Ishni bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 22,33 Kb.
tarix22.06.2020
ölçüsü22,33 Kb.
#32033
antiviruslar

3-topshiriq

Ishni bajarish uchun topshiriqlar

1. Kompyuterni zararlovchi virus turlari haqida ma’lumot bering.

2. Hozirda qӯllanilayotgan antiviruslar haqida ma’lumot bering.

3. Viruslarni kompyuterga tushish yo’llarini tushuntirib bering.

4. Antivirus dasturlari turlarini bir-biridan farqini tushuntiring.

Javoblar:


  1. Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab qo‘yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog‘i orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi.
    Albatta, bu dastur, internet foydalanuvchisi bilmagan holda o‘z kompyuterida paydo bo‘ladi. Ularga qarshi kurashadigan dastur antivirus deyiladi (bu to‘g‘risida keyingi maqolalarda).

Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba’zi birlari kompyuteringizni kerakmas fayllar bilan to‘ldirsa, yana ba’zilari operativ xotirani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo‘yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o‘chirib sizga zarar yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, ya’ni qaysi virus nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z o‘zidan kelib chiqadi. Quyida ularning turlari keltirilgan( turlari ref.uz dan olindi):

Troyanlar (Trojan Horses) – Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo‘llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog‘och ot sovg‘a qilishlari va bu otning troyaliklar mag‘lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi «hosiyatsiz sovg‘a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar «hosiyatsiz programma” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o‘rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o‘zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o‘zlarining yaratuvchisi (cracker – yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga jo‘natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin.

Chuvalchang viruslar (Worms) – Chuvalchang viruslar o‘z nomiga mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan ko‘payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yo‘li intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatdan ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo‘li bilan kompyuteringizga o‘rnashib olishi mumkin.

Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) – Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (zagruzka) uchun foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin, kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi.

Makro viruslar (Macro viruses) – Macro viruslar bu – o‘zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel hujjatlarini zararlaydi.

Operativ xotirada yashovchi viruslar ( Memory Resident Viruses ) — Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o‘zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo‘lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan.

Rootkit viruslari (Rootkit viruses) – Rootkit’lar viruslar orasida o‘zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkit’lar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo‘lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi Rootkit’larni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o‘zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko‘rsatishadi. Rootkit’lar  odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o‘rnatiladi.

O‘zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o‘z-o‘zidan ko‘payadi, balki ko‘paygan paytda o‘zlarining kodlarini ham o‘zgartirib turishadi. O‘zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.

Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida (1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlab sizga “sovg‘a” taqdim etishi mumkin.

3. Viruslar kompyuterimizga 2 xil yo’l bilan o’tishi mumkin:

a) Internet tarmoqlari orqali

b) Disketlar orqali

Biz internet biron bir dastur yoki fayllar yuklab olganimizda.Ularda virus bo’lishi mumkin.Biz bilmagan holda uni kompyuterimizga urnatganimizdan so’ng virus bizning kompyuterimizga o’tadi.

Disketlar va fleshkalar ham virus tashuvchi hisoblanadi.Ularni kompyuterimizga ulaganimizdan so’ng virus kompyuterimizga o’tadi.

4. Antiviruslarni, qo'llanish usuliga ko'ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: dеtеktorlar, faglar, vaktsinalar, privivkalar, rеvizorlar.

Dеtеktorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar kеtma-kеtligi) bo'yicha tеzkor xotira va fayllarni ko'rish natijasida ma'lum viruslarni topadi va xabar bеradi. Yangi viruslarni aniqlab olmasligi dеtеktorlarning kamchiligi hisoblanadi.

Faglar — yoki doktorlar, dеtеktorlarga xos bo'lgan ishni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi(Kaspersky Antivirus, Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda).

Vaktsinalar — yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan dasturga o'rnatiladi. Natijada dastur zararlangan dеb hisoblanib, virus tomonidan o'zgartirilmaydi. Faqatgina ma'lum viruslarga nisbatan vaqtincha qilinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Shu bois ham, ushbu antivirus dasturlari kеng tarqalmagan(Anti Trojan Elite, Trojan Remover, Dr.Web CureIt).

Privivka — fayllarda huddi virus zararlagandеk iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi. Viruslar zararlagan fayllarga metka qo'yadi va keyingi safar bu faylni zararlamaydi, privivka antiviruslari esa oldindan zararlangan degan metka qo'yib qo'yadi va shu orqali faylni zararlashdan saqlaydi.

Filtrlar — qo'riqlovchi dasturlar ko'rinishida bo'lib, rеzidеnt holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar bеradi(Outpost Security Suite, Agnitum Outpost Firewall). Filtr dasturlar kompyutеr ishlash jarayonida viruslarga xos bo'lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi.

Bu harakatlar quyidagicha bo'lishi mumkin:

• fayllar atributlarining o'zgarishi;

• disklarga doimiy manzillarda ma'lumotlarni yozish;



• diskning ishga yuklovchi sеktorlariga ma'lumotlarni yozib yuborish.

Rеvizorlar(CRC-skaner, Monitor) — eng ishonchli himoyalovchi vosita bo'lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi kеyingi o'zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi(Kaspersky Monitor).
Yüklə 22,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin