Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilishning ahamiyati



Yüklə 88,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix24.12.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#191920
  1   2   3   4   5   6   7   8
ilm-fan 1819



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
78 
BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH VA BASHORAT 
QILISHNING AHAMIYATI 
 
Olimov Shohijahon Fozilxon oʼgʼli 
Namangan davlat universiteti 
Iqtisodiyot fakulteti 
Iqtisodiyot yoʼnalishi 3-bosqich talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8205337
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotiga o’tib borayotgan Yangi O’zbekistonda 
rejalashtirish va to’g’ri bashorat qilish ahamiyati o’rganilgan.
Kalit so’zlar: 
Bozor iqtisodiyoti, rejalashtirish, firma, korxona, resurslar. 
Kirish.
Bozor munosabatlariga o’tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo’nalishdagi mutaxassislarga, 
ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo’lgan talablarning o’zgarishiga olib 
keldi. Gap bu erda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo’lishida emas, balki 
iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini 
shakllantirish haqida ham boradi. 
Asosiy qism. 
Biz istaymizmi, yo’qmi, lekin olgan bilimlarimiz (oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, 
malaka oshirish tizimlarida) va amaliy faoliyatimiz bugungi kunda tubdan yangilashni talab 
qilishini tan olishga majburmiz. Bu birinchi navbatda texnika va texnologiyalarga emas, balki 
ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari, biznes va tadbirkorlik, ya’ni butun ishlab chiqarish 
munosabatlari majmuiga taalluqlidir. 
Ko’pchilik bundan noto’g’ri xulosa chiqaradi, ya’ni ularning fikricha, bozor munosabatlariga 
faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha mutaxassislarigina qayta 
o’rganishi va moslashishi zarur bo’ladi. Amalda esa mulkchilik shaklining o’zgarishi, bozor 
munosabatlari, raqobat, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligi ko’p jihatdan 
barcha boshqaruv tuzilmalari va xizmatlarining (texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy) 
yangi iqtisodiy talablar va xo’jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab qiladi. Shu sababli 
bozor munosabatlari sharoitlarida yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik bo’lishning 
o’zigina etarli emas bo’lib, bu haqda avvalgi bobda ham to’xtalib o’tilgan. 
G’arb mamlakatlaridagi ko’plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan mutaxassislarni 
ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga foyda keltirish uchun bozor 
kon’yunkturasida to’g’ri yo’nalishni tanlash, bozordagi o’z o’rnini to’g’ri va aniq belgilay olish, 
darhol olinadigan foydani emas, balki uzoq istiqboldagi rivojlanishni ko’ra bilish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu va shu kabi vazifalar zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi 
qismi bo’lgan rejalashtirish yotadi. U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishishning 
vosita va usullarini aniqlash jarayonidan iboratdir. Rejalashtirishning natijasi - reja, hatti 
harakatlarning motivlashtirilgan modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va qo’yilgan maqsadlarni 
bashorat qilish asosida yaratiladi. 
Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda butun mamlakat miqyosida 
iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko’ra bilishdir. Bashorat qilish shuningdek, 
iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari, usullari va muddatlarini 
tanlash yoki muhokama qilishni ham anglatadi. 



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin