Mantiqiy fikrlash


Necha? Uchdan biri yarimga teng son necha? J:1,5 *** Ekvator bo’ylab



Yüklə 55,04 Kb.
səhifə3/6
tarix22.09.2023
ölçüsü55,04 Kb.
#146924
1   2   3   4   5   6
Mantiqiy fikrlash

Necha?
Uchdan biri yarimga teng son necha?
J:1,5
***
Ekvator bo’ylab.
Agar yer yuzini ekvator bo’ylab piyoda aylanib chiqishimiz mumkin bo’lganda edi,boshimiz tovonimizga qaraganda ko’proq yo’l bosgan bo’lur edi. Aytingchi, bu farq sizningcha nimaga teng?
J:odamning bo’yini 175 sm deb,Yer radiusini R deb olsak: ni hosil qilamiz. Demak,farq yerning radiusiga umuman bog’liq bo’lmas va bor yo’g’i 11m ni tashkil qilar ekan.
***
Sherlok Xolms va unung jiyani.
Bir kuni Sherlok Xolmsning jiyani Jek mashhur tog’asiga quyidagi masalani yechishga yordam berishini so’radi:bir necha bir xil kitob va bir xil daftarlar sotib olindi. Kitoblar uchun 10 so’m 56 tiyin to’landi. Bitta kitobning bahosi bitta daftarnikidan 1 so’mdan ko’pga farq qiladi va kitobdan daftarga qaraganda 6 ta ko’p xarid qilingani ma’lum. Nechta kitob sotib olingan? Mashhur izquvar masalaning shartini o’qib, stoldan oyna oldiga bordi va qaytib kelib nechta kitob olinganini aytdi.
Ayting-chi,izquvar nechta kitob olinganini qanday qilib tezda ayta oldi?
J: “8 dona kitob sotib olingan” – dedi Sh. Xolms . “buni qanday aniqladingiz” – deb bir ovozda so’rashdi Jek va Hozir bo’lgan janob Vatson. “Bu juda oson-ku” - dedi Sh. Xolms. “Masalaning sharti – kitobdan daftarga qaraganda 6 ta ko’p xarid qilganidan men darhol payqadimki, kitobdan kamida 7 ta sotib olishgan. Boshqa shart – 1 ta kitobning bahosi bitta daftarnikidan 1 so’mdan ko’pga farq qilishidan va hammasi bo’lib kitob uchun 10 so’m 56 tiyin to’langanidan xulosa qildimki,kitobdan 10 tadan ko’p sotib olinmagan. Shunday qilib sotib olingan kitoblar soni 7 bilan 10 orasida. 7,8,9,10 sonlarni birma-bir tekshirib ko’rib,kitoblar soni faqat 8 ta bo’lishini aniqladim,chunki 10 so’m 56 tiyin 8 dan boshqa sonlarga qoldiqsiz bo’linmaydi.”
***
M inora
Minora silindr shaklida bo’lib,uning tepasiga aylanma yo’l olib chiqadi(1-rasm). Minoraning balandligi 120 m,asos aylanasining uzunligi 40m. minoraga olib chiquvchi yo’lak tik o’q atrofida roppa-rosa 4 marta aylanishi ma’lum bo’lsa, bu yo’lning uzunligini qanday toppish mumkin?
J: Minoraning silindr shaklida ekamligini hisobga olib,uning yon sirti yoyilmasiga qaraymiz(2-rasm). Yoyilmada aylanma yo’l bir-biriga teng 4 ta kesmaga aylanib qoladi. Chizmadan ko’rinib turibdiki, BC =120/4=30 m(asos aylanasining uzunligi). Demak, pifagor teoremasiga ko’ra ,AB= . Butun aylana uzunligi L=4 200 m
***

Yüklə 55,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin