Bespalko fikricha yuqorida keltirilgan 12 ballik baholash shkalasiga ko‘ra 6 ballni etarli deb olish mumkin, eng yuqori ballga intilish kerak. U baholashning quyidagicha talqinini kiritgan. Unga ko‘ra
Bu erda - o‘zlashtirishning sifat ko‘rsatkichi [1.199].
Ushbu ko‘rsatkich bo‘lganda o‘quvchi fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
O‘quv faoliyatini baholashning yana bir talqini Benjamin Blum tomonidan yoritilgan. Uning fikricha o‘quv maqsadlari o‘z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo‘llash, tahlil qilish, sintezlash, baholash kabilarni oladi.[2.232]
Ta’lim-tarbiya jarayonida Blum taksonomiyasiga binoan o‘quv maqsadlarining aniqlanishi, talabalarning o‘quv maqsadlariga erishish darajasini nazorat qilish va baholashda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish, nazoratning haqqoniyligi, keng qamrovliligini ta’minlaydi.
Blum va uning shogirdi R.N. Gagne tomonidan bilimlarning tasnifi ishlab chiqilgan. Mazkur tasnifga ijodiy yondoshilgan holda bilim turlarining mazmun-mohiyati va ularni aniqlashda foydalaniladigan test topshiriqlarining qiyinlik darajalari belgilandi:
Produktiv
O‘quv jarayonida samarali natijalarga erishish va o‘quvchilar bilimini adolatli, shaffof baholash jarayonida yuqorida keltirilgan tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Informatika o‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog‘liq. SHuning uchun «Informatika o‘qitish metodikasi» fani birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. o‘zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, «Informatika o‘qitish metodikasi» fani fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul kilingan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan informatikaning fan sifatida o‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‘rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika» fanini o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: