15 asrda Frantsiyada millat shakllandi. Shu yillarda Renesans san’atining
asoslari paydo bo’ldi, ya’ni ilk Renesans davri boshlandi. 15 asr o’rtalarida
Frantsiya erlari yagona davlat bo’lib birlashdi. Bu yagona davlat milliy san’at va
madaniyatning shakllanishida muhim o’rinni egalladi. Fan va madaniyat gurkirab
rivojlandi. Fransiyaning italiya bilan yaqin aloqada bolishi bu yerda
Renessansning kirib kelishini tezlashtirdi. Bu xol me’morchilikda Renesans
me’morlik uslubining kirib kelishida, arkalar, yuzaning yaxlit bo’lishiga e’tibor
berishda ko’rindi. Lekin gotika san’atining ta’siri hamon sezilarli edi.
15 asrda o’zining eng gullagan davrini boshidan kechirgan miniatyura
san’atida davr kishilarining muhitga bo’lgan munosabatlari, bilimga bo’lgan
intilishlario’z ifodasini topdi.
Aka-uka Limburglar miniatyuralarida realizmga intilish, hayotiy lavxa va
detallar, real hayotning tasvirini ishlashga harakat qilish yaqqol seziladi. Bu
miniatyuralarda
fazoviylik
etishmaydi,
kompozitsiya
yarusli
(ustma-ust
joylashtirish) echimga ega, rassomning kompozitsiyada hamma komponentlarga
deyarli bir xilda qarashi esa fikrni yaqqol ifodalashga halaqit bergan. Lekin shunga
qaramay, realistik tendentsiyaning kuchayib borayotganligini ko’rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: