Abdulla qodiRİYNİng satiRİk va yumoriSTİk ruhdagi KİCHİk asarlari tahliLİ. Rayhonova Gulnoza Jurnalistika fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili yo‘nalishi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#103069
  1   2   3   4
ZDIF1202




«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
ABDULLA QODİRİYNİNG SATİRİK VA YUMORİSTİK RUHDAGİ 
KİCHİK ASARLARİ TAHLİLİ.
Rayhonova Gulnoza
Jurnalistika fakulteti 
Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili yo‘nalishi 
3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6023793 
Annotatsiya. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy asarlarining naqadar serqirra va rang-
barangligi, xususan, uning satirik va yumoristik ruhdagi kichik asarlari tahlili qilinadi.
Kalit so’zlar. Muxbir, isrof, ro’za, xatm, zakot. 
So‘z insonning eng kuchli quroli.
1
Insondagi hech bir narsa so‘zchalik kuchli ta `sir 
kuchiga ega emas. So‘z bo‘lganda ham har qanday so‘z emas, balki badiiy, adabiy til 
me`yorlariga amal qilgan so‘zdir. Uni mahorat bilan go‘zal tarzda yetkazib beruvchi ijodkor
esa u dunyodagi eng daxshatli texnik quroldan ham kattaroq kuchga ega bo‘ladi. Mana 
shunday qudratli qurolni ishlata olgan buyuk ijodkor, yozuvchilardan biri Abdulla Qodiriydir. 
Buyuk va zabardast ijodkorimiz bo‘lgan Abdulla Qodiriy XX asrning ko‘zga ko‘ringan, 
asarlari qalbimizdan joy olishga ulgurgan, fidoyi insondir. U butun umr halol, rostgo‘y va 
haqiqatparvar inson bo‘ldi, hattoki uning har bir asarining bosh qahramonlarini shunday 
bo‘lishiga da`vat etgan. Misol uchun uning birgina suddagi nutqiga ahamiyat beradigan 
bo‘lsak, unda shunday jumlalar bor: ”Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa “ih” deydigan yigit 
emasman… Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmog‘on sodda, go‘l, vijdonlik 
yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma`naviy 
o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi, jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir”.
2
Haqiqatdan ham, Abdulla Qodiriy haqiqatgo‘y, rost so‘zni so‘zlaydigan va shu yo‘ldan hech 
qachon qaytmay kurashgan buyuk so‘z san`atkoridir. U o‘z asarlarida ham hamisha shu 
haqiqato‘ylikni targ‘ib qildi.
“Abdulla Qodiriyning prozasi va publisistikasi bugun ham o‘zbek yozuvchilari uchun foydali 
saboqlarga to‘la. Masalan, o‘z ijodida, ayniqsa, satirasida Abdulla Qodiriyning o‘zbek 
folklorlarida eng ko‘p tarqalgan qudratli vositalaridan juda keng va muvaffaqiyatli foydalana 
olgan. Abdulla Qodiriyning ko‘p foydalangan bunday vositalaridan biri—pichingdir”.
3
Ya`ni 
asarlarida piching va shunga o‘xshash kinoya va tashbehlarni o‘z me`yorida qo‘llay olgan 
ayniqsa satirik va yumoristik asarlarida.
Yozuvchi “Turkistonning—ichi sonida “muxbirlarimizdan” bittasi bir narsani yozubdirki, 
o‘qib ko‘rib, naq muxbirning og‘zini yorib yuborgim keldi”—deb gap boshlaydi o‘zining 
“Og‘zingga qarab gapir” nomli xangomasida. Bu asar satirik ruhdagi asarning yorqin 
namunasi. Undagi voqealar yashirin emas, balki ochiq-oydin holatda kulgi ostiga olingan. Shu 
o‘rinda satira haqida aytib o‘tilishi o‘rinlidir. 
Satira lotincha so‘z bo‘lib, “qurama, har xil narsa” degan ma`noni ifodalaydi. Satira—
komiklikning bitta turi bo‘lib, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglashdir. 
Voqelikni badiiy aks ettirishning o‘ziga xos badiiy ko‘rinishi bo‘lib, unda jamiyatdagi bema`ni, 
asossiz, noto‘g‘ri hodisalar, illatlar fosh etiladi. Voqealarning real ko‘rinishini o‘zgartirib, 
1
Yunon olimi Aristotel. 
2
1926-yil iyundagi suddagi nutqidan. 
3
. Izzat Sulton. SSSR fanlar akademiyasining muhbir a’zosi. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin