Mavzu: Aksiz solig‘i Reja


Quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan obyektdir



Yüklə 36,55 Kb.
səhifə2/7
tarix19.05.2023
ölçüsü36,55 Kb.
#117267
1   2   3   4   5   6   7
М.Маликов 57-2 Солиққа тортиш

Quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan obyektdir:

  1. aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:

  • tovarni sotish (jo‘natish);

  • garov bilan ta‘minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan tekshirish;

  • aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;

  • aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;

  • aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;

  1. aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;

  2. aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;

  3. aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;

  4. ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;

  5. aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.


Yüklə 36,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin