2 – mustaqil ish mavzu: «Yarimo’tkazgichli diodlar»



Yüklə 49,77 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü49,77 Kb.
#195272
  1   2   3   4
Abrorbek Abdulxamidov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Elektronika va radiotexnika kafedrasi
“Elektronika va sxemalar 1” fanidan
2 – MUSTAQIL ISH
Mavzu: «Yarimo’tkazgichli diodlar »
Bajardi: САЕ 010 guruh talabasi
Abdulxamidov Abrorbek
Тoshkent 2023


Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Yarimo’tkazgichli diodlar.
2.Diodlarning turlari.
III.Xulosa.

Kirish
Termionik (vakuum-naychali) diodlar va qattiq holatdagi (yarim o'tkazgichli) diodlar alohida-alohida, taxminan bir vaqtning o'zida, 1900-yillarning boshlarida, radio qabul qiluvchi detektorlar sifatida ishlab chiqilgan. nuqta-kontaktli yarimo'tkazgichli diodlar kamroq barqaror edi. Bundan tashqari, qabul qiluvchi to'plamlarning ko'pchiligida termion diodlarni osongina o'z ichiga oladigan kuchaytiruvchi vakuumli naychalar mavjud edi (masalan, 12SQ7 diodli triod) va vakuumli rektifikatorlar va gaz bilan to'ldirilgan rektifikatorlar ba'zi yuqori kuchlanishlarni boshqarishga qodir edi. Yuqori tokni to'g'rilash vazifalari o'sha paytda mavjud bo'lgan yarimo'tkazgichli diodlardan (masalan, selenli rektifikatorlar) yaxshiroq edi.

Asosiy qism.
Yarim o‘tkazgichli diodlar, ularning tuzilishi va ishlash prinsipi
Yarim o‘tkazgichli diodlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
p-n o‘tish hodisasi asosida ishlaydigan eng sodda yarim o‘tkazgichli asbob yarimo‘tkazgichli diod deb ataladi.

Yarimotkazgichli diodning turlari.

Uning shakli ko‘p faktorlarga bog‘liqdir. Masalan, tashqi temperaturaga, kontakt sohasining geometrik o‘lchamlariga, tok tashuvchilar miqdoriga teskari kuchlanish kattaligiga va hokazolarga bog’liq. Amaliy jihatdan bu faktorlarinning teskari tokka bo‘lgan ta‘siri katta ahamiyatga ega. Masalan muhit haroratining ko‘tarilishi yoki teskari kuchlanishi biror qiymatgacha oshirilishi teskari tokning birdan ko‘payib ketishiga, natijada p-n o‘tishning buzilishiga, sabab bo‘ladi. Shulardan issiqlik va elektr buzilishini pastagi rasmda ko‘raylik yarimo‘tkazgichli diodning sxemada belgilanishi va to‘lqin volt -amper xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Unda 1-chiziq issiqlik bo‘lishi, 2-chiziq esa, elektr buzilishini ko‘rsatadi.


Kontakt sohasining kengligiga qarab yarim o‘tkazgichli diodlar nuqtaviy va yassi diodlarga ajratiladi.


p-n o’tish hosil qiluvchi soxalarning birida asosiy tok tashuvchi zarrachalarning kontsentratsiyasi ko‘p bo’lib, u emitter deb ataladi.
Ikkinchisi esa baza deb ataladi. Xarakteristikaning to’g’ri p-n o‘tishiga to’g’ri kelgan qismidan diodning differentsial qarshiligi hisoblanadi. Volt – Amper xarakteristikasidan ko’rinib turibdiki yarim o‘tkazgichli diod ham nochiziqli elementlar qatoriga kiradi. Diodlardan signallarni to’g’irlash, detektorlash, modulyatsiyalash ishlarida foydalaniladi. To’g’rilagich diodlar past chastotali ( f <50 kGts ) o‘zgaruvchan toklarni to’g’irlashda ishlatiladi. Tayyorlanish texnalogiyasiga ko’ra diodlar yassi diodlarda p-n o’tishning yuzini belgilovchi o’lchamlar uning qalinligiga nisbatan katta bo‘ladi. To’g’rilagich diodlar sifatida asosan yassi diodlar ishlatiladi. To’g’ri yo’nalishda o’tuvchi to’g’irlangan tok kuchi 1600A gacha, teskari yo’nalishda 1000V gacha kuchlanishga mo’ljallangan diodlar ishlab chiqariladi. Bunday katta tokni o’tkazuvchi diodlar ish jarayonida qiziydi. Shu sababli diodlarga issiqlikni sochuvchi radiatorlar kiydirilib montaj qilinadi. Kremniyli to’g’irlagich diodlarning ishchi temperaturasi 125C gacha bo’lishi mumkin. Yuqori chastotali diodlar signallarni detektorlash, o‘zgartirish, modulyatsiyalash kabi ishlarda qo’llaniladi. Bu ishlarni bajarishda diodning xususiy sig‘imi pikofaradaning o’ndan bir ulushlarida bo’lishi muxim ahamiyatga ega. Bunday diodlarda sig‘im kichik bo’lishi talab qilinganligi tufayli asosan nuqtaviy diodlar ishlatiladi. Bunday diodlarning sig‘imi pikofaradaning o’ndan bir ulushlarida bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda ishchi chastotasi 1000 MGts gacha bo’lgan yuqori chastotali diodlar mavjud. Yuqori chastotali diodlar kichik teskari kuchlanishda va kichik to’g’ri toklar rejimida ishlaydi. Masalan germaniyli nuqtaviy diodning ishchi teskari kuchlanishi 350V gacha, to’g’ri yo’nalishdagi tok kuchi 100mA (U = 1,28V) gacha bo’lishi mumkin. Impuls rejimida ishlaydigan diodlar radio sxemalarda kalit vazifasini bajaradi. Bu rejimda asosan nuqtaviy va kichik yassi diodlar ishlatiladi. Diod ikki xil holatda bo‘ladi: ochiq yoki yopiq. Ochiq holda diod qarshiligi kam, yopiq holda katta bo‘ladi. Impuls sxemalarida diodning bir holatdan ikkinchi holatga qanchalik tez o‘tishi ahamiyatlidir.Yarim o‘tkazgichli kuchlanish stabilizatori yarim o‘tkazgichli diod zanjirga teskari p-n o’tish hosil bo‘ladigan qilib ulanadi. Ish rejimi diod xarakteristikasini teskari yo’nalishda yorib(teshib) utuvchi tok o’tadigan qismiga to’g’ri keladi. Yorib o’tish deyilganda, diodga teskari p-n o’tishga to’g’ri keladigan kuchlanish qo’yilib, uning ma’lum qiymatida teskari tokning keskin ortib ketishi tushuniladi. Diodda ko’chkili, tunnel va issiqlik ta’sirida yorib o’tishlar kuzatilishi mumkin. Yarim o‘tkazgichda aralashma miqdori juda kichik bo‘lganda, katta teskari kuchlanish ta’sirida bo’lgan elektronlar va kovaklar neytral yarim o‘tkazgich atomining yana bitta kovalent bog’langan elektronini urib chiqarishi mumkin. Natijada zaryad tashuvchi zarrachalarning yangi jufti hosil bo‘ladi. Yetarli miqdordagi teskari kuchlanishda bunday urib chiqarish ko’chkisimon ko’rinishda namoyon bo‘ladi. Qarshiligi kichik yarim o‘tkazgichlarda tunnel orqali tok o’tish ko’chkisimon o’tish kuzatiladigan kuchlanishdan kichikroq kuchlanishlarda ro’y beradi. Qarshiligi katta bo’lgan yarim o‘tkazgichlarda esa, aksincha. Issiqlik ta’sirida yorib o’tishda p-n o’tish sohasi qizib, unda asosiy bo‘lmagan tok tashuvchilarning ko‘payishi va natijada teskari yo’nalishdagi tokning ortib ketishi kuzatiladi.

Yüklə 49,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin