2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 355,5 Kb.
səhifə1/19
tarix12.10.2023
ölçüsü355,5 Kb.
#154470
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

2-MAVZU. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING TURLARI VA SHAKLLARI




2.1. Tadbirkorlik turlari.


2.2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.


2.1. Tadbirkorlik turlari


Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo’nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.


Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo’linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin (3.1.1-rasm).









Tadbirkorlikfaoliyatiturlari






















Ishlabchiqarish




Tijorat




Moliyaviy




Konsaltinglar






















Innovatsion




Savdo




Bank




Umumiy boshqarish






















Ilmiy-texnik




Savdo-xarid




Sug’urta




Ma’muriy boshqaruv






















Tovarishlabchiqarish




Savdo-vositachilik




Auditorlik




Moliyaviyboshqarish






















Xizmatko’rsatish




Tovarbirjalari




Lizingli




Xodimlarniboshqarish






















Iste’moltovarlariishlabchiqarish










Fondbirjalari




Marketing






















Iste’molxizmatlariko’rsatish
















Ishlabichqarishniboshqarish






















Axborot
















Axborottexnologiyasi



3.1.1-rasm.


Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo’lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliya­viy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. SHuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko’rsatadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga qaraganda kamroq samara beradi. Bu ko’rsatkich 5-10%ni tashkil etadi.
Keyingi vaqtda O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati­ning konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbir­korlik turi ko’p yo’nalishlardan iborat bo’lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkor­lik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo’lib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligi­ning ustuvorligini tan olish kerak.
Innovatsion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligi­ga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug’ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. SHu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. Tovarga bo’lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potentsial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bi­lan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo’lajak xaridorlar o’rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. SHu ishlar amalga oshmasa, tad­birkor faqat og’zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. SHakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og’zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo’lib, kerak bo’lgan hollarda shartnoma, bitim shak­lida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og’zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki ijaraga olishdir.

Yüklə 355,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin