Mavzu: Analitik kimyo fanining texnologiyadagi ahamiyati Reja


Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati



Yüklə 42,39 Kb.
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü42,39 Kb.
#116870
1   2   3   4   5   6
Analitik kimyo

Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.
Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi.
Analitik kimyo bilan agranomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, veterinariya, zoogigiena, qishloq xo’jaligi hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog’liq.
Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologik jarayoni nazorat qilinmaydigan birorta ham kimyoviy korxona yo’q. Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas.
Ekinlardan mo’l hosil olish va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifasi tuproq tarkibini o’rganish, o’g’itlar, yem-hashak tarkibini mukammal bilishni talab etadi. Bu muammoni hal etishda bevosita analitik kimyo usullaridan foydalaniladi. Chorvachilik fermalarida va komplekslarida, sanitariya va gigiena laboratoriyalarida, ishlab chiqarish binolaridagi havoning tarkibini va uning ifloslanish darajasini aniqlashda, ichimlik va oqar suvlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini analiz qilishda analitik kimyo usullari qo’llaniladi.
Veterinariyada qon, siydik, me‘da shirasini analiz qilish vrachga kasallikni to’g’ri aniqlash va davolash imkonini beradi. Dorivor moddalarning organizmga ta‘siri ham analizlar vositasida o’rganiladi. Hozirgi davrda atrof-muhitni himoya qilish masalasi muhim muammolar qatorida turadi. Analitik kimyo usullarisiz bu borada birinchi qadamni qo’yish ham mumkin emas. Chunki suv, atmosfera havosi tarkibidagi o’zgarishlarni aniqlamasdan ularni tozalashga kirishib bo’lmaydi.
Analitik kimyodan yetarli darajada bilimga ega bo’lgan agronomlar, zootexniklar va veterinarlarga ilmiy izlanishlar o’tkazayotganda biologik protsesslar mohiyatini to’liq tushuna olish imkonini ham analitik kimyo beradi.
Analitik kimyoning rivojlanish davrlari.
«Kimyoviy analiz» iborasining fanga kiritilishi ingliz olimi R.Boyl (1627-1691) nomi bilan bevosita bog’liq. Murakkab kimyoviy moddalar elementlardan tashkil topganligi haqidagi fikrni ham R. Boyl aytgan. U mavjud kimyoviy reaktsiyalarni tartibga soldi. Lakmus indikatoridan foydalanib qislotalar va ishqorlarni bir-biridan farqlash mumkinligini amalda ko’rsatdi. R.Boylning bu ishlari sifat analiziga ko’yilgan birinchi qadam bo’ldi.
Analitik kimyo mustaqil fan sifatida ulug’ rus olimi M.V. Lomonosov zamonida rivojlana boshladi. U o’zining «Metallurgiya i osnov pervichnoy obrabotki rud» kitobida bir qancha analiz usullarini yozgan edi.
.Ye.Lovits (1757-1804) moddalarning kristall panjaralarining tuzilishi bilan ularning kimyoviy tarkibi o’zaro bog’likligini isbotladi va mikrokristalloskopik analizga asos soldi. Kaltsiy tuzlari ishtirokida alanganing qizil tusga bo’yalishidan foydalanib, tuzlar tarkibida kaltsiy mavjudligini bilib olish mumkinligini amalda ko’rsatdi.
Frantsuz olimi A.Lavuaze (1743-1794) suv va turli oksidlarni kimyoviy analiz qilib, ular tarkibidagi elementlardan biri kislorod ekanligini tajribalar yordamida isbotladi.

Mamlakatimizda analitik kimyoning rivojlanishiga V.I. Severgin (1765-1794) ancha salmoqli hissa qo’shdi. Uning «Rukovodstvo po pribornomu isskustvu i ximicheskomu isptaniyu drugix iskopaemx metallicheskix rud» nomli birinchi kitobi 1801 yilda chop etildi.


Murakkab tarkibli tuzlar aralashmasini vodorod sulfid asosida sistemali analiz qilish tartibini shvetsiyalik olim T.Bergman (1735-1784) taklif etdi.
Analitik kimyoning muhim nazariy va amaliy muammolarini hal etishda D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, uning gidratlar nazariyasi muhim ahamiyat kasb etdi. D.I.Mendeleevning fikrlarini davom ettirib N.A.Menshutkin (1824-1904) kationlarning analitik gruppalar bo’yicha eng qulay klassifikatsiyasini fanga kiritdi. U 1871 yilda «Analitik kimyo» darsligini bosmadan chiqardi.
Keyingi yillarda analitik kimyo fanining rivojlanishi mashhur olimlarimizdan A.P.Vinogradov, I.P.Alimarin, I.I.CHernyaev, Ya.A.CHugaev, N.A.Tananaevlarning nomi bilan bevosita bog’lik. Shuningdek chet ellik R.Bunzen, G.Kirxgof, Bertselius, Gey-Lyussaq, Devilar ham samarali mehnat qilib, bu sohaga o’z hissalarini qo’shdilar.
\Analitik kimyo fanining rivojlanishida O’zbekistonlik olimlarning ham hissalari katta. Akademiq Sh.T.Tolipov rahbarligida olimlarning katta gruppasi analitik kimyo sohasida samarali mehnat qilmoqdalar.
Hozirgi davr qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fanining mavjudligi bilan harakterlanadi. Kimyo fanlari orasida analitik kimyoda yangi zamonaviy analiz usullari vujudga kelmoqda; shuningdek analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormokda.

Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin