Ko’p xonali sonlarni nomerlashga o’rgatish


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari



Yüklə 18,12 Kb.
səhifə7/7
tarix14.06.2023
ölçüsü18,12 Kb.
#129892
1   2   3   4   5   6   7
Ko’p xonali sonlarni nomerlashga o’rgatish

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
murakkab bo‘lmagan jadvallar, ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan tayyor jadvallarni to‘ldira oladi, ustunli diagrammalarni tuza oladi;
qiymatiga ko‘ra sodda grafik, murakkab bo‘lmagan diagramma, jadvallar tuza oladi;
atrof-borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi;
kundalik hayotimiz bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv-amaliy va o‘quv-o‘rganuvchi masalalarni arifmetik usulda (2-3 amalli) yecha oladi;
masalani tahlil qila oladi, kattaliklar orasidagi munosabatlarni o‘rnata oladi, masala sharti va savoli orasidagi bog‘liqlikni topa oladi, masalani yechish uchun amallar sonini va bajarish tartibini aniqlay oladi, zarur bo‘lgan amallarni tanlay oladi va tanlash sababini tushuntira oladi;
masala yechilish yo‘lining to‘g‘riligini va javobning masala savoliga mosligini baholay oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarini yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A1+
o‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi va uni baholay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi.
Natural sonlar va kattaliklar haqidagi bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish (9 soat, A1+: 13 soat)
Yakuniy nazorat ishi (1 soat).
Mavzularni o‘rganish uchun - 146 soat (A1+: 210 soat).
Nazorat ishlari uchun - 8 soat (A1+: 8 soat).
Xatolar ustida ishlash uchun - 7 soat (A1+: 7 soat).
Takrorlash uchun - 9 soat (A1+: 13 soat)
Jami - 170 soat (A1+: 238soat).
Yüklə 18,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin