M u r a k k a b l i p i d l a r ning hazm bo’lishida turli xil hazm fermentlari ishtirok etadi. Jumladan, fosfolipidlarning hazm bo’lishida fosfolipaza A1, A2, S, D va lizofosfolipazalar qatnashadi. Fosfolipaza A1 I - S holatdagi bog’ni uzadi. Fosfolipaza A2 ta’sirida 2 - S bog’idagi yog’ kislotasini ajratadi. Fosfolipaza S gliserin bilan fosfat kislota o’rtasidagi bog’ni uzadi va nihoyat fosfolipaza D kutubli x - bog’ni uzadi. Bu fermentlar, ya’ni xoleesterazalar oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqiladi va tripsin ta’sirida faollashadi. Shunday qilib, gidrolizlangan fosfolipidlarning metobolitlari tarkibida yog’ kislotalarining anionlarini, mono -, di - va trigliseridlarni, hamda xolin, etanolamin va boshqa kutbli majmuiy birikmalarning qoldiqlarini uchratish mumkin. Bunda, mono - , di - va triglesiridlar o’t kislotasining tuzlari ta’sirida emulsiyalangan holatda bo’ladi. Qolgan murakkab lipidlar - glikolipidlar, sfingolipidlar, diolipidlarning hazm bo’lishi g i d r o l a z a l a r ta’sirida sodir bo’ladi. Ular hosil qilgan metabolitlarning o’zgarishi, ularning tarkibiga hos bo’lgan karbonsuvlar, yuqori yog’ kislotalarining o’zgarishi kabi biokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Endi ma’ruza mavzusini, hazm fermentlari ta’sirida hosil bo’lgan metabolitlarning keyingi biokimyoviy o’zgarishlariga karatamiz.