132
– nafaqalar – vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik,
ishchizlik va kam ta’minlangan oila
farzandlari uchun har oylik
to‘lovlar;
– bepul va imtiyozli xizmatlar – mehribonlik uylari
tarbiyalanuvchilari,
qariyalar
uylari
uchun
moliyalashtirish
mablag‘lari.
Funksional yo‘naltirilganligi bo‘yicha:
– insonlarning hayot faoliyat va sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlash
uchun;
– yosh bolalar uchun mablag‘lar;
– mehnat qobiliyatini tiklash uchun sarflar.
Manzilliligiga ko‘ra:
– davlat sektorida ishlovchi
ishchi va xizmatchilarga
yo‘naltirilgan sug‘urta mablag‘lari;
– alohida shaxslar uchun yo‘naltirilgan sug‘urta mablag‘lari;
– harbiy xizmatchilar uchun yo‘naltirilgan sug‘urta mablag‘lari.
Davlat subsidiyalari o‘z ichiga ishlamaydigan fuqarolar, harbiy
xizmatchilar, davlat xizmatchilari uchun majburiy ijtimoiy sug‘urta
fondlariga badallarni (datasiya) kamomadni qoplovchi datasiyalar va
soliq imtiyozlarni oladi.
Majburiy ijtimoiy sug‘urta
mablag‘lari pul to‘lovlari ijtimoiy
xizmatlarni
moliyalashtirish
imtiyozli
yordam
ko‘rinishida
ishlatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda resurslar hajmi jihatidan
birinchi o‘rinda pul to‘lovlari turadi.
Ular pensiya, nafaqalar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Majburiy ijtimoiy sug‘urta
fuqarolarning yoshi, ijtimoiy kelib
chiqishi,
yashash joyi, daromadidan qat’i nazar ijtimoiy sug‘urta
kafolatlarini ma’lum miqdorini olishni ta’minlashga qaratilgan
(pensiya, nafaqa va xizmat).
Majburiy ijtimoiy sug‘urtaga
mehnat qiluvchi va uning
oilalarini qarilikda,
kasallik hollari, ish qobiliyatini yo‘qotganda,
onalik va bolalikni muhofaza qilishda moddiy ta’minlovchi davlat
kafolat tizimi sifatida qaraladi. Majburiy ijtimoiy sug‘urta
mablag‘lari
korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar
yollanma
ishchining maqsadli soliqlari yakka tadbirkorlarning badallari hamda
davlat subsidiyalari hisobidan shakllantiradi.
133
Majburiy ijtimoiy sug‘urtadan farqli o‘laroq, ixtiyoriy ijtimoiy
sug‘urta notijorat sug‘urta faoliyatini muhim bir ko‘rinishi sanaladi
va u sug‘urta to‘g‘risidagi, notijorat tashkilot to‘g‘risidagi
qonunchilik bilan boshqariladi va notijorat sug‘urta
instituti
tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: