Mavzu : maktab o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda o’yin (noan’anaviy) usullardan foydalanish annotatsiya



Yüklə 38,64 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü38,64 Kb.
#203340
  1   2   3   4
Texnologiya o\'qitish metodikasi fanidan 1-amaliy mashg\'ulot ishi


Mavzu : MAKTAB O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHDA O’YIN (NOAN’ANAVIY) USULLARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadi bayon etilgan. Shuningdek, maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda psixotreninglar, noan’anaviy usullardan namunalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: maktab, o‘quvchi, kasb-hunar, ta’lim metodlari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o‘z vatanining tarixi, bugungi va kelajagi uchun qayg‘uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra, murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi, uning munosib kasb-hunarni egallashi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib, yashashi va shu orqali jamiyatda o‘zligini namoyon etishi, ya’ni shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Keng ma’noda kasbiy shakllanish deganda insonning o‘z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki bu sohaga bo‘lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‘ra biron-bir kasb sohasida ta’lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha borishi va nihoyat yillar davomida etuk va malakali mutaxassis bo‘lib etishishi tushiniladi.
Haqiqatdan ham bu cheksiz murakkab, orqaga qaytarilmaydigan, muhim jarayon bo‘lib, undan inson manfaatlari yo‘lida unumli foydalanishni tashkil etish, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1761-sonli qarorida ham o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimiga ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, amaliy o‘yinlar, interfaol ta’lim uslubi va boshqalarni joriy qilish ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa o‘quvchilarni har tomonlama etuk ma’naviyatli, dunyoqarashi keng, komil insonlar qilib tarbiyalash bilan birga to‘g‘ri kasbga yo‘naltira olish uchun ham dasturil amal bo‘lmoqda.
Kerakli barcha sharoitlarga ega zamonaviy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning fanlarga, o‘z tanlagan kasbiy yo‘nalishlariga har tomonlama qiziqishini oshirishda mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi hamda ta’lim-tarbiyada yoshlarga o‘rnak bo‘la olishi, kasbning nazariy va amaliy jihatlarini bilishi zarur.
Bugungi yoshlar har tomonlama intellektual salohiyatga ega. Ular zamonaviy kompyuter texnologiyalarini, fanlar bo‘yicha barcha yangiliklarni tez o‘zlashtira oladilar, internet bilan muloqotda bo‘la oladilar. Qolaversa, yoshlarning biror kasbni o‘rganish jarayonida ana shunday fikrlay oladigan, yangiliklar yarata oladigan, dunyoqarashi keng bo‘lib etishishlari davr talabiga aylandi.
Umumta’lim maktablarida mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, avvalo, kasbning ahamiyati, maqsad vazifalarini aniq bilgan holda darslarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Masalan, amaliy san’at turlari bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
˗ tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni, go‘zallikni seza bilishga, ulardan bahra olishga va ularga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatish;
˗ madaniyatimiz va ma’naviyatimizni, boy milliy merosimizni qadrlash, asrabavaylash va ular bilan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish;
˗ mashhur usta-hunarmandlarning ijodiy uslublarini har jihatdan mukammal o‘rgatish;
˗ kasb-hunarga bo‘lgan qiziquvchanlik, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini oshirish.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda, ayniqsa, noan’anaviy usullardan foydalanish o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stiradi. Chunki yuqori darajadagi kasbiy madaniyat, mustaqil fikrlay oladigan, turli echimlarni mustaqil hal qiladigan, jahon standartlariga mos keladigan barkamol avlodni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning interfaol usullari katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish samarali natijalar beradi. Jumladan “Aqliy xujum”, “Bumerang”, “Tarozi”, “Yelpig’ich”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Venn diagrammasi” “Sinkven” kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Skarabey texnologiyasi interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi va har qanday muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va yerkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Ushbu texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu texnologiya o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi va reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash hamda fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga yega bo’ladi. “Tarozi” texnologiyasini munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o’rganishda qo’llash mumkin. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizasiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan bulib o’quvchini dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o’z dalillarini yozma va og’zaki shaklda ishonchli va lo’nda ifodalashni shakllantiradi, o’z nuqtai nazarini himoya qilish, muxoliflarni ishontirish va munozara madaniyatiga o’rgatadi. “Yelpig’ich” texnologiyasi murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar muammoli turidagi mavzularni o’rganishga qaratilgan bo’lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama yetiladi. Bu interaktiv texnoloiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklini ixcham bayon yetish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Bu texnologiya umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
O‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, kasbga mehr-muhabbat uyg‘otishda qo‘llaniladigan interfaol usullarni o‘quv jarayonida qo‘llashning tub maqsadi dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qaerda o‘tkazilmasin o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdan iborat. Umumta’lim tizimida interfaol usullarni qo‘llashda o‘qituvchilar uchun quyidagi talablarni tavsiya qilamiz:
- ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mohiyatini, taraqqiyot bosqichlarini bilish;
- ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv fani maqsadiga muvofiq tanlay olish va amaliyotga tadbiq etish;
- pedagogik tamoyillarga to‘laqonli amal qilish barobarida o‘z ustida tinmay izlanishlar olib borish;
- interfaol dars shakllarining an’anaviy darsdan ustunligini anglash va har ikkala dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lish;
- o‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdil anglay olish va induvidial mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo‘lish;
- darsda o‘quvchilarning ijodkorligi, dunyoqarashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi uchun shart-sharoit yaratish, fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida ularni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini amalda qo‘llash.
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayonida talabalarda o‘zlashtirish yuqori bo‘lish bilan birga, yo‘naltirilgan kasblariga mehr-muhabbat paydo bo‘lishi, mustahkam kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari va buning hayotdagi muhim ahamiyati haqida ham ongli tushunchani hosil qilishlari, tanlagan sohasiga qiziqishlari yanada oshishi tabiiydir.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari ta’lim-tarbiya bilan uzviy kechadigan, uning barcha qirralarini qamrab oladigan uzluksiz jarayondir.
Bunday hamkorlik o’sib kelayotgan yosh avlodga ongli kasb tanlash, o’z kasbiy istiqbolini belgilash hamda jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo’shish imkonini yaratadi.

Yüklə 38,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin