Marketing-zamonaviy tadbirkorlikni bosh omili sifatida



Yüklə 18,86 Kb.
səhifə1/2
tarix14.06.2023
ölçüsü18,86 Kb.
#130267
  1   2
Marketing-zamonaviy tadbirkorlikni bosh omili sifatida


Marketing-zamonaviy tadbirkorlikni bosh omili sifatida

Marketing murakkab ko`p qirrali tushunchadir .Marketing ko`rxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir.Markating –mijozni kerakli tovar va xizmatlar bilan ta`minlashda kata ahamiyatga ega.Marketing bugungi kunda bozorga yo`naltirilgan tadbirkorlik faoliyati va fikrlash uslubi bo`lib,o`zining ijodiy yo`nalganligi va agressiv xarakteri bilan farqlanadi.


Zamonaviy Marketing bozor sharoitida murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo`lib,unda 4 muhim omil muntazam o`zgarib turadi.Ular quyidagilar:

  1. Marketing-tadbirkorlik faoliyatining o`zaro ta`sir va muvofiqlshtirish falsafasi sifatida

  2. Marketing-boshqarish konsepsiyasi sifatida

  3. Marketing-raqobat sharoitda afzallikni ta`minlovchi vosita sifatida.

  4. Marketing-qaror qabul qilish usuli sifatida

Marketing ajralmas qismiga birgina misol qilib velosiped ishlab chiqarishni misol qilsak bo`ladi.Barcha velosipedlar bir xil ya`ni manzilga olib boorish uchun xizmat qiladi.Lekin haydovchi turli xil model va dizayndagi velosipedlardan xohlaganini tanlashi mumkin.Shuning uchun velosiped ishlab chiqaruvchi korxona ishlab chqarishda quyidagi ishlarni amalga oshirishi kerak:
1.Iste`molchilar ehtiyojini tahlil qilish
2.Velosiped turini bashorat qilish
3.Yaqin orada qancha odam velosiped haydashini baholash
4.Odamlar qachon velosiped sotib olishini bashorat qilish
5.Velosiped haydovchisi qayerda ko`p bo`lishi va ularni toppish
6.Velosiped sotib olish uchun odamlar qancga pul sarf qilishini tahmin qilish
7.Korxona velosipedlarni mijozlarga tanishtirish uchun qanaqa aksiyalar o`tkazishi .
8.Yana nechta raqobatchi korxona bor,ular qancha ishlab chiqaradi ,turi va narxi qanday?
9.Agar mijozlar velosipedni sotib olgach muammoga duch kelsa ularga qanday xizmat ko`rsatish.
Shunday qilib Marketing zamonaviy bozor iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega.

1. Makromuhit.


2. Maqsadli bozorni tanlash.
Tashqi marketing muhiti mikromuhit va makromuhitdan tashkil topadi.
Makromuhit (ingl. Macroenvironment) — umumiyligicha mikro- muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tashqi omillar (demografik omillar, madaniy muhit omillari, siyosiy omillar, ilmiy-texnik omillar, tabiiy omillar, iqtisodiy omillar). Marketing tizimi ma’lum muhitda ishlagani uchun unga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. Demografik omillar.

  2. Iqtisodiy omillar.

  3. Tabiiy omillar.

  4. Ilmiy-texnik omillar.

  5. Siyosiy omillar.

  6. Ma’naviy muhit omillari.

Sanab o‘tilgan tashqi omillar firma natijaviy ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi tug‘ilish, yosh strukturalari malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va qanday tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning nisbatan pasayishi aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli aholi uchun esa mos tovarlarga ehtiyoj ortadi.
Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar uchun zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshini, oilada bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini bilish muhim. Oilaning har bir guruhi uchun turli tovarlar va xizmatlar talab qilinadi. Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari va filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning ma’lumotlilik darajasining o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va intellectual mehnat mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy omillarning ham o‘ziga yarasha ahamiyati yuqori. Firmaning potensial xaridori qanchaligini, ular qancha Tovar sotib olishlarini ham bilish - aniqlay olishi muhim. Aholining to‘lovga qodirlik talablariga ko‘plab omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi, ish haqi miqdori, inqiroz va ishsizlik kabilar ham ta’sir etadi. Shuningdek, daromadlarning aholining turli xil guruhlari orasida taqsimlanish strukturasini bilish ham muhim. Bunday taqsimlanishning bir tekisda bo‘lmasligi - obyektiv holat. Shuning uchun firma xizmat ko‘rsatish uchun bozorning ma’lum bir segmentini tanlashda o‘z xaridorlarining moddiy ahvolidan kelib chiqishi kerak.
Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish global masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi bois juda katta muammolar kelib chiqadi, shuning uchun ular ilmiy- tadqiqot va qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratadilar. Binobarin, marketing xizmati firma faoliyati uchun zarur resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar tadqiqotlari bilan shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan foydalanish tobora davlat nazorati ostiga o‘tmoqda va firmalar o‘z faoliyatlarida bu omilni hisobga olishlari zarur.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Har qanday yangilik eskirgan namunalarini siqib chiqarishi bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar va ishlab chiqarishlar jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining ishlanmalari yo‘nalishlarini aniqlash va muqobillarini qidirib topish bo‘yicha barcha kuchlarni ishga solishi kerak. ITTKI sharoitida ayniqsa, turli xil malakalar va ratsionalizatorlik takliflarini joriy etishning ahamiyati ortadi.
Siyosiy omillarga avvalo, davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ (me’yoriy) hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya qilinishining nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning xarakteri va shuningdek, turli xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish firma uchun bozorni to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash, joriy qonunchilik doirasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga yordam beradi. Davlat tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish bir tomondan, qonunga bevosita amal qilinishini, ikkinchi tomondan tadbirkorlarga ularni ixtiyoriy bajarish maqsadga muvofiqligini anglab yetishlariga yordam berishdir.
Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar, an’analar, qonunlar). Marketing ikkilamchi madaniy qimmatlik (qadriyat) largagina ta’sir etishga qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga yo‘naltirishdan iborat.
Firmaning mikro muhiti bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatlariga bevosita munosabatda bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari faqat iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ular mikro muhitning hamma omillarini hisobga olishlari lozim. Firmaning makro muhiti uning mikromuhitining keng (hamma) elementlari (unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan ifodalanadi.
Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy kuchlardan shakllanadi.



  1. Aksariyat mol yetkazib beruvchilar.

  2. Firma.

  3. Marketing bo‘yicha vositachilar.

  4. Mijozlar.

  5. Raqobatchilar.

  6. Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar.

Mijozlar (xaridorlar) guruhlari bozorning 5 ta turi doirasida shakllanishi mumkin: iste’mol bozori, ishlab chiqaruvchilar bozori, vositachilik bozori, davlat muassasalari bozori va xalqaro bozor.
Bozorning har bir turida sotuvchi bilishi zarur bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar mavjud, shu bois firma o‘z mijozlarini sinchiklab o‘rganishi zarur.
Raqobatchilar -bir xil tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchi turdosh firmalar yoki individual tadbirkorlardir.
Aloqador auditoriyalar - bu firmaga qiziqish bildiruvchi va uning qo‘yilgan maqsadlariga erishish qobiliyatiga ta’sir etuvchi shaxslar yoki tashkilotlar guruhidir. Ular moliyaviy doiralar, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik bo‘lishi mumkin. Firma ularning e’tiborini har tomonlama jalb etishga harakat qilmog‘i lozim, chunki ular(banklar, aksionerlar) faoliyatga ijobiy ta’sir etishlari mumkin. Boshqalarga nisbatan firma ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularning diqqati qaratilgan obyektga aylanib qolmasligi kerak.
Firma va uning yetkazib beruvchilari, marketing vositalari, mijozlari va aloqador auditoriyalar yangi imkoniyatlar ochuvchi yoki fir­maga yangi xabarlar tahdid soluvchi ancha kengaytirilgan mikrosxema kuchlarning doirasida vazifalarni amalga oshiradi. Bu kuchlar o‘zlarida nazoratga bo‘ysunmaydigan omillarni aks ettiradi, firma uni ehtiyotlik bilan kuzatib borishi va e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur.

Yüklə 18,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin