Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 84,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix20.12.2023
ölçüsü84,43 Kb.
#187232
  1   2   3   4   5   6   7
Korxona iqt 4-mavzu Ma\'ruza matni



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
 
 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
 
 
 
 
 
 
“KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN
 “KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA BASHORATLASH” 
MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI 
 
 
 
Bilim sohasi:
200000


Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq


Ta’lim sohasi:
230000
- Iqtisod va biznes 
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 
 
Termiz – 2023 


4-MAVZU: KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA 
BASHORATLASH. 
Reja: 
1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari. 
2. Korxonalarda qo’llaniladigan rejalashtirish shakllari. 
3. Korxonalarning yillik ishlab chiqarish biznes-rejasi va korxonalar faoliyatini 
bashoratlash. 
Tayanch iboralar:
rejalashtirish, bashoratlash, rejalashtirish tamoyillari, biznes 
reja, ishlab chiqarish rejasi, ta’minot rejasi, sotish rejasi. 
1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari. 
Korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy
tashkiliy, texnikaviy va texnologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va 
nisbatlarni ta’minlash, rivojlanish yo‘llari va sur’atlari, tarmoqlar va bo‘linmalar, 
takror ishlab chiqarishning asosiy bo‘g‘inlari o‘rtasida to‘g‘ri mutanosiblikni 
shakllantirish jarayoniga rejalashtirish deb ataladi. 
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarning 
rivojlanishi va ularning noaniqligi korxona iqtisodiyoti rivojlanishiga mos keluvchi 
yo‘nalishlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu vazifa amalda
rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga oshiriladi. 
Rejalashtirishning ahamiyati to‘g‘risida gap ketganda, amerikalik davlat 
arbobi B.Franklinning quyidagi fikrini keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir: 
“Muvaffaqiyatsiz rejalashtirish – bu muvaffaqiyatsizlikni rejalashtirishdir” (“
Fail 
to planning is planning to fail
”). Darhaqiqat, korxonalarda rejalashtirish jarayoniga 
mas’uliyat bilan yondoshish talab etiladi. Chunki, to‘g‘ri rejalashtirish 
muvaffaqiyatga erishishning asosidir.
Korxona va uning ichki ishlab chiqarish bo‘linmalari hamda tarmoqlari 
faoliyatini 
ifoda 
etuvchi 
rejalar ichki 
xo‘jalik 
rejalari deb 
ataladi. 
Rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona faoliyatini uzluksiz va jadal 
rivojlantirish, tarmoqlar o‘rtasida zarur mutanosiblikni ta’minlash orqali ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat. 
Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko‘rsatmalarga asosan amalga 
oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim 
qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko‘rsatmalarni 
(korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul 
qilish lozim) belgilab beradi. 
Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan 
bog‘langan bo‘lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo‘lsa, 


uchinchidan esa, ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste’mol talabiga ega 
bo‘lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb hisoblash mumkin bo‘ladi. Korxona 
rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo‘lib, barcha bajaruvchilar 
uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi. 
Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funksiyalari va tarkibini quyidagi 
sxema yordamida aks ettirish mumkin (4.1-rasm). 

Yüklə 84,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin