Mavzu: Aksiz solig‘i Reja


Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi



Yüklə 36,55 Kb.
səhifə3/7
tarix19.05.2023
ölçüsü36,55 Kb.
#117267
1   2   3   4   5   6   7
М.Маликов 57-2 Солиққа тортиш

Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:

  1. aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

  2. keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;

  3. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan hayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qilishga;

  1. aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;

  2. vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.


Aksiz tolanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
Aksiz to‘lanadigan tovarlar oluvchiga jo‘natilgan (topshirilgan) kun, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiz to‘lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘tgan sana garovga qo‘yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Import qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir.


Yüklə 36,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin