Ma’ruza №1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Irsiy kasalliklar va ularning turlari reja


Tana vaznining yoshga qarab o‘zgarishi



Yüklə 120,01 Kb.
səhifə8/12
tarix03.12.2023
ölçüsü120,01 Kb.
#172000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu 1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.

Tana vaznining yoshga qarab o‘zgarishi. Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o‘zgaradi. Yangi tug'ilgan qiz bolalarning o‘rtacha vazni 3 kg, o’g‘il bolalarniki esa 3,4 kg bo‘ladi. Bolaning vazni tug'ilganidan keyingi birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug‘ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9—10 kg ga yetadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5—3,5 kg qo‘shiladi. 4, 5, 6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5-2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda o‘zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4—5 kg dan 14—15 yoshda har yili 5—8 kg ga ortadi. 0 ‘g‘il bolalarda esa 13—14 yoshda vazni 7—8 kg ga ortadi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi. Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida, yuqorida aytib o‘tilganidek, turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og‘rigani muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o'sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalar yoz faslida tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullansa u sog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uygun rivojlanadi.
O‘sish va rivojlanish geteroxroniyasi (notekisligi)
Yosh organizm o‘sib va rivojlanib boradi. Endi tug‘ilgan chaqaloq vazni o‘rta hisobda 3,5 kg ni tashkil etadi. Bir yoshga borib uning vazni 10 kg atrofida bo‘ladi, ya'ni vazn taxminan 3 barobar ko‘payadi. Bir yoshgacha bolalar tez o‘sadi, ikkinchi yili o‘sish sur'ati kamayadi, ammo unda sifat o‘zgarishlari paydo bo‘la boshlaydi-u yurishga harakat qiladi, so‘z boyligini orttirib boradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘sish na rivojlanish bir tekisda bormaydi.
Homila tug‘ilishi arafasida yurak-qon tomirlari, ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish tizimlarining tuzilishi va funktsional jihatdan shakllanishi yetilgan bo‘ladi. Qolgap tizimlar (termoregulyatsiya, jinsiy tizim va boshqalar) esa tug‘ilgandan so‘ng ketma-ket yetilib boradi. Bolalarda 4 yoshdan 7 yoshgacha o‘sish jarayoni kuchayib, rivojlanish jarayoni susayadi. 6-7 yoshda ba'zi bolalarda o‘sish sezilarli darajada kuchayadi va bu bolalarni teshdoshlaridan bo‘yi baland bo‘ladi. Bunday holatga, ya'ni a'zolar tizimining bir xil me'yorda rivojlanmasligiga o‘sish va rivojlanishning geteroxroniyasi deyiladi. Ontogenez davomida organizmdagi a'zo va tizimlar asta-sekin shakllanadi va ularning to‘liq shakllanishi hayotning har xil davrlariga to‘g‘ri keladi. Bunday geteroxronik holidagi shakllanish organizmni turli sharoitlarga moslanishiga yordam beradi.

Yüklə 120,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin