MA’RUZA: O‘qitish vositalari o‘qitish texnologiyasining elementi.
Ta’lim vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.
Ta’lim vositalari: 1. Ta’lim berishning texnik vositalari (TTV);
2. Yardamchi ta’lim vositalari (YOTV);
3. O‘quv-uslubiy materiallar (O‘UM).
Ta’limning texnik vositalari (TTV) -o‘quv materialini ko‘rgazmali namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi.
Yоrdamchi ta’lim vositalari (YOTV) – grafiklar, chizmalar, namunalar va h.k. boshq.
O‘quv - uslubiy materiallar (O‘UM) - o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradilar.
Talabalarni o‘quv - bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog‘liq: 1)maqsadni belgilash; 2) asosiy bilim manbaiga; 3) ta’lim usuliga; 4) o‘quv materialining yangiligi va murakkabligiga; 5) talabalarni o‘quv imkoniyatlariga.
O'qituvchilar o'quvchilarga o'quv materialini bayon etishda didaktikaning eng muhim printsiplaridan biri - ko'rsatmalilik printsipdan foydalanadilar.
O'qitishning ko'rsatmaliligiga sabab insonning fikrlash xususiyatidir. Bu xususiyat asosan aniqdan abstraktga tomon rivojlanadi. Tushunchalar va obstrakt qonun-qoidalar aniq ko'zatishlar natijalariga asoslansa hamda ular bilan mustaxkamlansa, ancha oson va tez shakllanadi. Kishilarda tafakkurning rivojlanishi ularning yoshiga, xayot va ish tajribasiga va boshqalarga bog'liq. Ammo bizning tafakkurimiz rivojlanishning kaysi bosqichida bulmasin hamda biz qanchalik murakkab masalalarni o'rganmaylik, aniq faktlar va timsollardan ajralib kolmasligimiz kerak.
Ko'rsatmalilik printsipi o'qituvchining xilma xil o'quv qo'llanmalari va o'qitishning audiovizual (eshitish, ko'rish) texnika vositalaridan foydalanishda ularning pedagogika jixatidan ma'kul tarzda yasalishida aks etadi.
Ko'rsatma qo'llanmalar - o'quvchilarni o'rganiladigan ob'ektlar, hodisalar, jarayonlar to'g'risida yakkol tasavvurlar xosil qilish metodida o'qitish maqsadida ishlatiladigan vositalar.
Ob’ekt, hodisa va jarayonlarni ko'zatib o'rganish pedagogika nuktai nazaridan ideal hisoblanadi. Ammo o'rganilishi kerak bo'lganlarning ba'zilaridangina darsda foydalanish mumkin va ma'kul. Shu sababli, o'quv jarayonida tasviriy ko'rsatma qo'llanmalardan keng foydalaniladi. Ulardan quyidagi xollarda foydalaniladi:
o'rganiladigan ob'ektning asli juda katta yoki juda kichik bo'lganda;
o'rganiladigan ob'ekt yoki hodisalarning aslini bevosita ko'zatish mumkin bulmaganda;
tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilganda; murakkab ob'ektlarni oddiylashtirish yoki ishlash jarayonini ko'rsatish zarur bo'lganda.
O'qitishning texnika vositalari deganda, o'quvchilarning bilim, o'quv hamda malakalarni o' zlashtirishini osonlashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda o'qituvchining o'quvchilarga bilim, o'quv va malakalar berish, ularni mustaxkamlash hamda tekshirib ko'rish borasidagi mehnatni engillashtirish uchun foydalaniladigan mexpnikaviy kurilmalar jamlammasi tushuniladi.
O'qitishning texnika vositalari jumlasiga axborot berishda foydalaniladigan texnika (kinoproektor va diaproektorlar, epidiaskop, filmoskop, magnitofon hamda televizion kurilmalar va shu kabilar)gina emas, balki tegishli texnika bilan birga foydalaniladigan o'ziga xos axborot eltuvchilarning o'zi (kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, dasturlashtirilgan topshiriqlar tushirilgan teshik-teshik kartalar tuplami va shu kabilar) ham kiradi.
O'qitishning texnika vositalarining imkoniyatlari, metodlari va ishlatilishi usullari sinchiklab o'rganilgandagina o'quv jarayonida ulardan samarali foydalanish mumkin bo'ladi. Har bir o'qituvchi bu vositalardan foydalanishni bilishi, bu sohada tegishli bilim, o'quv va malakalarga ega bo'lishi kerak. Bilim yurtida o'qitishning texnika vositalaridan pedagogika jixatidan to'g'ri foydalanish uchun tegishli sharoit yaratilishi zarur.
Ba'zi chet el pedagoglari o'quv jarayonida o'qitishning texnika vositalaridan keng ko'lamda foydalanish o'qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muxandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o'qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o'qitish vazifasi esa texnika vositalariga yo'qlanadi. Ammo o'qitish jarayonida faqat bilim berilibgina qolmay, o'qituvchi shaxsining murakkab ta'siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o'quvchining dunyoqarashi, xulk - atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo'ladi. Bunga esa o'qituvchining ishtirokisiz erishib bo'lmaydi: uning axlokiy printsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intelektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz oqibat natijada o'qitish va tarbiyalashda muvaffaqiyat qozonish mumkin bo'lmaydi.
Darslarda yangi materialni bayon etishda o'qituvchi guyo eshittirib fikrlaydi, bunda u o'quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga mantikan fikrlash, fan muammolarini xal qilishga ijodiy yondoshish o'quvlarini singdiradi. O'qituvchi o'quvchilar uchun bilimlar manbai va o'quv jarayonini rahbarigina emas, balki taqlid qilish uchun namuna hamdir. O'qituvchini o'qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o'quv jarayonida juda muhim narsani - o'quvchiga pedagog shaxsning ta'sirini chiqarib tashlaydi, bu esa o'quv jarayonini juda kambagallashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o'qitish mashinalarining ham imkoniyatlari cheklangan - ular faqat o'qituvchining o'quvchilarga ko'rsatadigan ta'sirini oshiradigan quroldir.