Mavzu 1: Tibbiy radiologiyaga kirish. Tibbiy radiologiya


-rasm.  Nurli diagnostika va terapiyada qo'llaniladigan nurlarni turlari



Yüklə 59,87 Kb.
səhifə2/15
tarix23.03.2023
ölçüsü59,87 Kb.
#89250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzu 1 Tibbiy radiologiyaga kirish. Tibbiy radiologiya

1-rasm. 
Nurli diagnostika va terapiyada qo'llaniladigan nurlarni turlari: Ionlashtiruvchi: rentgen, a-zarralar, β-zarralar, γ-nurlanish, zaryadlangan zarralar Tezlashtirgichlarda: ELEKTRONLAR, POZITRONLAR, MEZONLAR, NEYTRONLAR.
Ionlashtirilmagan: ultratovush to'lqinlari, magnit maydonda inson vodorod protonlarining radio to'lqinlari
Tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan ionlashtiruvchi nurlarning manbalari:
ü rentgen trubkasi
ü radioaktiv nuklidlar
ü tezlashtirligan zaryadli zarrachachalar
Barcha nurlar (ionlashtirmaydigan, ionlashtiruvchi) tirik organizmlarda o'zgarishlarga olib kelishi mumkin, ya'ni ular biologik ta'sirga ega (biostruktura elementlari tomonidan nur energiyasini qabul qilish ), ionlashtiruvchi nurlar atrof-muhitga energiya berish, atrof-muhitning ionlashtirish, erkin radikallar hosil qilish, ionlar shakllanishi, bevosita ta'sir - oqsillar va hujayra tuzilmalarini yo'q qilish, bilvosita ta'sir - suv radiolizi.
Himoya vositalari:

  • Ø Ichki nurlanishdan-radioaktiv moddalarning nafas olish yo'llari va ovqat hazm qilish kanali orqali kirib borishini kamaytiradigan barcha choralar.

  • Ø Tashqi nurlanishdan - ekranlash, masofa, vaqt bilan himoya qilish.

  • Ø RFP bilan ishlashda binolarni yopish. Maxsus himoya materiallari.

  • Ø Shaxsiy himoya vositalari.

  • Ø Xodimlarning shaxsiy gigienasi.

Ionlovchi nurlar tabiati jihatdan ikki guruxga bo’linadi: korpuskulyar va kvant nurlar. Korpuskulyar nurlarga alfa, beta nurlari, sun’iy hosil qilingan tez elektronlar, pozitronlar, mezonlar, protonlar, deytronlar va neytronlar kiradi. Kvant nurlarga tormozlanish nurlari (rentgen nurlari, chiziqli va siklik tezlatkichlarda hosil qilingan yuqori energiyali kvant nurlari), va gamma nurlar kiradi.
Ionlantirmaydigan nurlarga issiqlik (infraqizil) nurlarni va rezonansli inson organlari magnit maydonida stabil turgan holatda, yuqori tebranuvchi elektromagnit impulslar ta’sirida hosil bo’ladiganlar kiradi. Bu nurlarga bundan tashqari ultratovush to’lqinlar, muhitda egiluvchan (elastik) tebranishlar kiradi.

Yüklə 59,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin