada erkin ko‘rsata olish imkoniyati mavjudligi;

  6. Istagagn narsasini erkin o‘qish, eshitish, ko‘rish imkoniyati mavjudligi;

  7. Nazoratga olinmaganligi;

  8. Istagan insoniga axborotlarni o‘z tilida yuborish imkoniyati;

  9. Ma’lumotlarni maxfiy jo‘natish imkoni mavjudligi;

  10. Axborotlarni tezlikda etkazish imkoniyati;

  11. Uning katta xotiraga egaligi;

  12. Uning 24 soat muntazam ishlashi;

  13. U millat, din, til tanlamasligi;

Bugun yoshlarda axborotlarni kuzatib borish, qabul qilish, tahlil etish va ularni voqelikda amalga oshirish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirib borish juda muhim masaladir. CHunki butun sayyoramiz davlatlari qatori O‘zbekiston ham axborotlashgan jamiyatga kirib bormoqda. Tabiiyki, bunday jamiyatda inson “ahborot to‘foni” ostida yashashga majbur bo‘ladi. Bu to‘fon ichidan to‘g‘ri, asosiy axborotni ajratib olish muammosi tobora murakkablashadi. Eng xatarlisi, bu jarayonda insoniyat mavjudligi mohiyati – ma’naviy olam xavf ostida qoladi. Demak, axborotlashgan jamiyat, tom ma’noda “axborot xaos”ini yuzaga keltiradi. Bu jarayonda inson tafakkuri real borliqdagi soxtalashtirilgan g‘oyalar bilan tinimsiz kurash olib boradi. Ehtimol, bugun er yuzida sodir etilayotgan barcha xunrezliklarning negizi ushbu “axborot xaos”ining natijasidir. Lekin, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, internet vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini o‘rab-chirmab, o‘ni o‘qima, buni ko‘rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi”.9 SHuning uchun, yoshlarni axboriy tahdidlardan himoyalashda quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim:

  1. “G‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish” bilim, ko‘nikma, malakasinin shakllantirish;

  2. Voqea – hodisalarni mustaqil taffakkur etishga o‘rgatish;

  3. Milliy qadriyat va an’analarga nisbatan sobit e’tiqodli qilib tarbiyalash;

  4. Jamiyatda axborotlarni tezligi va ishonchliligini ta’minlash;

  5. Jamiyatda axborot taqchilligini bartarf etish;

  6. Mamlakatimizdagi mashhur ommaviy axborot vositalarining internetda saytlarini yaratish;

  7. OAVlarida “mediamadaniyat” to‘g‘risida muntazam ma’lumot berib borish;

  8. Ma’naviy yuksalishga qaratilgan g‘oyaviy, axloqiy, estetik tarbiyaga e’tiborni kuchaytirish ;

  9. Ushbu sohaga oid ilmiy-ommabop qo‘llanma va kitoblarni ko‘paytirish

Jamiyatning milliy-ma’naviy hayotiga rahna soluvchi axborot tahdidlarini oldini olish va bartaraf etishga yo‘naltirilgan maxsus tashkiliy-xuquqiy, tarbiyaviy tadbirlarni hayotga joriy qilish, mamlakat aholisining ijtimoiy ongini ushbu xavflarga qarshi tura oladigan qilib shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ularni quyidagicha belgilash mumkin:
- ko‘p millatli mamlakatimizda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlarni uyg‘unlikda rivojlanayotganini hisobga olgan holda, jamiyat a’zolari ongida milliy mafkurani singdirish jarayonini yanada takomillashtirish
- ommaviy axborot vositalari jamiyatda respublikamizning milliy manfaatlariga javob beradigan an’anaviy qadriyatlarni targ‘ib qilishi, vatanparvarlik va fuqaroviy burchni tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy me’yorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
- xalqimiz mentalitetida miya faolligi, sa’y-harakatlarda tezkorlik, topqirlik, har bir ishda rejalilik, puxta tayyogarlik, fahm-farosat, muamolarni hamkorlik asosida bartaraf etish kabi xususiyatlarni rivojlantirish;
- mamlakatda axborot taxdidlariga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llash faqat ta’limiy va tarbiyaviy soha bilan cheklanmay, respublika bo‘yicha majmuaviy tarzda olib borilishi zarur.
Zero, bu sohada Yoshlar ittifoqi tashkiloti tomonidan olib borilayotgan ishlar alohida ahamiyatga molikdir. Yoshlar ittifoqi tashkiloti Toshkent shahar kengashida 2016 yil 21 yanvar kuni matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjuman so‘nggida jurnalistlarning savollariga Harakat raisi M.Zufarov javob berdi. Anjumandan so‘ng ru.sputniknews-uz.com saytining “V Uzbekistane mogut ogranichit rabotu sotssetey i messendjerov” sarlavhali xabari e’lon qilingan. Unda bugungi kunda harakat tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, xususan “telegram”, “Facebook”, “Odnoklassniki”ning texnik va boshqa imkoniyatlarini cheklash masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida noto‘g‘ri axborot berilgan. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda harakat tomonidan internet tarmog‘ini milliy segmentini yanada boyitish, rivojlantirish hamda foydali resurslarni ko‘paytirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. “MIT.uz” – internet milliy tanlovi, Talabalar internet harakati, “Intellectuall” – axborot texnologiyalari tanlovi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligidagi boshqa loyihalar shular jumlasidandir. Yoshlar ittifoqi tashkiloti Toshkent shahar bo‘limi 2016 yil fevral oyidan yana bir yangi loyihani amalga oshirishgan. Ushbu loyiha ISHID terroristik tashkiloti internet tarmog‘i orqali ba’zi g‘o‘r yoshlarning ongini zaharlab o‘z tomoniga og‘dirishi kundan-kunga ortayotgan ayni damda muhim ahamiyatga ega. Xususan unda Yoshlar ittifoqi tashkiloti Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ushbu loyiha ikki yo‘nalishda bo‘lib, birinchisi Toshkent islom instituti talabalari milliy ijtimoiy tarmoqlar orqali islom dini asl mohiyati va mazmuniga bag‘ishlangan turli mavzularda seminar treninglar olib borsa, ikkinchi yo‘nalishda ushbu harakatning joylardagi faollari mamlakatimiz mahallalarida ushbu mazmundagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradilar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimizning oldingi safdagi yoshlari nigohida internet - “axboriy tahdidlar o‘chog‘i” emas, balki milliy–ma’naviy sohadagi taraqqiyotga erishish uchun imkoniyatlar makonidir



Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin