Mavzu: alkogolizm — etilogiyasi, bosqichlari, zararlari, tashxislash, ichkilikbozlikni davolash



Yüklə 103,68 Kb.
səhifə1/10
tarix17.05.2023
ölçüsü103,68 Kb.
#115214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ALKOGOLIZM


Mavzu: ALKOGOLIZM — ETILOGIYASI, BOSQICHLARI, ZARARLARI, TASHXISLASH, ICHKILIKBOZLIKNI DAVOLASH
Alkogolizm (lot. alcoholismus), shuningdek ichkilikbozlik, surunkali alkogolizm, surunkali alkogolli intoksikatsiya, etilizm, alkogolli toksikomaniya va boshqalar — surunkali psixik progredient kasallik, toksikomaniyaning bir turi, alkogolga (etil spirtga) ruju qo’yish va unga aqliy va jismoniy jihatdan qaram bo’lish bilan tavsiflanadi. Alkogolizm qabul qilinadigan alkogol miqdorini nazorat qila olishni yo’qotish, alkogolga nisbatan tolerantlikning oshishi (shirakayflikni ta’minlash uchun zarur bo’lgan spirtli ichimlik dozasining ko’payishi), abstinent sindrom, a’zolarning toksik shikastlanishi va mastlik paytida sodir bo’lgan ayrim voqealarni eslay olmaslik bilan xarakterlanadi.

Alkogolik — alkogolizmga chalingan bemor.
XIX asrga kelib aholi farovonligining oshishi bilan alkogolizm ham oshadi deb hisoblangan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti dunyoda alkogolizm bilan kasallanish muntazam ko’payib borishini aytmoqda: 2000- yilda dunyoda 140 millionga yaqin odam alkogolizmga chalingan bo’lsa, 2010-yilda bu ko’rsatkich 208 millionga yaqin kishiga yetdi: bunday tendentsiya bilan, 2050-yilga kelib dunyodagi alkogolizmga chalinganlar soni bu raqamlardan ham oshib ketishi mumkin, bu 9,5 milliard aholidan 500 million kishi, ya’ni har 19 kishidan bittasi deganidir.
TIBBIY TUSHUNCHALAR
Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi jurnali (Journal of the American Medical Association) alkogolizmga: «spirtli ichimlik ichishni nazorat qilishning buzilishi, alkogolga ruju qo’yish, salbiy oqibatlariga qaramasdan spirtli ichimliklarni ichishni davom ettirish va fikrlashning buzilishi bilan tavsiflanadigan birlamchi surunkali kasallik» deb ta’rif bergan.
DSM-IV (psixiatriya va fiziologiyada diagnostika standarti) ichkilikbozlikni spirtli ichimliklarni takrorlanuvchi salbiy oqibatlarga qaramasdan takroriy ravishda ichish deya ta’riflaydi.
APA Dictionary of Psichologic ma’lumotlariga ko’ra, alkogolizm — spirtli ichimliklarga qaramlik terminining kundalik nomidir. Shuni ta’kidlash kerakki, bunda qaysi turdagi qaramlik nazarda tutilganligi haqida bahslar mavjud: jismoniy (abstinent sindromi bilan xarakterlanadi), psixologik (shartli refleksning mustahkamlanishi asosida) yoki har ikkalasi.

Yüklə 103,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin