Qisqacha xulosalar
Har bir korxona bozor munosabatlari sharoitida o‘z maqsadi va unga erishish
yo‘llarini aniqlamasdan, ya’ni o‘z faoliyatini rejalashtirmasdan yuqori natijaga
erisha olmaydi. Har bir korxona o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun joriy
rejalar bilan bir qatorda istiqbolga mo‘ljallangan rejalar hamda u yoki bu masalani
hal qilish uchun dasturlar ishlab chiqadi. Korxona ichki rejalashtirish tizimida
biznes-rejalarning o‘rni juda katta. Biznes-rejani tuzishda korxonaning hamma
mutaxassislari, investorlar va manfaatdor shaxs va subyektlar qatnashishi kerak.
Korxonalar moliyaviy faoliyatini boshqarish mexanizmining asosini moliyaviy
rejalashtirish tashkil etadi. Moliyaviy rejalashtirish o‘zida moliyaviy reja tizimini
ishlab chiqish jarayonini va korxonalar rivojlanishida zaruriy moliyaviy resurslar
bilan ta’minlash bo‘yicha me’yoriy reja ko‘rsatkichlarini va joriy moliya yili
hamda istiqboldagi moliyaviy faoliyatining samarali rivojlanishini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |