Mantiqiy fikrlash



Yüklə 55,04 Kb.
səhifə2/6
tarix22.09.2023
ölçüsü55,04 Kb.
#146924
1   2   3   4   5   6
Mantiqiy fikrlash

Uch donishmand
Uch donishmand – Ali donish,Vali donish va Soli donish “Eng donishmand menman”-deb tortishib qolishdi. Ularning bu bahsiga to’rtinchi donishmand qo’shilib shunday dedi: “Ey aqlu- zakovat zakovat sohiblari! Quloq soling bahsinggizni men hal qilib beray” – deb donishmandlarga 3 ta oq va 2 ta qora qalpoqni ko’rsatdi-da, ulardan ko’zlarini yumib turishni iltimos qildi va 3 ta qalpoqni ularning boshlariga kiygizib,qolgan 2 tasini berkitib qo’ydi. Shundan so’ng donishmandlardan ko’zlarini ochib o’z boshlaridagi qalpoqning rangini aytib berishlarini so’radi. Donishmandlar bir-birining boshiga tikilib o’yga tolishdi. Oxiri Soli donnish: “Mening boshimdagi oq qalpoq”, - deb,qolgan donishmandlarni lol qoldirdi. Ayting-chi, Soli donnish qanday qilib to’g’ri javobni topa olgan?
Javobi: Soli donish ko’z o’ngidagi 2 oq qalpoqqa qarab turib quyidagicha fikr yuritgan : “Faraz qilaylik,mening boshimda qora qalpoq bo’lsin. U holda Ali donish 1 ta oq va1ta qora qalpoqqa qarab o’yga tolardi :mening boshimda qora qalpoq emas ,chunki unda Bali donnish 2 qora qalpoqni ko’rib boshidagi qalpoqning rangini oq ekanligini tezda topardi, ammo u jim. Demak meni boshimdagi qalpoq oq ”.
***
Oynani kim sindirdi?
Tanaffus paytida sifxona oynasini kimdir sindirib qo’ydi. Bu paytda ,sinfda Aziza,Axror,Umida va Oybeklar bor edi. O’qituvchi oynani kim sindirganini aniqlash uchun ularni so’roqqa tutdi. O’quvchilar quyidagisha javob berishdi:
Umida:1.Oynani men sindirganim yo’q.
2. Men kitob o’qib o’tirgan edim.
3. oynani kim sindirganligini Aziza biladi.
Ahror: 1.Men sindirganim yo’q.
2.Aziza bilan ancha vaqtdan beri gaplashmayman.
3.Oynani Oybek sidirdi.
Oybek: 1.Mening aybim yo’q.
2.Aziza sindirdi.
3.Ahror, oynani sen sindirgansan, - deb yolg’on gapiryapti.
Aziza: 1. Men sindirganim yo’q.
2.umida sindirdi.
3.Ahror men sindirmaganligimni biladi,chunki biz oyna singan paytda u bilan gaplashib turgandik.
Qayta-qayta so’roqlardan so’ng bolalar bergan javoblaridan biri yolg’on,qolgan ikkitasi rost ekanlagini tan olishdi. Oynani kim sindirgan?
J: oynani Umida sindirgan. Buni aniqlash uchun,hamma bo’lishi mumkin hollar qarab chiqiladi:
1)oynani Aziza sindirdi,
2) oynani Ahror sindirdi,
3) oynani Oybek sindirdi,
4) oynani Umida sindirdi.
Har bir hol uchun yuqoridagi gaplarning rost yoki yolg’onligi tekshirib chiqiladi. To’g’ri javob uchun har uchala gaplardan 2 tasi rost,bittasi yolg’on bo’lishi zarur. Agar shundaybo’lmasa,bu hol masalaning javobi bo’lmaydi.
***
Ko’p qavatli uy
Komil va Salim ko’p qavatli bitta uyda turishadi. Uydagi har bir yo’lakning har qavatida 4 tadan xonadon joylashgan. Komil uyning 5-qavatidagi 83- xonadonda,Salim esa 3- qavatdagi 169-raqamli xonadonda yashaydi. Bu uy necha qavatli?
J: bu uy 8 qavatli
***

Yüklə 55,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin