ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);
ma’lumoti (qayerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
ish faoliyatining turlari;
oxirgi ish joyi va lavozimi;
mukofot va rag‘batlantirishlar;
jamoat ishlarida ishtiroki;
oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
pasport ma’lumotlari;
turar joyi (uy adresi), telefoni.
Sana Imzo sana
Tavsifnoma
Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek uning o‘ziga xos xislati va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar bilan ketishda, lavozimga tayinlashda va b.) uchun beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnoma
matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin
1
2
3
Hujjat nomi Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar
Ismi, otasining ismi va familiyasi;
tug‘ilgan yili;
c)
millati;
partiyaviyligi;
ma’lumoti;
lavozimi;
ilmiy darajasi, unvoni;
Matn Imzolar Sana Muhr
Savollar:
1. Ma’lumot-axborot hujjatlari haqida ma’lumot bering.
2. Tarjimayi hol qanday yoziladi?
3. Bildirishnoma qanday hujjat hisoblanadi?
4. Tavsifnoma nima va u qanday tuziladi?
5. Tavsifnomaning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Tavsifnoma va tavsiyanoma tayyorlang.
O‘z tarjimayi holingizni yozing.
Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. O‘rtog‘ingizga bеriladigan tavsifnoma namunasini tayyorlang.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Аminov M. vа boshqаlаr. Ish yuritish. –T., 2000.
Rаsulov R. vа Mirаzizov А.O‘zbek tili (Oliy o‘quv yurti rus guruhi tаlаbаlаri uchun dаrslik). Darslik. T., Аloqаchi 2005.
Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. -T., 2013.
Adilova S., Narimova G., Quvandiqova I., Mirazizov A., Yunusova Sh. O‘zbek tili. (OTM rusiyzаbon guruhlаri uchun). -T., 2016.