129
2. Sug‘urta bozori
Sug‘urta bozori
– sug‘urta hodisasi ro‘y berganda jismoniy va
yuridik shaxslarning mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul
mablag‘lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug‘urta
xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Sug‘urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug‘urta
xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli
sug‘urtalovchilarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Sug‘urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy
belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.
Tashkiliy-huquqiy
jihatdan aksiyadorlik,
xususiy va davlat
sug‘urta tashkilotlaridan iborat bo‘ladi.
Hududiy
jihatdan milliy, mintaqaviy va halqaro sug‘urta
bozorlariga bo‘linadi.
1-jadval
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta
tashkilotlari
№
Sug‘urta kompaniyalari
Tashkiliy huquqiy
shakli
1
ALSKOM
OAJ
2
Agro Invest Sug'urta
OAJ
3
Alfa Invest
MChJ
4
Alfa Life
MChJ
5
Asia Inshurans
MChJ
6
Asko-Vostok
MChJ
7
Chartis Uzbekistan
MChJ
8
DD General Insurance
MChJ
9
Euroasia Insurance
MChJ
10
Global Insurance Gr.
MChJ
11
Gross Insurance
MChJ
12
Hamkor Sug'urta
MChJ
13
Ingo-Uzbekistan
MChJ
14
Kafil-Sug'urta
MChJ
15
Kafolat
DASK
16
Kapital Sug'urta
MChJ
130
17
Madad
MChJ
18
O'zagrosug'urta
DASK
19
O'zbekinvest
DUK
20
O'zbekinvest Hayot
Sho‘ba korxonasi
21
Temir Yo'l - Sug'urta
MChJ
22
Universal Sug'urta
MChJ
23
XALQ SUG'URTA
MChJ
Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta
muassasalarini
va
ularning
faoliyatini
qamrab
oladi.
Mustaqillikgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda davlat sug‘urtasi
mavjud edi. Hozirgi kunda milliy sug‘urta bozorida 35
ga yaqini
sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ulardan eng yiriklari
“O‘zbekinvest” EIMSK, “O‘zagrosug‘urta” DASK, “Kafolat”
DASK, Agro Invest Sug'urta, Alfa Invest va boshqa sug‘urta
kompaniyalaridir.
Bulardan tashqari bir nechta
chet el kompaniyalari bilan
hamkorlikda tashkil etilgan, xususiy sug‘urta kompaniyalari ham o‘z
faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Jahondagi eng yirik sug‘urta bozori AQShga tegishli.
Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tushumlarining qariyib 50% dan
ortig‘i AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: