Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari


II. Fuqarolarning O’zini-O’zi Boshqarish Organlari



Yüklə 89,36 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü89,36 Kb.
#199715
1   2   3   4   5
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari

II. Fuqarolarning O’zini-O’zi Boshqarish Organlari
2.1. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini tashkil etish

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy davlatchilik an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish-irodasini to’la aks ettira oluvchi o’zini o’zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.


Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi tushunchasi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi — fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.16
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular raisni saylaydi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o’ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
Davlat fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko’maklashadi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.17 Bunda xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o’rganildi va O’zbekiston sharoiti e’tiborga olindi. Natijada O’zbekistonning o’ziga xos o’zini o’zi boshqarish organlari vujudga keldi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari Konstitutsiyaning 127-moddasiga asosan fuqarolarning yig’inlari hisoblanadi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko’rinib turibdiki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
O’zbekiston o’zini o’zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut mahalliy o’zini o’zi boshqarish deb atalsa, O’zbekiston uni fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi deb atadi. Bu shunchaki nomni o’zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi holatdir. Mahalliy o’zini o’zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish so’zi o’zini o’zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida to’laroq ko’rsatadi. Sababi mahalliy boshqaruv faqat o’zini o’zi boshqaruv orqali emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruvda davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun O’zbekistonda o’zini o’zi boshqaruvning mahalliy o’zini o’zi boshqaruv emas, fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruvi deb nomlanishi masalaning asl mohiyatiga mos keladi va o’zini o’zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi ekanligini ko’rsatadi.
O’zini o’zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo’nalishi,jahon davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut hisoblanadi. O’zini o’zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan bo’lib, bu huquq fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi.
O’zini o’zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko’rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O’zini o’zi boshqarish tushunchasi bilan o’zini o’zi boshqarish organlari tushunchasi bir biridan farq qiladi. O’zini o’zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo’lsa, o’zini o’zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi. O’zini o’zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o’zini o’zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir.
Fuqarolar yig’ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig’inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig’ini organlari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolar yig’ini kengashi;

  • fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar;

  • fuqarolar yig’ini taftish komissiyasi;

  • tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo’lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).

Fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar, fuqarolar yig’ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga ko’rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig’inida (vakillar yig’ilishida) hozir bo’lganlarning yarmidan ko’prog’i uni yoqlab ovoz bergan bo’lsa, saylangan hisoblanadi.18
Aslida o’zini o’zi boshqarish ancha keng faoliyat bo’lib, bir necha harakatlarni o’z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o’zini o’zi boshqarish hisoblanadi.Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti, korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o’zini o’zi boshqarish orqali faoliyat olib boradi.
O’zini o’zi boshqaruv demokratiyaning bir ko’rinishi bo’lib, xalq hokimyatini ro’yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o’zini o’zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi.
O’zini o’zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o’zini o’zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko’rinadi.
Biror-bir yo’l bilan o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to’sqinlik qilish mumkin emas.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o’zini o’zi boshqaruv davlat organlaridan mustaqil deb ko’rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari tizimiga kirmaydi, deb belgilangan) ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan, Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv ma’muriyati boshlig’i o’lka, viloyat ma’muriyati boshlig’i, davlat organi tomonidan tayinlanishi belgilangan.
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarinianiq bir xil pog’onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning O’zbekistonning siyosiy tizimida o’zining munosib o’rnini topishiga, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo’ladi. Albatta, shahar va mahallalarda tuzilgan o’zini o’zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
O’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini ta’minlovchi, ularning ma’naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta’sir qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro’yobga chiqarishga hissa qo’shuvchi muhim tuzilmadir. Keyingi paytda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga katta umid bog’lanmoqda. Buni Prezidentimizning “Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz.Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o’zini o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”, degan so’zlaridan ham bilsa bo’ladi.
Fuqarolik jamiyatida fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, har bir kishi o’zini to’laqonli shaxs, jamiyatning to’la a’zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining roli kattadir.
O’zini o’zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda, O’zbekistonning eng katta yutug’i ushbu masalani hal qilishga milliy an’analar, qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo’lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish bo’ldi. Ya’ni, o’zini o’zi boshqarishda asosiy tayanch (makon) qilib mahallar belgilandi.
O’zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta’sirchan vosita boshqa mamlakatlarda yo’q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o’ringa ega bo’lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg’usining shakllanishiga, milliy g’ururning vujudga kelishiga, millatchilik illatlaridan holi bo’lishga katta ta’sir ko’rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to’laroq aniqlasa bo’ladi. Demak, ushbu xislat O’zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa, umume’tirof etilgan demokratiya yo’llariga mamlakatimizning qo’shgan hissasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, O’zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda.19



Yüklə 89,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin