Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


-ilova 100-tajriba.Oqsillarga hos ksantoprotein reaktsiya



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə171/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

2-ilova
100-tajriba.Oqsillarga hos ksantoprotein reaktsiya.
Reaktiv va materiallar: oqsil eritmasi, konts.nitrat eritmasi, konts.ammoniy gidroksid yoki 30% li ishqor eritmasi , probirkalar, spirt lampasi, pipetka.
Probirkaga 1 ml oqsil eritmasidan olib, unga oq cho’kma yoki loyqa xosil bo’lguncha 5-6 tomchi konts.nitrat kislota qo’shing. Aralashmani extiyotlik bilan qizdiring. Natijada eritma va cho’kma och-sariq rangga bo’yaladi. Bunda qariyb cho’kmaning xammasi erib ketadi. Aralashmani sovuting va kislotali suyuqlikka extiyotlik bilan, suyuqlikni chayqatmasdan turib, ishqoriy muxit xosil bo’lguncha mo’l konts.ammoniy gidroksid yoki o’yuvchi ishqordan tomchilatib qo’shing. Daslab xosil bo’lgan kislotali albuminat eriydi xamda suyuqlik to’q sariq rangli bo’lib qoladi. Sariq rangning to’q-sariq rangga aylanishi- bu oqsillar tarkibidagi aromatik aminokislotalar nitrobirikmalarining ishqoriy tuzlari srukturasining o’zgarishidandir. Jelatina tarkibida aromatik aminokislotalar bo’lmagani sababli u bunday reaktsiyaga kirishmaydi.


101-tajriba.Oqsillarning biuret reaktsiyasi.
Reaktiv va materiallar: oqsil eritmasi, 10% li o’yuvchi natriy eritmasi, mis kuporosining suyultirilgan eritmasi; probirkalar, pipetkalar.
Probirkalar 1-2 ml oqsil eritmasi quying va unga shuncha xajm ishqor va mis kuporosining suyultirilgan eritmasidan qo’shing. Aralashma qizil-binafsha rangli bo’lib qoladi.





2-ilova
102-tajriba. Adamkevich reaktsiyasi.
Reaktiv va materiallar: suyultirilmagan oqsil eritmasi, konts.sirka kislota, konts. Sulfat kislota, glioksil kislota; probirkalar, pipetkalar, sprit lampa.
Probirkaga 3-4 tomchi suyultirilmagan oqsil tomizib, unga 2 ml konts. Sirka kislota va biroz glioksil kislota qo’shing xamda xosil bo’lgan cho’kma eriguncha bir oz qizdiring. Probirkadagi aralashmani sovuting, shundan so’ng juda extiyotlik bilan,probirka devori bo’ylab 1 ml konts. Sulfat kislota quying, bunda ikkala suyuqlik aralashib ketmasligi kerak. Aralashmada bir necha minutdan keyin xar ikkala chuyuqlik chegarasida qizil-binafsha xalqa xosil bo’ladi.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin