’
LLASH XUSUSIYATLARI
.
Xozirda
kompyuterlarni
qo’llashda
ko’pgina
foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi
tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun
dunyo kompyuter tarmogi hisoblanmish Internet misolida yaqqol
ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan
kompyuterlar majmuiga
kompyuterlar tarmog’i
deyiladi. Bu
tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va
apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa
bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
T
ARMOQLAR TASNIFI
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan
xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra
global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar
butun dunyo bo’yicha tarmoqdan
foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15
ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini
birlashtiruvchi aloqa tarmog’i xisoblanadi.
Mintakaviy tarmoqlar
uncha katta bo’lmagan mamlakat
shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa
kanallari sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi.
Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
Lokal tarmoqlari
bir korxona, muassasaning bir yoki bir
qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar
juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida
aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo’lishi
mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka
ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi.
|