Mavzu: alkogolizm — etilogiyasi, bosqichlari, zararlari, tashxislash, ichkilikbozlikni davolash



Yüklə 103,68 Kb.
səhifə2/10
tarix17.05.2023
ölçüsü103,68 Kb.
#115214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ALKOGOLIZM

O’RGANISH TARIXI
«Surunkali alkogolizm» atamasi birinchi marta 1849-yilda Shvetsiyalik shifokor va jamoat arbobi M.Guss tomonidan qo’llanilgan bo’lib, bu termin spirtli ichimliklarni uzoq muddat va me’yordan ortiqcha ichishda inson organizmida yuzaga keladigan patologik o’zgarishlarning umumiyligini ta’riflash uchun ishlatilgan. Biroq uzoq vaqt davomida mastlik (spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish) va alkogolizm (kasallik) orasida farq yo’q edi. XIX asr va XX asrning boshlarida alkogolga qaramlik odatda dipsomaniya deb atalgan, ammo hozirda bu atama boshqa ma’noga ega. Alkogolizmning kasallik sifatida tasavvurlari E. Krepelin, K. Bongefera, E. Bleuler , S. S. Korsakov , S. G. Jislin, I. V. Strelchukning mehnatlari bilan mustahkamlangan. Alkogolizm 1952-yilda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan kasallik sifatida tasdiqlangan.
EPIDEMIOLOGIYA
XX asr mobaynida alkogolizmga chalingan bemorlar sonining ko’payishida barqaror tendentsiya kuzatilgan edi. Misol uchun, iqtisodiy rivojlangan 15 ta mamlakatda o’rtacha yillik alkogolizm tarqalganligi ko’rsatkichi 1900-1929 yillarda 1000 aholi uchun 0,3, 1956-1975 yillarda 12,3 kishini tashkil etgan. 1930-yildan 1965-yilgacha alkogolizmga chalingan bemorlar soni 50 barobarga oshdi.
1980-yillardan beri alkogolizmning yirik epidemiologik tadqiqotlari o’tkazilmoqda; ular alkogolizm va ichkilikbozlikning tarqalganligi turli mamlakatlar o’rtasida juda farq qilishini ko’rsatmoqda. Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlarda alkogolizm epidemiologiyasining dastlabki tadqiqotlari ushbu kasallik eng ko’p Frantsiyada tarqalganini, keyingi o’rinlarda Amerika Qo’shma Shtatlari, Shveytsariya va Shvetsiya turganligini ko’rsatdi. Biroq, vaqt o’tishi bilan bu ko’rsatkichlari o’zgardi. Shunday qilib, AQShda spirtli ichimliklar iste’moli kamaydi, sobiq SSSR va Yaponiya mamlakatlarida esa ko’paydi.
XXI asrning boshlarida dunyoda yiliga 200 milliard litrdan ortiq spirtli ichimliklar ishlab chiqarilgan. Barcha rivojlangan mamlakatlarda 15 yoshdan katta bo’lgan shaxslarning ko’pchiligi spirtli ichimliklar iste’mol qiladi, bunda erkaklarning oltidan bir qismi va ayollarning o’n uchdan bir qismi har kuni. Rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga alkogol iste’mol qilish yiliga 7-14 litrni tashkil etadi; rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko’rsatkich pastdir, lekin unining ko’payishi tendentsiyasi mavjud.
ETIOLOGIYA
Albatta, spirtli ichimliklarni qabul qilishning sababi uning odamga ta’siri, masalan, eyforiya, uyquchanlik, soxta isinish hissi va boshqalarni chaqirishidir. Alkogolizmning etiologiyasiga ko’plab qarashlar mavjud. Masalan, W Sudduth (1977), kasallikning rivojlanishi asosi etanolning oshqozon-ichak traktiga ta’sir qilishi bilan bog’liq deb hisoblagan. Uning nazariyasiga ko’ra, etanol oziqa moddalarini so’rilishini ingibitsiya qiladi, ammo toksinlarning so’rilishini kuchaytiradi. Asta-sekin toksinlar miqdori tobora ko’payib boradi va bunda antibakterial va neyroblokator agent faqatgina etanol bo’lib qoladi. U inson holatini vaqtincha yaxshilaydi va «kompulsiv intilishni» belgilaydi. Shunda oxiri berk aylana hosil bo’ladi. Pyatnitskaya yozganidek: «Aynan toksik yopiq aylana alkogolizmning neyrologik va genetik simptomatikasini tushuntiradi».
Bugungi kunda alkogolli ichimliklarni o’tkir va surunkali iste’mol qilishning miya tizimlarining neyrokimyoviy funktsiyasiga ta’siri o’rganilmoqda, masalan, etanolning markaziy asab tizimiga ta’sirining mexanizmlarida gamma-aminomoy kislotaga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ammo, kasallikning mexanizmi aniq emasligiga qaramasdan, uning asosiy manbai bo’lib spirtli ichimliklar va ularning ta’siri xizmat qiladi. Bundan tashqari, ko’p narsa biologik, psixologik va ijtimoiy omillarga bog’liq.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin