Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə22/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
сохавий

Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar- bunday qo‘llanma-larning asosiy maqsadi yangi hujjatlar haqida tezkorlik va muntazam axborot berishdan iborat. Ular ilmiy tashkilotlarga, ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug‘ullanuvchi kitobxonlarga fanning, ilmning rivojlanishini muntazam kuzatib borish, o‘rganib borish imkonini beradi.
Uzok yillar davomida (1955-1979) taniqli tarixchi va bibliograf B.V.Lunin tomonidan «Bibliograficheskiy ukazatel po arxeologii, istorii, etnografii i pravu Uzbekistana» (O‘zbekiston arxeologiyasi, tarixi, etnografiyasi, 5 O‘zbekistonda XIX-XX asr boshlarida nashr etilgan bibliografik manbaalar to‘g‘risida «O‘zbekiston bibliografiyasi» fanida batafsil ko‘rib chiqiladi. 40 filosofiyasi va huquqlariga oid bibliografik ko‘rsatkich) nomli yilnoma nashr qilib borildi. Mazkur ko‘rsatkich Respublika tarixining kundalik axborotini to‘ldirib bordi. Ko‘rsatkich «Izvestiya AN Uzbekistan. Seriya obshestvennix nauk». («O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi xabarlari. Ijtimoiy fanlar seriyasi») jurnalida nashr etildi. Yuqori metodik malaka bilan tuzilganligi, nashr joyidan kat’iy nazar O‘zbekiston haqidagi materiallar hisobga olinganligi, yangi adabiyotlar va ular haqidagi axborot tez fursatda kitobxonga yetkazilganligi sababli ko‘rsatkich mutaxassislar va kitobxonlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich Respublika tarixiga oid kundalik bibliografiyani to‘ldirib bordi, desa bo‘ladi. Chunki bu yillarda (1955-1979) ko‘rsatkichda O‘zbekiston tarixiga, arxeologiyasiga, etnografiya va filosofiyasiga oid 15 nomdan ziyod nashrlar yoritildi. Lekin ko‘rsatkichga gazeta maqolalari kiritilmagan. Bundan tashkari O‘zbekiston bibliografiyasining muayyan yillardagi chiqqan nashrlarini o‘zida aks ettirgan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar nashri» davomli nashrini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu nashrning maqsadi O‘zbekistonda rus va o‘zbek tillarida nashrdan chiqqan kitob, broshyura, to‘plam va jurnal maqolalari, avtoreferatlar va retsenziyalar kabi matbuot asarlarini imkon boricha to‘lik hisobga olish. Nashr rubrikalari ichida «Tarix, tarixiy fanlar» bo‘limi mavjud. Bu bibliografiyani tuzishda O‘zbekiston hududida chiqqan rus va o‘zbek tillaridagi jurnallar asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Ba’zi hollarda ishlar annotatsiya bilan ochilgan. Axborotning tezkorligi va to‘liqligi faqatgina u yoki bu sohada fanning rivojlanishigagina bog‘liq emas, balki bu yutuqlarning amaliyotga joriy etilayotganiga ham bog‘liq. Bularni to‘la yoritib borish birgina bibliografik nashrda amalga oshib qolmaydi. Buning uchun hujjatlar mazmunini turli yo‘nalishda, shaklda ochib berish lozim. Hozirda keng tarqalgan axborot beruvchi kundalik ilmiy-yordamchi qo‘llanmalarga: bibliografik axborot, referativ axborot, referativ jurnal, referativ to‘plam, ekspress-axborot, sharxli axborotlar kiradi. Bular oylik, chorakli, yarim yillik davomli nashrlar ko‘rinishida bo‘ladi. Bularga to‘htalib o‘tamiz.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin