Kriptovalyutalar bozori


Kriptovalyuta turlari va Bitkoyn



Yüklə 17,33 Kb.
səhifə2/2
tarix15.04.2023
ölçüsü17,33 Kb.
#98389
1   2
4-mavzu.Blokcheyn texnologiyalar

16.2. Kriptovalyuta turlari va Bitkoyn
Bugungi kunda dunyo boʻyicha 2396ta kriptovalyutalar roʻyxatga olinib, ularning jami bozor kapitallashuvi 204.09 mlrd AQSH dollariga teng.
16.2-rasmda kriptovalyutalarning bozor kapitallashuvi ulushlarda tasvirlangan.
https://www.investing.com/crypto/currencies (11.10.2018) Blokcheyn texnologiyalarda kriptovalyutalarni bir hamyondan boshqasiga mablagʻ oʻtayotganini koʻrib turish mumkin, ammo uni taqiqlab ham, bloklab ham boʻlmaydi. Shuningdek kriptovalyuta larning soni chegaralangan boʻladi va ularning inflyatsiyaga uchramasligiga sabab boʻladi. Masalan, tahminan 2040-yilga borib maynerlar tomonidan 21,000,000 Bitkoyn topiladi, soʻng toʻxtatiladi.
Undan keyin nima boʻlishi haqida taxminiy tasavvurlargina mavjuddir.16.2-rasm. Kriptovalyutalarning bozor kapitallashuvi (11.10.2018)Kriptovalyutalarning oʻziga xos xususiyatlaridan biri ularning maxfiyligidir, ya’ni anonim ismlar orqali ularning kimga tegishli ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Natijada noqununiy pul aylanmasi, giyohvand moddalar uchun, terrorizmni moliyalashtirish uchun yaxshi
toʻlov vositasiga aylanib qolishi mumkin. Kriptovalyutalarning yana bir xususiyati ularning nomarkazlashgan tizimga egaligi tufayli ularda vositachilar boʻlmaydi, shu tufayli oʻzaro ikki shaxs oʻrtasida bitim tez va kamroq xarajatlar orqali amalga oshiriladi. Biroq xato amalga oshirilgan toʻlovlarni ortga qaytarishning imkoni mavjud emas. Bugungi kunda dunyoda eng yuqori qiymatga ega TOP 20 kriptovalyutalar roʻyxati 15.1-jadvalda keltirilgan.
Bitkoyn 2009 yilda yaratilgan eng birinchi yaratilagan blokcheyn texnologiyalar asosida yaratilgan kriptovalyuta hisoblanadi. Eng qiziqarlisi, oʻzini Satoshi Nakamoto deb nomlovchi Bitkoyn tizimi yaratuvchisi deyarli anonym shaxs hisoblanib, u 2011 yildan soʻng gʻoyib boʻldi va hattoki Internetdan ham yoʻqolib qoldi. Albatta bunday holatni tushunish mumkin, bu inson haqiqatda oʻz hayotidan xavfsirayotgan boʻlishi mumkin.
Biroq kutilmaganda oʻtgan yil avstraliyalik Kreyg Rayt omma oldida aynan u Bitkoyn kriptovalyutasini yaratuvchisi ekanligini https://coinmarketcap.com/ru/all/views/all/ oshkor etdi. U oʻz fikrlarini 3ta – BBC, GQ va Economist nashrlariga intervyu berish orqali bildirdi. BBC bilan uchrashuvda Rayt Bitkoyn tizimi dastlabki rivojlanishni boshlayotgan davrda yaratilgan, kriptografik kalitlar qoʻllanilgan elektron imzoni qoldirdi. Aynan
ushbu kalitlar birinchi partiya Bitkoynlarni yaratishda ham qoʻllanilgan. 2009 yil yanvar oyida Bitkoynlar Xolu Finney kriptografikasiga oʻtkazilgan va bu kriptovalyuta bilan amalga oshirilgan birinchi bitim hisoblangan.
Raytning ta’kidlashicha, u Satoshi Nakamoto nomidan foydalanishga chek qoʻyishga qaror qilib, aynan u Bitkoyn yaratuvchisi ekanligini isbotlovchi axborotni e’lon qilishni va’da berdi. U shuningdek kriptovalyutalarni vujudga keltirishda unga katta koʻlamdagi yaratuvchilar jamoasi yordam berganligini aytib oʻtdi.Oʻtgan yili dekabr oyida Wired va Gizmodo jurnallari tekshiruv
natijalarini nashr qilishdi, unda Bitkoyn yaratuvchisi Rayt ekanligi aytilgan. Shundan soʻng Avstraliya hukumati Raytning uyida tintuv oʻtkazishdi. Rayt esa bu tintuvlar soliqlarni toʻlanishi bilan bogʻliq tekshiruvlar sababli ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga koʻra,2017 yil 21-oktyabrda Nakamoto Bitkoyn orqali 5.9 mlrd AQSHdollariga ega boʻldi. Umuman olganda, 2018 yilning oktyabr oyida 17 million 311 ming dona Bitkoyn muomilada boʻlgan. Biroq, maynerlar tomonidan topiladigan Bitkoynning maksimal miqdori 21 million
donani tashki etadi. Muomalada boʻlgan Bitkoynlarning 34.28 foizini top-1000 Bitkoynning anonim egalari egalik qiladi. Barcha Bitkoyn anonim egalarining 90 foizi 0.1 BTC kam miqdorga egalik qiladi.
Yüklə 17,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin