Mavzu : pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi



Yüklə 49,71 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü49,71 Kb.
#208704
1   2   3

Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi.

Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabiqobiliyatiarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchj kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.

Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bogiiq.

Mimika, Pantomimika. O`qtuvchining pedagogik texnikasining shakillantirish yo`llari.

Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi .

Birinchi guruh komponentlari : o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib , ta’lim-tarbiya jarayonida o'z o'zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo'ladi:
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi , (mimika , pantomimika);
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini ji- lovlay olishi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat , kuzatuvchanlik,xayol ) egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish , ovozni boshqarish , nutq tempi) bilishi va o‘z o'rida qo‘Ilay olishi.

Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:


•o'qituvchining didaktik , tashkilotchilik , konstruktiv , kommunikativ qobiliyatlari;
•ma’lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarining bajarilishini nazorat qilishi;
• ta ’lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bi- lan bog'liq bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
•o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.

o‘qituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika malakalarini shakllantirish muammolari, ayniqsa, psixolog olimlaming tadqiqot markazidan o‘rin olgan. Psixolog olimlar R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, M.Abdullajonova kabilar o‘qituvchilarning individual kasbiy faoliyatini batafsil o‘rganishib, o‘qituvchining shaxsiy “Mehnat professiograimnasi”ni ishlab chiqdilar. Olimlaming fikrlariga ko‘ra o‘qituvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan “o‘qituvchi-murabbiy professiogrammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari mujassamlashgan bo‘lishini ta’kidlaydilar.

1) o‘qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi, dilkashligi, mehnatsevarligi.

2) Kasbiga xos bilimlari: ta ’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, о 'quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta ’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, otaonalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.

3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mqfkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.

4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg'ulotlarida zarurmateriallami tanlay olishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta ’lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o'quvchilar ja moasini boshqara olishi.

5) Tashkilotchilik malakalari: o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham о'quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.

6) Kommunikativ malakalari: о ‘quvchilarni о 'ziga jalb etishni bilishi, o'quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogic muloqotlarni tashkil qilishi, о'quvchilarning jamoada о'zaro munosabatlarida bir xil muvozamtni tartibga solishi.

7) Gnostik malakalari: o'quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, o'z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz о 'qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan О`rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to'g ‘ri foydalana bilishi, о`quvchilar xulq-atvorini mukammal о ‘rganishi.

8) Ijodiy hislatlari: o'z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, о'quvchilarni tarbiyalashda о 'z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o'quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o'quvchilarga pedagogik ta ’siri natijalarini oldindan ко ‘ra olishga intilishi.

Psixolog olimlaming fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituvchilarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yordam beradi. Demak, o‘qituvchi professiogrammasi ham pedagogik texnikani egallashning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib, o'qituvchilarning o‘z kasbiy texnikasini mukammal egallab, rivojlantirib borishiga va o‘z kasbiy faoliyatidan qanoatlanishni his etishga olib keladi. Bulaming barchasi o'qituvchilarning tinimsiz pedagogik mehnati tufayli yuzaga keladi. Bir maromda olib boriladigan tizimli ijodiy mashg‘ulot tufayli aktyor yuksak cho‘qqilami egallaydi. 0 ‘zgalar obrazini mujassamlashtirishda u ma’lum bir qolipdan aslo chiqib keta olmaydi. Demak har qanday ijodkorlik, hatto pedagogik ijodkorlik ham ma’lum bir belgilangan qolipda shakllanishi kerak. U o'qituvchining ichki kechinmalari, tuyg'ulari va hissiy reaksiyalari asosida qurilishi aslo mumkin emas. Chunki, tarbiyalash san’atida o'qituvchining pedagogik texnikasi, ya’ni “bir qolipda”gi mehnat madaniyati borki, u boshqa biror kasbiy faoliyatga aslo o'xshamaydi. Shuning uchun, respublikamizda tarbiyaviy texnologiyalami muntazam bilishga intilish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirib borish o'qituvchining bir qolipdagimehnat madaniyatini shakllantirishga, pedagogik texnika malakalarini doimiy oshirib borishiga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, hali biror o'qituvchi oliy ta’lim muassasasini tugatib, yoki malaka oshirish kurslarida bilim olib birdaniga pedagogik texnika sirlarini mukammal biladigan tajribali o'qituvchi bo‘lib qolgani yo‘q. O'qituvchida pedagogik texnika talim muassasalarida faoliyat ko 'rsatish jarayonida, о ‘quvchilar bilan yakkama-yakka muloqot jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib boradi.





Yüklə 49,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin