1. Банк кунлик баланси моҳияти ва тузиш тартиби. Нақд пулсиз ҳисоб-китоблар моҳияти ва уларни ташкил етиш



Yüklə 27,26 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü27,26 Kb.
#131183
Davlatov J. bank hisobi 2


26– вариант
1. Банк кунлик баланси моҳияти ва тузиш тартиби.
2. Нақд пулсиз ҳисоб-китоблар моҳияти ва уларни ташкил етиш
асослари.
3. Қимматли қоғозлар ва уларнинг турлари.

Жавоблар
1. Tijorat banklarida har kuni qonun va me’yoriy hujjatlarda belgilangan 
tartibda bir qator operasiyalar bajaradilar. Banklar operasiyalarning bajarilishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilishi to‘g‘risida hisobot tuzilishlari va ular tegishli tashkilotlarga taqdim etishlari lozim. Tijorat banklari tomonidan 
tuziladigan eng asosiy hisobot kunlik balansidir 
Banklar kunlik bajarilgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan shaklda kunlik 
balans hisoboti tuzadi. Kunlik balans hisoboti Bosh bank tomonidan butun bank 
bo‘yicha yagona qilib tayyorlanadi. 
Bosh bankning Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti (boshqarmasi) 
tomonidan yagona balans hisobotini tuzish ustidan monitoring o‘rnatiladi. 
Yagona balans “Bank binosidan tashqarida joylashgan mas’ul ijrochi 
buxgalter” qoidasi asosida shakllantiriladi. Bunda ma’lumotlarni qayta ishlovchi 
Bosh server Bosh bankda, filiallarda esa yagona lokal hisoblash tarmog‘i-ga ulangan buxgalter, iqtisodchi, filial rahbariyati va boshqa xodimlarning ish-chi stansiyalari joylashgan bo‘ladi. 
Filiallarda barcha pul hisob-kitob hujjatlari (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov 
talabnomasi, inkassa topshiriqnomasi, akkreditivga ariza, memorial orderlar 
inkasso qilingan pul tushumlariga ilova ro‘yxati, e’lonnoma va pul cheklar
asosida amalga oshirilayotgan operasiyalar maxsus o‘rnatilgan belgilar sifati-da Bosh serverga avtomatik uzatiladi va shu zahoti Bosh serverda aks ettiriladi. 
Har ish kuni oxirida Bosh bankda kun davomida amalga oshirilgan 
operasiyalarning banklararo, filiallararo va ichki bank operasiyalariga bo‘lingan 
holdagi ro‘yxati tayyorlanadi. Bu operasiyalarning jamlanma summasi kun 
mobaynida amalga oshirilgan butun bank operasiyalari summasiga teng bo‘lishi lozim. 
Bosh bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish bosh markazidan END faylni olgandan so‘ng, kun yopish bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha operasiyalarni bajaradi va shu zahoti o‘zining filiallariga 
kun davomida amalga oshirilgan operasiyalar to‘g‘risida END faylga mos bo‘l-gan  nazorat faylini yuboradi. 
Bank filiallari o‘rnatilgan tartibda kunlik buxgalteriya hujjatlarini 
yig‘majildga tikishlari va ularni balans ma’lumotlari bilan solishtirishlari lozim. Har bir hsobot shakli filial rahbari va bosh buxgalteri tomonidan sinchiklab tekshiriladi. Bosh bank rahbarlari balans bo‘lmagan, hisobda tartibga solinmagan tafovutlar chiqqanda va bir kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanmagan hollarda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur barcha chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim. Bank filiallari rahbarlari va bosh buxgalterlari balans chiqmaganligi haqida belgilangan muddatda Bosh bankka xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi. Balansning to‘g‘ri tuzilganligi quyidagi tartibda tekshiriladi: 
- kunlik balansning aktiv va passivlarning qoldiqlar bo‘yicha yakunlari tengligi
(aktiv hisobvaraqlari qoldiqlarining majburiyatlar hisobvaraqlari qoldiqlari 
plyus kapital hisobvaraqlari qoldiqlariga tengligi); 
– “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlari qoldiqlari yakunining 
to‘g‘riligi, shu hisobvaraqlar bilan ularga tegishli kontr-hisobvraqlar 
qoldiqlarining o‘zaro tengligi; 
– aktiv hisobvaraqlarda kredit qoldiq (kontr-aktiv hisobvaraqlardan 
tashqari), passiv hisobvaraqlarda debet qoldiq (kontr-passiv hisobvaraqlardan 
tashqari) bo‘lmasligi; 
– Bosh bankda ochilgan 16100 va 22200 – hisobvaraqlari qoldiqlari hamda 
ular bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli mos hisobvaraqlarning qoldiqlari o‘zaro 
teng bo‘lishi; 
– asosiy vositalar, daromadlar va xarajatlar hamda bank kapitali hisobi faqat 
milliy valutada yuritilishini ta’minlash va balansning rezident va norezident 
ustunlarini shunga mos ravishda to‘ldirilganligi. 
Balanning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng kunlik buxgalteriya 
hisoboti sifatida bir nusxa balans chop etiladi. Bosh bankda butun bank bo‘yicha
filiallar esa o‘z filiallari bo‘yicha balans chiqaradilar. 
Bankning yagona kunlik balansi bank rahbari va Buxgalteriya hisobi va 
hisoboti departamenti direktori tomonidan imzolanishi lozim. 
Filiallar balansi filial boshqaruvchisi va uning bosh buxgalteri tomonidan, 
kassa operasiyalari bo‘yicha hisobotlarga ulardan tashqari kassa mudiri yo 
mas’ul kassa xodimi imzo chekadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning vakolatli departamentlari 
ABT dan o‘rnatilgan tartibda balans va boshqa tegishli ma’lumotlar olishi 
mumkin. 
Kunlik balansdan tashqari bankda boshqa hisobotlar ham tuzib boriladi, har 
bir hisobotning belgilangan shakllari, ularni topshirish muddati alohida 
belgilanadi. 
Hisobotlarning maqsadi, topshirish muddatlari va shakllari «O‘zbekiston 
Respublikasi banklarida statistika hisobotlarini tashkil etish qoidalari» sarlavhal 
221-yo‘riqnomada bayon etilgan. Bu hisobot shakllariga qo‘yidagilar ilova 
qilinadi:
« Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar » nomli 19909, 
“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun olinadigan mablag‘lar” nomli 29802 
hisobvaraqlar, “Tugallanmagan qurilish” nomli 16505-hisobvaraqlar bo‘yicha 
qoldiqlar qaydnomasi; aniqlanguncha o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha o‘tkazilgan summalar 
qaydnomasi, shuningdek, qaydnomaga «Kliring transaksiyalari degan 17301
23202, «Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar 17305, 23206 hisobvaraqlar 
bo‘yicha qoldiqa turgan har bir summa ham kiritiladi. Yuqorida aytilgan 
hisobvaraqlarda qoldiq, bo‘lmasa, bu haqda balans hisobotiga yozib qo‘yiladi. 
Har bir hisobot shakli va qaydnomalarini bank rahbari hamda bosh buxgalteri 
mufassal ko‘rib chiqishi va imzolinishi kerak. Kassa operasiyalari bo‘yicha 
hisobotlariga ulardan tashqari katta kassir yoki kassa mudiri ham imzo chekadi. 
Banklarda hududiy viloyat boshqarmalari, shuningdek, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi boshqarmasi tegishlicha o‘z banklariga hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga hisobot topshiradilar. 
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri - pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi. (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar). Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi.
Chakana savdo va aholiga pullik hizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy hizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi va va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan 10 foizini tashkil etadi.
Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi:
Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.
Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.
Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga asoslaniladi.
Bu tamoyillar kuyidagilardir:
Har bir xo’jalik sub’ekti o’z pul mablag’larini banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o’zaro hisob-kitoblarini bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o’zlari tanlaydilar.
Hisob-kitoblar to’lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig’iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag’i evaziga amalga oshiriladi. Korxona bank kreditidan foydalanish xuquqiga ega bo’lsa, to’lovlar bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
To’lovlar belgilangan to’lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin.
Tovar etkazib beruvchi korxona hisobvarag’iga pul mablag’lari mazkur mablag’larining mol sotib oluvchi korxona hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng o’tkazib beriladi.
To’lovni kafolatlash maqsadida, etkazib berilishi lozim bo’lgan tovar yoki ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to’langandan so’nggina tovarlar jo’natiladi yoki xizmatlar ko’rsatiladi.
Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
To’lov topshiriqnomalari;
To’lov talabnomalari;
Akkreditivlar;
Inkasso topshiriqnomalari;
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
Plastik kartochkalar bo’yicha hisob-kitoblar.
To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag’larni mol sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.
To’lov topshiriqnomasi bu to’lovchi korxonaning uning bankdagi depozit hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish xaqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir. To’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to’lovchi tomonidan rasmiylashtirilib bankka topshiriladi.
To’lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag’ oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar «aktsept» shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi.
3. Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.
Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasida maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi (qarang Fond bozori).
Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Oʻzbekistonda aksiyalar, Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — hozirda Moliya vazirligi tarkibidagi department, shuningdek, openinfo.uz — korporativ axborot yagona portali va maʼlumot oshkoraligini taʼminlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi[2].
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:
1) mulkiy huquq.
2) nomulkiy huquq.
Aksiyalarni roʻyxatga olish boʻyicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari boʻyicha jalb qiladi:
1. Ovoz berish.
2. Kapitalni oʻsishi.
3. Qoʻshimcha imtiyozlar.
4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi.
5. Mulkka egalik qilish huquqi
Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Baʼzi Obligatsiyalar konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish huquqiga ega boʻladi). Obligatsiyaning bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki past boʻladi.
Zayom Obligatsiya ilk bora 17-asr boshlarida Angliyada chiqarilgan boʻlib, keyinchalik jahonning bir qancha mamlakatlarida muomalaga kiritilgan. Ular, asosan, davlat hamda aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan chiqarilib, ssuda kapitali bozorida erkin muomalada boʻlgan.
Oʻzbekistonda 1996-yildan Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslarga moʻljallangan davlat qisqa muddatli Obligatsiyalari muomalaga chiqarila boshlandi. Obligatsiyani sotishdan kelib tushgan mablagʻlar davlat byudjeti taqchilligini qoplashga yoʻnaltiriladi.[1]
Oʻzbekistonda Obligatsiyalar asosan tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) tomonidan chiqariladi. Shuningdek, 2020-yilning fevral oyidagi qonunchilikdagi oʻzgarishlarga koʻra mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ham korporativ obligatsiyalar chiqarishi imkoni yaratilgan
Akkreditiv (lotincha: accredo — ishonaman)naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varagʻi;tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartno-maga koʻra amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) oʻziga tegishli toʻlovlarni A. topshirigʻida koʻzda tu-tilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi;nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan koʻrsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qogʻoz. Bundan tashqari A.lar turli shaharlarda joy-lashgan korxonalarning mulkiy muno-sabatlarida (joʻnatilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq toʻlash), xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qoʻllaniladi.
Veksel (nem. Wechsel — ayirboshlash) — koʻrsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni toʻlash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogʻoz. U universal toʻlov, kredit va hisob vositasi boʻlib, xalqaro savdoda toʻlov majburiyati; qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi; banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita; banklardan ssuda olish uchun garov (shuningdek tijorat banki markaziy bankdan ssuda olishda beradigan garov) tarzida keng qoʻllaniladi. V.ning asosan oddiy V. (qarzdor tomonidan muayyan summani belgilangan muddatda qaytarish haqida qarz beruvchi oldidagi majburiyat), oʻtkazma V. (qarz beruvchining qarzni V.ni taqdim etuvchiga yoki hujjatda koʻrsatilgan shaxsga toʻlash haqidagi buyrugʻi), xazina V. (oʻz harajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan chiqariladi), moliya V. (bir bank boshqa bankka qarz puli olish uchun beradi), tijorat V. (tovar egasiga garov tarzida beriladi) va b. turlari bor[1].
V. hisob vositasi va ayirboshlash hujjati sifatida Yevropa mamlakatlarda 17-asrda shakllandi. 19-asrning oxiridan boshlab Turkistondagi xususiy tijorat banklari savdo-sotiqda V. muomalasini keng yoʻlga qoʻygan. Sobiq Ittifoqda, shu jumladan Oʻzbekistonda V. yangi iqtisodiy siyosat davrida (davlat hamda kooperativ korxonalar oʻrtasidagi munosabatlarda) ham ishlatilgan. 1930—32 y.lardagi kredit islohotida bevosita maqsadli bank orqali kreditlashga oʻtilishi bilan mamlakat ichida V. muomalasi tugatilgan. Boshqa koʻpgina davlatlarda V. muomalalari 1930 y. Jenevada qabul qilin-gan "Veksel toʻgʻrisida"gi konvensiyaga muvofiq olib boriladi. Unda V.ning kuyidagi majburiy unsurlari boʻlishi qatiy belgilangan: V. belgisi — "Veksel" yozuvi; V.da koʻrsatilgan summani soʻzsiz toʻlash majburiyati; qarz toʻlovchi va birinchi V. egasining nomi; remitent nomi; toʻlov muddati va joyi; V. toʻldirilgan sana va manzil; V. beruvchining imzosi.
V. ni amal qilish muddatini choʻzish (V. prolongatsiyasi) qonunga muvofiq yoki trassant va trassatning oʻzaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
OʻzRning 1993 y. 2 sent.dagi "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida"gi qonuniga muvofiq 1994 y.dan boshlab Oʻzbekistonda V.lar muomalaga kiritildi. V.lar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qoʻllaniladi.
Chek (forstoj — pul xujjati) — 1) banqsagi hisobvaraq egasi (Ch. beruvchi)ning muayyan summadagi pulni biror shaxe (Ch.ni taqdim qiluvchi)ga toʻlash toʻgʻrisida bankka yoki kredit muassasasiga yoʻllagan yozma buyrugʻi, farmoyishi; pul hujjati, kdmmatli qogoz turi. Ch. yoziladigan qotoz (Ch. qogozi) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan blanka (ish qogozi) tarzida maxsus daftarcha holida chiqariladi. Ch. beruvchi oʻz hisobvaragʻidan oʻzi uchun pul olishda ham Ch.dan foydalanadi. Ch.lar nomi koʻrsatilgan (aniq bir shaxs nomiga yozilgan), order l i (biron bir shaxs foydasiga yozilgan) yoki taqdim etiladigan (takdim etuvchiga yozilgan) turlarga boʻlinadi. Banklar oʻrtasidagi oʻzaro hisobkitoblarda bank Ch.lari, sayohat va xizmat safarlarida har qanday bankda tezda naqd pulga almashtirish mumkin boʻlgan yoʻl Ch.lari ishlatiladi. Yoʻl Ch.lari nakd pul va kredit kartochkalari kabi toʻlaqonli toʻlov vositasi boʻlib, unda takdim etuvchining nomi koʻrsatiladi, Ch. beruvchining shaxeiy imzosi bilan tasdiklanadi va pul olishda shaxeini isbotlaydigan hujjat koʻrsatilishini talab etadi; 2) chakana savdoda kassaning xaridordan pulni qabul qilib olgani toʻgʻrisidagi pattasi. Toʻlov oʻtkazilgan va xaridni olish mumkinligini tasdikdaydi va toʻlov oʻtkazilgan doʻkon (magazin) doirasida amal qiladi.
Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin