Kurs ishi Mavzu: Fe’l. Bajardi: 202 guruh talabasi To’raqulov G‘



Yüklə 68,4 Kb.
səhifə13/22
tarix22.05.2023
ölçüsü68,4 Kb.
#119892
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Kurs ishi Mavzu Fe’l. Bajardi 202 guruh talabasi To’raqulov G‘

O’zgalovchi kategoriyasi

O’zgalovchi kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot. Fe’lga xos shunday grammatik shakllar borki, ular fe’lni kesimlikdan boshqa turkumga ([-(a)y], [-(i)b], [-gach], [-guncha], [-gancha], [-ganda], [-gani], [-mayG’masdan] shakllari ravishga, [-gan], [-ayotgan], [-adiganG’ydigan] sifatga, [-moq], [-ish], [-uv] otga) xos vazifalarga moslaydi. Shunga ko’ra, ular uch guruh – ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllariga ajratiladi. Bu shakllar fe’lga nutqda o’zga turkum xossalarini «yopishtirganligi» uchun bir butun holda o’zgalovchi kategoriyasi atamasi bilan nomlanadi.
Ma’lumki, o’zgalovchi, garchi bunga o’zbek tili qurilishida etarli asos va ehtiyoj bo’lishiga qaramay, alohida kategoriya sifatida ajratilmagan. Biroq ularning tarkibiy qismlari, ichki shakllari bo’lgan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi ayrim manbalarda kategoriya sifatida qaraladi. Shuning uchun turkiyshunoslikda «harakat nomi kategoriyasi», «sifatdosh kategoriyasi», «ravishdosh kategoriyasi» kabi atamani uchratish mumkin. Haqiqatan ham, o’zgalovchining turlari bo’lgan bu «kategoriya»lar ma’lum bir umumiy ma’no (ravishdoshda «fe’lni fe’lga bog’lash va unga ravishlik xususiyatini berish», sifatdoshda «fe’lni otga bog’lash va unga sifatlik xususiyatini berish», harakat nomida «fe’lga otlik sintaktik va semantik xususiyatlarini berish») va ularning parchalanishini ko’ramiz. Chunki an’anada grammatik kategoriya «ikki yoki undan ortiq, o’zaro zidlanuvchi, bir-birini taqozo va, o’z o’rnida, inkor qiluvchi, bir grammatik ma’no tagida birlashadigan grammatik shakllar tizimi» sifatida ta’riflab kelindi. Bu ta’rifga muvofiq, boshqa kategoriyalar shakllari kabi harakat nomining kamida uchta ([-moq], [-ish], [-uv]), sifatdoshning ba’zan uch, ba’zan besh ([-gan], [-ayotgan], [-adigan], [-uvchi], [-ar)], ravishdoshning oltita ([-ib], [-aG’y], [-gach], [-guncha], [-gani], [-gach]) shakli ajratiladi. Xo’sh, bular haqiqatan ham tom ma’noda harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllarimi? Buning uchun ular faqat shu turlarga xos UGMni xususiylashtirish, juz’iylashtirish lozim. Masalan, harakat nomi shakllari alohida ko’rinishlarda uning «ot turkumiga xos bo’lgan sintaktik va ma’noviy vazifalarni bajarish» UGMsini xususiylashtirganda edi, uni alohida kategoriya sifatida ajratish mumkin bo’lur edi. Agar ravishdosh, sifatdosh, harakat nomining ma’noviy va vazifaviy jihatlari o’zlari mansub kategoriyalar (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) ning umumiy ma’noci va sintaktik imkoniyatiga mansub xususiylashma bo’lmasa, shu bilan birgalikda, o’z mohiyatiga xos xususiyat bilan emas, balki boshqa, kategoriya ma’nolari tajallisi asosida bir-biridan farqlansa, unda ularning alohida kategoriya ekanligi xususida so’z yuritish maqbul emas. Chunonchi, sifatdosh shakllari bir-biridan zamon kategoriyasi ma’nosi asosida farqlansa, demak, qayd qilingan shakllar uning alohida shakli emas, balki bir sifatdoshning zamon kategoriyasi ma’nolari asosida farqlanuvchi ko’rinishi – varianti. Bunday holni ravishdosh shakllarida ham kuzatish mumkin. Chunki ravishdosh shakllarining bir-biridan zamon, tasdiqG’inkor, payt, maqsad kabi qator ma’no bilan farqlanishi zamon, tasdiqG’inkor, mayl kategoriyalari ma’nosining tajallilanishi evaziga sodir bo’ladi. Bunday holni boshqa kategoriyalarda ham ko’rish mumkin. Masalan, (yozay), (yozgin), (yozsin) kabi so’zshakllardagi grammatik ko’rsatkich buyruq-istak maylining turli shakllarimi yoki bir shaklning shaxsG’son kategoriyasi ma’nosi bilan farqlanuvchi variantlarimi, degan savolga javob aniq. Demak, ayonki, garchi buyruq-istak mayli shakllari qatorida olti va undan ko’p shakl, aniqrog’i, ko’rinish mavjud bo’lsa ham, ularning har biri mayl umumiy ma’nosini xususiylashtirishga emas, balki uni shaxs-son kategoriyasi ma’nosi bilan murakkablashtirgan holda voqelantirishga xizmat qilayotganligi uchun, aniqrog’i, shakllar bu mayl uchun substantsial bo’lmagan ma’no asosida farqlanayotganligi uchun buyruq-istak mayli alohida kategoriya sifatida qaralmaydi.
Ko’rinadiki, ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi o’zaro o’zgalovchi kategoriyasining «fe’lni boshqa so’zlarga bog’lash va fe’lga otga xos vazifalarini berish» UGMsini «fe’lni fe’lga bog’lash» (ravishdosh), «fe’lni otga bog’lash» (sifatdosh) va «fe’lga ot vazifasini berish» (harakat nomi) tarzida xususiylashtiradi. Ularning ichki shakllari esa boshqa kategoriyalar ma’nolari asosida farqlanadi va bu tizim (paradigma)lar kategorial ahamiyatga ega emas.
Demak, o’zbek tilida ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi kategoriyalari emas, balki turli ko’rinishlarga ega bo’lgan uch shakldan iborat bitta o’zgalovchi kategoriyasigina mavjud.
Ravishdosh shakli va uning variantlari. «Fe’lni fe’lga bog’lash» UGMsiga ega bo’lgan ravishdosh shakli [-(a)y], [-(i)b], [-gach], [-guncha], [-gancha], [-ganda], [-gani], [-mayG’masdan] kabi variant shakliga ega. Bu variant shakllar o’zaro quyidagi tajalli ma’nolar asosida xarakterlanadi:
[-(a)y]davomli harakatning holat tusini ifodalash;
[-(i)b] davomliG’davomsiz harakatga holat tusini ifodalash;
[-mayG’masdan]bo’lishsiz harakatga holat tusini berish.
[-gach]harakatning boshlanish paytini ko’rsatish;
[-ganda]harakatning sodir bo’lish paytini ko’rsatish;
[-guncha]harakatning tamom bo’lish paytini ko’rsatish;
[-gancha]harakatlarning bir paytdaligini ko’rsatish;
[-gani]harakatga maqsad ma’nosini berish;
[-mayG’masdan]bo’lishsiz harakatga holat tusini berish.
Aytilganidek, barcha variant shakllar uchun «fe’lni fe’lga bog’lash» sintaktik vazifasi umumiy.
Ko’rinadiki, variant shakllardan uchtasida turli xil «holat», qolgan oltitasida esa har xil «payt» ma’nosi ifodalangan.
[-(a)y], [-(i)b] shaklli ravishdosh bajaradigan vazifacining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu shaklli ravishdosh ko’pincha [boshlamoq], [chiqmoq], [qolmoq], [ko’rmoq], [yubormoq] kabi fe’l bilan birikib keladi. Ko’p hollarda ravishdoshli birikuvlar fe’lning harakat tarzini hosil qilish uchun xizmat qiladi: (o’qib chiqdi), (berib yubordi). Bunda faqat shakl mavjud bo’lganligi uchun mazkur ko’rsatkichli so’zshakl (o’qib, berib) ni shakl va ma’no yaxlitligi sifatida ravishdosh deb bo’lmaydi.
Ravishdosh shakllari ma’noviy munosabatini kuzatish natijasida amin bo’lish mumkinki, [-gani] va [-guncha] hokim fe’l ifodalagan harakatdan keyin sodir bo’luvchi jarayonni anglatadigan ravishdosh hosil qiluvchi shakl sirasiga kiradi. Modallikning kuchli darajada ifodalanishi va harakatlar bajaruvchilarining umumiyligi belgisi bilan [-gani] shakli bu belgiga ega bo’lmagan [-guncha] shaklidan farqlanadi.
Payt ma’nosini namoyon qilganda [-(i)b] va [-gach] shaklli ravishdoshlar harakat bajaruvchisiga munosabat jihatdan qarama-qarshi turadi. Mazkur ma’noni ifodalashda [-i(b)] shaklli ravishdosh bilan undan keyin keluvchi hokim fe’lning bajaruvchisi bitta bo’ladi. Ikromjon maxorkasini o’t oldirib bo’lib, javob berdi. (S.Ahm.) [-gach] shaklli ravishdoshli qurilmada esa ravishdosh va hokim fe’l bajaruvchisi turlicha bo’lishi mumkin. Ikromjon maxorkasini o’t oldirib bo’lgach, (Ikromjon yoki boshqa kimdir) javob berdi.
Ravishdosh shakllarining paradigmatik munosabati quyidagicha:

  1. «Fe’lni fe’lga bog’lash» umumiy sintaktik vazifasi bilan birlashuvchi ravishdosh shakllari «hokim fe’ldan anglashilgan harakatning sodir bo’lish paytini ifodalash» belgisi ostida ajraladi. [–aG’y], [-(i)b], [-gancha], [-mayG’masdan], [-gani] shakllarida bu belgi majhul. [-gach], [-guncha], [-ganda] shakllarida esa ifodalangan.

  2. [–aG’y], [-(i)b], [-gancha], [-mayG’masdan], [-gani] shakllarining «ravishdosh va u bog’langan hokim fe’l ifodalagan harakatlarning bir vaqtdaligini ko’rsatish» belgisiga munosabati turlicha. Mazkur belgi [-gancha], [-aG’y] shakllarida ifodalangan. Chunki bu shaklli ravishdosh va undan keyingi hokim fe’l anglatgan harakatlar bir vaqtda ro’y beradi: kutgancha o’tirardi, kuta-kuta charchadi kabi. [-gani] shaklli ravishdosh va u bog’langan fe’l anglatgan harakat turli vaqtda ro’y beradi: ko’rgani keldi, aytgani ketdi kabi. Shuning uchun ular mazkur belgiga salbiy munosabatda deyiladi. [-(i)b], [-mayG’masdan] shakllarida belgi yuzaga chiqishi ham, chiqmasligi ham mumkin. Qiyoslang: shoshilib gapirdi, shoshilmasdan gapirdi (harakatlar bir vaqtda yuz bergan), o’qib javob berdi, o’qimasdan javob berdi (avval o’qish, keyin javob berish harakati yuz bergan). Bu hol ushbu shakllarning mazkur belgiga majhul, noaniq munosabatda ekanligini ko’rsatadi.

  3. [-aG’y], [-gancha] shakllari «ravishdosh ifodalagan harakatning takroriy emasligi» belgisi bilan farqlanadi. Bu belgiga munosabat [-gancha] shaklida ijobiy va [-aG’y] shaklida majhul. Bu quyidagilar bilan izohlanadi. O’qigancha kelardi birikuvida ravishdosh ifodalagan harakat takror-takror yuz bermaydi. Kelisopni qo’ya chopdi birikuvida [-aG’y] shakli bir martalik harakatni ifodalaydi. O’qiy-o’qiy charchadi birikuvida esa ravishdosh ifodalagan harakat takrorlanuvchi, davomiy. [-aG’y] shaklli ravishdosh, odatda, takror qo’llanadi, ayrim hollarda takror bo’lmagan holda ishlatilishi mumkin.

  4. [-gach], [-guncha], [-ganda] shakllari o’zaro «harakatning chegarasini ifodalash» belgisi bilan farqlanadi. [-gach] shaklli ravishdosh ifodalagan harakat hokim fe’l ifodalagan harakatdan oldin yuz beradi: borgach, aytaman. [-guncha] shaklli ravishdosh ifodalagan harakat hokim fe’l ifodalagan harakatdan keyin yuz beradi: borguncha aytaman. [-ganda] shaklli ravishdosh ifodalagan harakat bilan hokim fe’l ifodalagan harakat bir paytda yuz beradi: ko’rganda ko’rishguncha.

Ravishdosh shakllarining tavsiflangan alohida ma’nolari uning UGMsi tarkibidagi yondosh ma’no hisoblanadi.

Yüklə 68,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin