Mavzu: 7 -8 – sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Darsning maqsadi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/18
tarix14.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#74633
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-5. Algebra bayonnoma-9-sinf


9-sinf, algebra.
(3 soatlik bayonnoma)

«05-10» - sentabr, 2019-yil.


Mavzu: 7 -8 – sinfda o‘tilganlarni takrorlash.



  1. Darsning maqsadi: 7-8 – sinfda o‘tilgan algebraik ifodalar, bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalar, birhadlar, ko‘phadlar, uni ko‘paytuvchilarga ajratish va algebraik kasr kabi mavzular yuzasidan tushunchalar hosil qilish, o‘quvchilarning BKM larini shakllantirish, rivojlantirish va mustahkamlash.

  2. Darsning usuli: savol-javob, misol va masalalar yechish.

  3. Darsning jihozi: DTS ko‘rgazmalari, tarqatma materiallar, kichik testlar.



DARSNING BORISHI:



  1. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, tozalikni tekshirish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga ruhiy jihatda tayyorliklarini aniqlash.

  2. O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:

Savol: Kasr so‘zi qanday manoni bildiradi?
Javob: kasr so‘zi arabcha «Kasara» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘lmoq, bo‘laklamoq, maydalamoq» kabi ma’nolarni bildiradi.
Savol: Kasrning nechta turi mavjud?
Javob: kasr - to‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlarga bo‘linadi.
Savol: O‘nli kasr deb nimaga aytiladi?
Javob: maxraji 10 va uning darajalaridan iborat kasr o‘li kasr deb ataladi.
Savol: O‘nli kasr qanday qismlardan iborat?
Javob: butun va kasr qismlardan iborat.
Savol: Algebraik kasr nima?
Javob: surat va maxraji algebraik ifodalar bo‘lgan kasr algebraik kasr deyiladi.
Savol: Birhad nima?
Javob: sonli va harfiy ko‘paytuvchilar ko‘paytmasidan iborat algebraik ifoda birhad deb ataladi.
Savol: Ko‘phad nima?
Javob: bir nechta birhadning algebraik yig‘indisi ko‘phad deyiladi.

  1. O‘tilgan mavzuni mustahkamlasi: o‘quvchilar tushunmagan savollar va ularga tushunarsiz bo‘lgan jumlalar aniq va hayotiy misollar yordamida tushunturilib beriladi.


  2. Yüklə 0,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin