Me’morchilik va amaliy san’atda yangi tendentsiyalar rivojlandi. Shu bilan
birga qadimgi an’analar o’zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda
yangi konstruktsiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko’p qavatli
va shinam binolar qad ko’tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlarini
bezash, ular ichidagi fazoni tashkil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu
qilingan ishlar keyingi Evropa san’atida ko’proq ahamiyatga ega bo’ldi. Uyg’onish
davrining o’ziga xos tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya rangtasvirida
o’zini namoyon qildi. Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan devoriy suratlarda
realistik mazmunni ilgari sura boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar,
muhabbat, olijanoblikni, razillik, xudbinlikka qarshi qo’ya boshladilar, voqelikning
real tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning asarlarida uyg’onish davri
realizmining o’ziga xos tomoni hayotiy muammolarni ko’pincha diniy niqob
ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz. Uyg’onish davri
san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va ozodlik
uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo’lib qoldi. Insonni o’z asarlarida shunday
kuylagan san’atkorlardan biri, ilk uyg’onish davrining yirik vakili Donatello bo’ldi.
Uning “David” deb nomlangan haykali uyg’onish davrida birinchi marta libossiz
holda tasvirlangan haykal bo’ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka
manzur bo’lgan insonni ulug’lash yo’lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni
kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug’lash uyg’onish davrida portret
san’atining qaytadan tug’ilishiga olib keldi. Portret san’atida ifodalanadigan
insondagi nozik his-tuyg’ular o’zining butun borlig’i bilan uyg’onish davrining
buyuk san’atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian,
Djordjone ijodida o’z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug’landi. Bu o’rinda
Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael
Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini,
Titsiannnig inson jismoniy go’zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay
o’tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri kishilarining ideali o’zining to’liq
obrazli talqinini topdi. Uyg’onish davrida me’morlik va dekorativ amaliy san’at
borasida ham katta yutuqlarga erishildi. Shu davrning yirik me’morlari F.
Brunelleski, Leon Alberti ijodida o’z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Evropa
me’morligi san’atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me’morlik
san’atiga albatta katta hissa qo’shdilar.
Shu bilan birga Germaniyada ham bu davrlarda renessans davri san’atining
yirik vakillari yashab ijod qilishgan. Bular ichida Albrext Dyurer ijodi alohida
o’rin tutadi. U o’z ijodida nemis san’atida erishilgan yutuqlarga tayanib, unig yangi
realistik yo’lini boshlab berdi. U ajoyib grafik, gravyura ustasi, manzara, portret va
boshqa janrlarda ajoyib asarlar yaratdi. Germaniya san’atida Dyurer bilan bir
qatorda Lukas Kranax, Mattis Gryudvand, Gans Golbeyn kabi yirik rassomlar ijod
qildi. Gollandiya (Niderland) esa tasviriy san’atning yirik vakillari Rogir van der
Veyzen, Guyu van der Gus, Piter Breygel, Isronim Bosx Gollandiya san’atini
yanada yuqori pog’onaga ko’tardilar.
Dostları ilə paylaş: