Kurs ishi Mavzu: Fe’l. Bajardi: 202 guruh talabasi To’raqulov G‘


Fe’lning harakat tabiatini ko’rsatuvchi shakllari



Yüklə 68,4 Kb.
səhifə16/22
tarix22.05.2023
ölçüsü68,4 Kb.
#119892
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Kurs ishi Mavzu Fe’l. Bajardi 202 guruh talabasi To’raqulov G‘

Fe’lning harakat tabiatini ko’rsatuvchi shakllari

Fe’lning harakat tabiatini ko’rsatuvchi shakllari tilshunoslikda nokategorial shakl deb yuritiladi. Aytilganidek, biror butunlikka kirmaydigan lisoniy birlik bo’lishi mumkin emas. Buni shu kungacha [-la], [-kilaG’gilaG’g’ilaG’qila), [-(i)nqira], [-(i)msira] shakllari sirasida ko’makchi fe’l atamasi ostida nokategorial shakl sifatida o’rganib kelingan grammatik ko’rsatkich sistemasining kategorial tabiati ochilib, nokategorial shakl tizimidan chiqarilganligining o’zi ham isbotlaydi. Demak, har qanday shakl biror grammatik kategoriya tarkibida yashaydi.


Fe’lning harakat tabiatini ko’rsatuvchi shakllari bo’lgan [-la], [-kila] G’gilaG’g’ilaG’qila)], [-(i)nqira], [-(i)msira] ko’rsatkichiga xos kategorial xususiyatlar tilshunosligimizda hali etarli darajada o’rganilmaganligi, ochilmaganligi sababli alohida kategoriya sifatida qaramaymiz. Ularning kategorial xususiyatini ochish yoki biror kategoriyaga munosabatini oydinlashtirish tilshunosligimiz oldida turgan vazifalardan.
Fe’lning bu sintetik shakllari harakatning turli tomondan tavsifini beradi. Shu asosda ularni ikki guruhga bo’lish mumkin:

  1. harakatning davomiyligini, takroriyligini ifodalovchi shakl. Fe’lning bu shakli unga [-la], [-kilaG’gilaG’g’ilaG’qila)] affiksini qo’shish orqali hosil qilinadi: (ishqa-ishqala), (sava-savala), (turt-turtkila), (cho’z-cho’zg’ila), (yugur-yugurgila), (tort-tortqila), (tep-tepkila) tarzida.

Bu shakllarning [-la] yoki [-kilaG’gilaG’g’ilaG’qila] ekanligi ham munozarali. Quyidagi misollarga diqqat qiling: O’n uch yildan beri seni so’roqlayman, do’stim. (N.Foz.) Ertadan buyon Yormat ... chuqurlarga tuproq solib tepkilaydi. (Oyb.) Shamol quturib ko’cha yoqasidan daraxt shoxlarini tortqilab silkitar, ulardan duv-duv yomg’ir tomchilari to’kilardi. (S.Abd.) Bu misollarda ajratilgan so’zshakllardagi [-la], [-qila], [-kila] ko’rsatkichi manbalarda harakat tavsifi shakli sifatida beriladi. Biroq (so’roqla) so’zshaklida [-la] so’z yasovchi, tepkila, tortqila so’zlarining morfemik tarkibi tepQki (ot yasalgan)Qla, tortQqi (ot yasalgan)Qla bo’lishi ham mumkin;
2) harakatning kuchsiz darajasini ko’rsatuvchi shakli [-(i)nqira], [-(i)msira] affikslari yordamida hosil qilinadi: (oqar-oqarinqira), (qo’rq-qo’rqinqira), (kul- kulimsira) kabi.
Nazarimizda, fe’lning harakat tabiatini ko’rsatuvchi shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni harakat tarzi kategoriyasi tarkibida o’rganish maqsadga muvofiq. Bu shakllar harakatning tarzini ifodalashi hech kimda shubha uyg’otmaydi. Ular sintetik shakl hosil qiluvchi ko’rsatkichlar sifatida esa harakat tarzi kategoriyasining sintetik-analitik shakllaridan ajralib turadi. Biroq masalaga tilda geterogen shaklli kategoriyalarning ham mavjudligi asosida yondashilsa, uning echimiga kelish osonlashadi.

Yüklə 68,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin