Mavzu 1: Tibbiy radiologiyaga kirish. Tibbiy radiologiya



Yüklə 59,87 Kb.
səhifə12/15
tarix23.03.2023
ölçüsü59,87 Kb.
#89250
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mavzu 1 Tibbiy radiologiyaga kirish. Tibbiy radiologiya

RENTGEN-KONTRАST USULLАR

  • Ø Bronxografiya

  • Ø Gastroduodenoenterografiya

  • Ø Irrigografiya

  • Ø Ekskretornaya urografiya

  • Ø Xolangioxoletsistografiya

  • Ø Gisterosalьpingografiya

  • Ø Mielografiya

  • Ø Аrtrografiya

  • Ø Fistulografiya

  • Ø Аngiografiya

1.8. Rentgenogrammlarning tavsifi (talqini)
Rentgenogrammalarni tavsif qilish muayyan ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak. Bu rentgen belgilarini o'tkazib yuborish xavfini kamaytiradi va noto'g'ri ma'lumot olish imkonini beradi. Rentgen tasvirini izohlashning quyidagi bosqichlari ajratiladi (L.D. Lindenbratenga ko'ra):
1. Umumiy tekshirish.
2. Batafsil tavsif.
3. Oldingi rentgen yoki boshqa radiatsion tadqiqotlar ma'lumotlari bilan taqqoslash.
4. Klinik ma'lumotlar bilan taqqoslash va aniqlangan simptomlarning patomorfologik va patofiziologik xususiyatini aniqlash.
5. Xulosa.
Rentgen nurlarini qabul qiluvchilar
Keng qo'llaniladigan eng oddiy rentgen qabul qiluvchilar, turli xil ko’rish uchun flyuoresens ekranlar mavjud. Rentgenoskopiya va flyuorografiya uchun ERS-200 va ERS-300 tipidagi flyuoresens ekranlar qo'llaniladi.
Asosiy rentgen nurini qabul qiluvchisi rentgen plyonka hisoblanadi.
Rentgen nurini qabul qiluvchisi selen yarimo'tkazgich qatlami bilan qoplangan metall plastinka bo'lishi mumkin. Bitta plastinkada 1000 tagacha tasvir olish mumkin. Tekshirish usuli – elektrorentgenografiyadir. Rentgenoskopiya uchun zamonaviy apparatlarda rentgen-elektron-optik kuchaytirgich(REOK) va yopiq televizion tizim qo'llaniladi. U tekshirilayotgan ob'ektning rentgenogrammasini elektronga aylantiradi, signalni kuchaytiradi va yana nurga aylantiradi. Tasvirlar televizor ekranida olinadi.
Flyuorografiya  - flyuoressyensiyalangan ekrandan foto plyonkaga yoki flyuorografiya plyonkasiga kichkina surat olish usuli. Usulning ifodasi quyidagicha: flyuoressyensiyalangan ekrandagi nurlar bilan tasvirlangan a`zo maxsus fotoapparatlarda suratga olinadi, bunda plyonka avtomatik holatda suriladi. Flyuoressyensiyalangan ekranda rux sulfat va kadmiy tuzlari bo‘ladi, shuning uchun ular nurlanish ta`sirida sariq-yashil tusda yorug‘lanib, plyonkaga tasvirni yaxshi tushiradi. Fotoplyonka o‘lchami 70x70 mm yoki 100x100 mm. Flyuorografiya katta yoshli, uyushgan aholini zamonaviy tekshirishda va ko‘p bemor qabul qila oladigan davolash muassasalarida qo‘llaniladi. Flyuorografiyaning afzalligi shundaki, u qisqa vaqt ichida ko‘p kishini tekshiruvdan o‘tkazadi, iqtisodiy jihatdan arzon va foydali.

Yüklə 59,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin