Mavzu: Algoritmlash va dasturlash asoslari Reja


Web dasturlash uchun tillar



Yüklə 127,97 Kb.
səhifə10/12
tarix20.11.2023
ölçüsü127,97 Kb.
#164539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Umarova F.T menejment 1 kurs

Web dasturlash uchun tillar- bu Internetda ishlaydigan vebsaytlar, portallar va boshqa ilovalarni yaratishga moʼljallangan dasturlash tillaridir. Ularga PHP, ASP.NET, Perl, CMS, Framework va boshqalarni misol qilishimiz mumkin. PHP - Script Tili boʼlib, Web Serverda oʼzgaruvchan HTML fayllarini yaratishda qoʼllaniladi. Hozirgi kunda deyarli barcha hostingprovayderlar mazkur tilni qoʼllab-quvvatlaydi. Odatda, PHP Maʼlumotlar Bazasi bilan ishlatiladi. ASP (inglizcha: Active Server Pages — «serverning aktiv sahifalari») - World Wide Web uchun oson ilovalar yaratishga yordam beradigan, Microsoft tomonidan yaratilgan texnologiya. ASP Windows NT turkumidagi operatsion sistemasining tarkibiga kiruvchi IIS veb serveri orqali ishlaydi.
3. Kirish va chiqish operatorlari. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash. Siklli hisoblash jarayonlarini dasturlash.

Algoritmlash” dеganda masalani biri kеtidan boshqasini bajariladigan hamda oldingisining natijalari kеyingilarining bajarilishida ishlatiladigan bosqichlar kеtma-kеtligiga kеltirish tushuniladi. Ayni paytda bu bosqichlardagi amallarni kompyuter bajara olishi ko’zda tutilishi kеrak. Kеngroq ma`noda qaraydigan bo’lsak algoritmlash, o`zidan oldingi bosqich - masalani yеchish usulini tanlash bosqichi ham, o`zidan kеyingi bosqich - kompyutеrning xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang’ich, oraliq va natijaviy axborotlarni tuzilishining ifoda shakllarini tanlashni xam o’z ichiga oladi.


Algoritmlash bosqichining natijasi masalani yеchish algoritmi bo’ladi, ya’ni bu bosqichda masalani yеchish algoritmi ishlab chiqiladi. Bunda masalani matеmatik qo’yilishi va tanlangan usul qidirilayotgan natijani olishga olib kеladigan harakatlar kеtma-kеtligini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Algoritmning turlari bilan tanishtirganda, avvalo hech qanday shart tekshirilmaydigan va tartib bilan faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarni ifodalaydigan chiziqli algoritmlar aytib o’tiladi.
Operatorlar odatda harakat yoki jarayonni (harakat va jarayonni ham bo’lishi mumkin) ifodalovchi belgidir. Ular matematika va logikani yaxshi biladigan har qanday inson uchun muammo tug’dirmaydi. Ya’ni ularning asosini aynan shular tashkil qiladi. Operatorlar ma’lum bir qiymat yoki operandlarni boshqarishga qodir bo’ladi. Operatorlar har qanday dasturlash tilining asosini tashkil qiladi. Ular oddiy hisoblashlardan tortib, hattoki xavsizlikni shifrlash kabi murakkab algoritmik vazifalarni ham bajara oladi!
Har qanday operator nuqta-vergul [;] belgisi bilan tugashi lozim. Quyidagi ifodalar X=0, yoki I++ operatorga aylanadi agar ulardan so`ng nuqtali vergul [;] kelsa (X = 0; I++;). Operatorlar bajariluvchi va bajarilmaydigan operatorlarga ajratiladi. Bajarilmaydigan operator bu izoh operatoridir. Izoh operatori [/*] belgisi bilan boshlanib, [*/] belgisi bilan tugaydi. Bu ikki simvol orasida ixtiyoriy jumla yozish mumkin. Kompilyator bu jumlani tekshirib o`tirmaydi. Izoh operatoridan dasturni tushunarli qilish maqsadida izohlar kiritish uchun foydalaniladi. Bajariluvchi operatorlar o`z navbatida ma`lumotlarni o`zgartiruvchi va boshqaruvchi operatorlarga ajratiladi. Ma`lumotlarni o`zgartiruvchi operatorlarga qiymat berish operatorlari va [;] bilan tugovchi ifodalar kiradi.
Masalan:
i++;
x*=i;
342 i=x-4*i;
Boshqaruvchi operatorlar dasturni boshqaruvchi konstruktsiyalar deb ataladi. Bu operatorlarga quyidagilar kiradi:
- Qo`shma operatorlar;
- Tanlash operatorlari;
- Takrorlash operatorlari;
- O`tish operatorlari

Yüklə 127,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin