M a ʼ r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqori kuchlanish sinov usullari va baholash kriteriyalari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix08.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#127228
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
M A



M A ʼ R U Z A -1
 
KIRISH. IZOLYATSIYANING UMUMIY HOSSALARI. 
YUQORI 
KUCHLANISH 
SINOV 
USULLARI 
VA 
BAHOLASH 
KRITERIYALARI. 
OʻTUVCHAN TOKNI OʻLCHASH VA BAHOLASH KRITERIYALARI. 

REJA: 
 
1. Fan tarixi, rivoji va istiqboli. 
 
2.EIMni va texnologik qurilmalarni sinovdan oʻtkazish sohasidagi 
 
respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy 
muammolar, fan texnika va texnologiya yutuqlari. 
3.Sinovlarni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan jihozlarni tanlash, yuqori 
kuchlanish oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok orqali izolyatsiya sinovlariga 
kerak boʻlgan apparatura. Himoya va nazorat oʻlchov jihozlari. 
Izolyatsiyani umumiy xossalarini aniqlash uchun asboblar va sxemalar. 
4. Olingan natijalarni baholash usullari. 
5. Yukori kuchlanish sinov usullari va baholash kriteriyalari. 
6. Profilaktika va ish jarayonidagi sinovlarni xajmi. 
7.Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash, 
hozirgi zamon usullari. Oʻlchov natijalarini ifodalash va baho berish. 
 
8.Ish jarayonida razryadniklar va oʻta yuqori kuchlanishlarni 
cheklantiruvchi apparaturalarda uchraydigan nosozlik holatlarni asosiy 
sabablari. 
9. Sinov usullari va uning turlari.
10.Oʻlchov sxemalar, oʻtkazuvchan tokni oʻlchash va baholash 
kriteriyalari. 
 
 
1.Fan tarixi, rivoji va istiqboli. 
Respublikamizda eletroenergetika va elektr qurilmalarni ishlab chiqarishni 
rivojlanishi bugungi kunda elektroizolyatsion materiallarni keng koʻlamda 
qoʻllanilishiga bog’liqdir. 
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi elektroizolyatsiyaga quyiladigan 
talablarni oshishiga sabab boʻlmoqda. Bundan kelib chiqib elektroizolyatsion 
materiallarni va ulardan yasalgan uskunalarni sinovdan oʻtkazishga katta e’tibor 
qaratilishiga va asosiy maslalardan boʻlgan izolyatsion materialni xususiyatlari, 
texnik shartlar va standartlar talablariga javob berishini aniqlashga qaratilmog’i 
kerak. 
«Elektroizolyatsion materiallarni va texnologik qurilmalrni sinovdan 
oʻtkazish» kursining asosiy maqsadi-zamonaviy elektroizolyatsion materiallar 
turlari, ularning tarkibi va texnologik, termik, mexanik, elektrik va boshqa 
xususiyatlari bilan yaqindan tanishib, ulardan yasalgan asbob-uskunalarning 
ishlatish soxalarini bilishdan iborat. 


Sinovlar bir qator vazifalarni oʻz ichiga oladi: 
1. Namuna tanlash yoki ishlab chiqish va ularni sinovga tayyorlash 
(kondisiolash). 
2. Izolyatsion material yoki mahsulotning asosiy xususiyatlarini tavsiflovchi 
elektrik va noelektrik qiymatlarini oʻlchash. 
3. Quyidagilar ta’sirida izolatsion material xususiyatlarining oʻzgarishini 
tavsiflovchi qonuniyatlarni eksperimental tarzda oʻrnatish: 
a) elektr ta’sirlari (elektr maydonining kuchlanishi va turi, chastotasi va 
boshqalar); 
b) iqlim ta’sirlari (harorat, bosim, namlik, mogʻor bosishi va boshqalar); 
v) mexanik ta’sirlar (tezlanish, tebranish, choʻzilish va boshqalar); 
g) fizik -kimyoviy ta’sirlar (nurlanish, agressiv muhitlar va boshqalar); 
d) muayyan sharoitlarda xizmat muddati. 
4. Eng ogʻir sharoitda izolatsion material yoki mahsulot parametrlarida qoldiq 
oʻzgarishlarning mavjudligini aniqlash. Bu, ish rejimini oʻzgartirish 
ekspluatatsiyasidagi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni (oʻta past va oʻta yuqori 
haroratlar, funktsional 
sikllar
, mexanik yuklar yoki turli ta’sirlarning 
kombinatsiyasi) tahliil qilinadi. 
5. Tashqi va ichki nuqsonlarni aniqlash, kirlanishlarni, aralashma yoki begona 
qoʻshimchalarning mavjudligi, shuningdek, 
strukturaviy
oʻzgarishlar. Ba’zi 
hollarda, roʻyxatga olinganlardan tashqari, elektr izolyatsion materialini 
qoʻshimcha tadqiqoti oʻtkaziladi; bunday tadqiqotlar nimaga moʻljallanganligiga 
qarab materialning tarkibini tanlashda zarur boʻlishi mumkin va hokazo. 
Elektro izolyatsion materiallardagi elektr sinovlar tanlab olingan 
namunalarda oʻtkazilib, sinovlar minimal hatolik natijalarini ta’minlashi kerak. 
Elektro izolyatsion materiallarda oʻtkaziladigan noelektrik sinovlarda 
quyidagi masallarni yechimini topish maqsadi qoʻyiladi: 
Noelektrik sinovlar mexanik (chidamlilik, qattiqlik, egiluvchanlik, elastiklik), fizik 
(zichlik, yopishqoqlik) va kimyoviy (masalan, transformator moyining
achiganligi
) xususiyatlarini aniqlashga moʻljallangan; issiqlik xususiyatlari 
(issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiq va sovuqqa chidamliligi) va namlik ta’siriga 
bogʻliq xususiyatlar (gigroskopiklik, eruvchanlik, namlik oʻtkazuvchanligi) va 
boshqalar. 
Alohida guruhni materiallarning tuzilishini, makro va mikro defektlarini aniqlash 
uchun ishlatiladigan noelektrik sinov usullari tashkil qiladi. Bularga ultratovushli 
usullar, rentgen va gamma-luminenisent tahlillari, infraqizil spektroskopiya, 
elektron mikroskopiya, yadro magnitli rezonans, elektron paramagnit rezonans, 
neytronografik sinovlar tahlili va noelektr sinovlarda ishlatiladigan boshqa usullar 
kiradi. 
Noelektrik sinovlar materialning texnik shartlarda yoki ctandartlarda koʻsatilgan 
parametr va xarakteristikalarni mos kelishligini taminlashi kerak. Asbob va 
qurilmalar davriy davlat sinovlaridan oʻtkazilishi kerak. 
Elektr uskuna, jihoz va qurilmalarni ishga tushirishdan oldin, ekspluatatsiya 
qilish jarayonida yoki nosozlik (avariya) tufayli oʻchgan xollarda sinov ishlarini 
oʻtkazishda «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» qoidasi, hamda amaldagi 


raxbariy hujjatlar va elektr uskuna, jihoz, qurilmalarni ishlab chiqargan zavod 
yoʻriqnomalariga asoslaniladi. Istisno zavod yoʻriqnomalaridagi koʻrsatma va 
usullar qoida talablariga zid boʻlmasligi kerak. 
«Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» qoidasida uzoq yillardan beri elektr 
uskuna va jihozlarni ishga yaroqliligini aniqlashda olib boriladigan ananaviy 
(traditsion) sinov usullaridan tashqari avval koʻzda tutilmagan va keyingi yillarda 
keng tadbiq qilinayotgan amalda foydaliligi tasdiqlangan usullar qoʻlanilmoqda. 
Masalan bu usullar :
-moyli elektr uskunalardagi transformator moyi tarkibidagi 7(etti) xil erigan 
gazlar mikdorini xromatografik tahlil asosida aniqlash; 
-infro qizil nur diagnostikasi asosida elektr uskunani me’yorda 
belgilangandan yuqori qizigan joylarini aniqlash; 
-ishchi kuchlanish ostida ventili razryadniklarni tok oʻtkazuvchanligini 
oʻlchash; 
Bu usullarda sinov ishlari elektr uskunalarni oʻchirmasdan turib amalga 
oshiriladi va elektr uskunalarda paydo boʻlishi kutilayotgan nuqsonlarni 
boshlanish davrida aniqlanib, ular kuchayib nosozliklarga olib kelishini oldini 
olish imkoniyati yaratiladi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin