Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari


Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati



Yüklə 89,36 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü89,36 Kb.
#199715
1   2   3   4   5
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari

1.2. Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati
Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati.
Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o’rinbosar va o’rinbosarlarga ega bo’ladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o’rinbosari hamda o’rinbosarlari hokim tomonidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga kiritiladi.
Tuman, shahar hokimining o’rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga kiritiladi.
Tumanga bo’ysunuvchi shahar hokimining o’rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokimning o’rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo’qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o’rinbosar yoki hokimning topshirig’iga binoan uning o’rinbosarlaridan biri bajaradi.
Hokim, uning o’rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.10
Mahalliy miqyosda hokimiyatning vakillik organlari sifatida xalq deputatlari Kengashlari saqlab qolinib (ular avvalgi tuzumda ham mavjud edi), ularning tashkil bo’lishi, faoliyati demokratlashtirildi, tarkibi optimal darajaga keltirildi va ular haqiqiy davlat hokimiyati sifatida huquqiy mustahkamlanib qo’yilgan bo’lsa, ijro hoki-miyati yangitdan tashkil qilindi va yangi institut – hokim lavozimi o’rnatildi. Sobiq tuzum davridagi qonunlarda, umuman, ijro hokimiyati degan (shu jumladan, mahalliy ijroiya hokimiyati) ins-titut, tushuncha yo’q edi. U davrdagi qonunlarda faqat xalq deputatlari Sovetlari davlat hokimiyati organi hisoblanib, ijro organlarini Sovetning organi, deb mustahkamlangan va ijro organlarini ham kollegialchilik (ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishini beliglab qo’yilib, yakka boshchilik sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb hisoblangan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach ijro hokimiyatini tashkil qilish, uni faoliyatini kuchaytirish yo’lidan bordi. Toshkent shahrida ijro organining boshlig’i yakka boshchilik asosida faoliyat ko’rsatadigan hokim bo’lishi maqsadga muvofiq, degan fikr asosida, 1991-yil 29-dekabrda eksperiment tariqasida Toshkent shahar hokimi Toshkent xalqi tomonidan saylab qo’yildi. 1992-yil yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini 437 qayta tashkil etish to’g’risida”gi qonuniga binoan Respublikaning barcha ma’muriy tuzilmalarida ijro hokimiyatini boshlig’i sifatida hokim lavozimi tashkil qilinishi belgilandi va joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarmog’i sifatida e’tirof etildi. Bu g’oya keyinchalik O’zbekiston Konstitutsiyasida ham mustahkamlanib qo’yildi.
Hokim lavozimining o’rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakka boshchilik prinsipida amalga oshirilishini belgiladi. Yakka boshchilik prinsipi faqat mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas, ularning mas’uliyati kuchli bo’lishini nazarda tutadi. Shuning uchun hokimlarga o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat, huquqlar bilan birga kuchli mas’uliyatlar ham yuklangan.
Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi qonunning 1-moddasida belgilab qo’yilgan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan davlatchilik sohasidagi islohotlar ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish nazarda tutilmoqda va holatlar qonunlarda aks ettirilmoqda.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi11 Qonunining 7-moddasida “Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari” deb nomlanadi va unda Kengashlaridagi partiya guruhlariga hokim lavozimida ishlayotgan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to’g’risida Prezidentga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi berildi. Bunday tashabbus yetakchi guruhlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan taqdirda Prezident bu tashabbusni Kengash muhokamasiga tayinlaydi va muhokama natijasiga ko’ra qaror qabul qiladi.
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida Prezident davlat organlari faoliyati ustidan “O’zbekiston Respublikasida jamoat nazorati to’g’risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligi to’g’risida”gi qonunlar qabul qilish zarurligini ko’rsatib o’tdi.12
Hokimning mas’uliyati kuchli bo’lsa, ish yaxshi yo’lga qo’yiladi va natija yaxshi bo’ladi. Hokim institutining eng muhim xususiyati shundaki hokim faqat o’zi tomonidan qabul qilingan hujjatlarni to’g’riligi, harakati va faoliyatini qonuniyligi uchungina javobgar bo’lmay, Konstitutsiyaning 103-moddasiga asosan o’zi rahbarlik qilayotgan organlarning ham qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgar bo’ladi.
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib tayinlanishi mumkin emas. Hokimlarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.13
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi konstitutsiyaviy qonunda mantiqiy to’g’ri hal qilindi va bo’shliq to’ldirildi. qonunning 6-moddasida “Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi” deb nomlangan bo’lib, unga asosan: Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tegishli Kengash deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini olgan nomzod hokim lavozimiga tasdiqlangan hisoblanadi, Kengash qaroriga muvofiq Prezident nomzod bo’yicha farmon qabul qiladi, ya’ni saylangan nomzodni tasdiqlaydi.
Ovoz berish vaqtida nomzod Kengash deputatlarining tegishli ovozini ololmasa, Prezident lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo’shimcha maslahatlashuvlar o’tkazganidan so’ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Taqdim etilgan nomzod Kengashda uch marta rad etilsa, Prezident Kengashni tarqatib yuborish va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlash huquqiga ega. Tarqatib yuborilgan Kengashga uch oy ichida saylov o’tkaziladi.14
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo’ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Konstitutsiyada alohida hollarda, tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish tartibi ham belgilangan. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga binoan: “Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o’z sha’ni va qadr-qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”. Avvalgi bandda viloyat hokimlarini lavozimidan ozod qilish masalasini Kengashidan siyosiy partiyalarning partiya guruhlari ham ko’tarish huquqiga egaligi va shunday holat yuzaga kelganda, hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik.15


Yüklə 89,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin