M. P. Xamidova D. B. Yakubjanova


MATEMATIKA O‘QITISH MAXSUS METODIKASI



Yüklə 276,42 Kb.
səhifə2/11
tarix03.12.2023
ölçüsü276,42 Kb.
#171908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
41906 Mатематика 2018 (3)

MATEMATIKA O‘QITISH MAXSUS METODIKASI
(eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida)


1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Ushbu ishchi o‘quv fan dasturi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maxsus ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursining umumiy masalalari, ya’ni fanning predmeti, maqsad va vazifalari, o‘qitishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillari, ta’limni tashkil etish shakllari va ta’limni rejalashtirish, vosita va metodlari, shuningdek, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga matematikani o‘qitish jarayonida korrektsion-pedagogik ishlarni olib borish xususiyatlari hamda matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursining xususiy masalalari kabi masalalarini qamraydi.


Fanni o‘qitishdan maqsad: Matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursini o‘qitishdan maqsad- talabalarda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maxsus ta’lim muassasalarida matematika o‘qitishning umumiy va xususiy masalalari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: Matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursi Defektologiya fakulteti talabalarini kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarining boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni amalga oshirish uchun tayyorlashga mo‘ljallangan.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktablarida matematika fan sifatida o‘qishning barcha yillarida o‘rganilishi munosabati bilan mazkur kursni har bir defektolog o‘quv va o‘qishdan tashqari ishlarda uni olib borish uchun bilishi shart.
Talabalarni «Matematika o‘qitish maxsus metodikasi» bo‘limlari yuzasidan defektolog uchun zarur bo‘lgan nazariy va uslubiy bilimlar bilan qurollantirish.
Dastur ikki bo‘limdan iborat:
I bo‘lim. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktablarida matematika o‘qitish maxsus metodikasi
II bo‘lim. Matematika asoslari va yordamchi maktabida matematika o‘qitish maxsus metodikasi
I bo‘lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktablarida matematika fan sifatida o‘qishning barcha yillarida o‘rganilishi munosabati bilan mazkur kursni har bir defektolog o‘quv va o‘qishdan tashqari ishlarda uni olib borish uchun bilishi.
II bo‘lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Matematika asoslari va yordamchi mexnat ta’limi maktabda matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursining maqsadi – defektolog talabalarga matematika asoslarini o‘rgatish, qaysiki, bu bilimlar ularga matematika o‘qitish metodikasini ancha ongli o‘zlashtirishga ko‘maklashadi; yordamchi mexnat ta’limi maktab o‘quvchilarining matematik tasavvurlarini tarkib toptirish xususiyatlarini ochib berish, aqli zaif bolalarning matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatish va bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini topishga yordam berishdan iborat.


Fanning hajmi






Yüklə 276,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin