Mavzu: Algoritmlash va dasturlash asoslari Reja



Yüklə 127,97 Kb.
səhifə9/12
tarix20.11.2023
ölçüsü127,97 Kb.
#164539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Umarova F.T menejment 1 kurs

C++ dasturlash tili - turli maqsadlar uchun moʼljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida “C klasslar bilan” deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʼzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsion tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʼyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʼllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʼllaniladi. Visual Basic dasturlash tili - Maykrosoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitidir. U Basic dan koʼp funktsialligi va grafik koʼrinishga ega ekanligi bilan farqlanadi.
Delphi - dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʼllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Delphi — Object Pascal tilining bir qancha kengaytirishlar va toʼldirishlar orqali kelib chiqqan boʼlib, u obʼyektga yoʼnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. C# dasturlash tili (Si Sharp - deb talaffuz qilinadi) leksik jihatdan kengaytirilgan, imperativ, deklarativ, funktsional, umumiy, obʼektga yoʼnaltirilgan (sinfga asoslangan) va komponentlarga yoʼnaltirilgan dasturlash fanlarini oʼz ichiga olgan umumiy maqsadli, koʼp paradigmali dasturlash tili. U 2000 yilda Maykrosoft tomonidan .NET tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan.
Pascal tili – XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash mashinasini yaratgan fransuz olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb nomlangan. Oʼzining soddaligi, mantiqiyligi va samaraligi tufayli bu til butun dunyoga tez tarqaldi. Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikro EHMlar ham shu tilda ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining toʼgʼriligini osonlik bilan tekshirish mumkinligini, ularning maʼnosi yaqqol koʼzga tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi. Pascal dasturlash tilining alifbosi deb, shu tilda maʼlumotlarni ifodalash va dasturlar yozish jarayonida kompilyator tomonidan qabul qilishga ruxsat berilgan belgilar yoki maxsus belgilardan iborat boʼlgan zanjirlar toʼplamiga aytiladi.
Python dasturlash tili - bu umumiy-maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili.

Dasturlash tili Guido van Rossum tomonidan yaratilgan va birinchi marta 1991 yilda foydalanib koʼrilgan. har xil platformalar (Windows, Mac OS, Linux va boshqalar) Python Python shuningdek, Microsoft.NET platformasi uchun ham yozilgan va u IronPython deb nomlanadi.

Yüklə 127,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin